Dushanba, 28-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 21:23

Amerika

Obama: Immigratsiya tizimini ta’mirlash vaqti keldi

AQSh immigratsiya tizimi/US immigrationi
X
07.02.2013 00:30
AQShda sakkiz senator immigratsiya tizimini tubdan isloh qilish, jumladan, hujjatsiz muhojirlarga fuqarolikka yo'l ochish rejasi bilan chiqdi. Prezident Barak Obama ham bu masalada o'z takliflarini e'lon qildi. Muhojirlar mamnun.

AQSh immigratsiya tizimi/US immigration

Amerika Ovozi
Prezident Barak Obamaning aytishicha, Amerika immigratsiya sistemasini isloh qilish uchun murosaga erishildi hisob. Hafta boshida demokrat va respublikachi senatorlardan iborat guruh 11 million hujjatsiz muhojirga fuqarolik uchun imkon berishga kelishib olgan.

Barak Obama ishdan chiqqan immigratsiya tizimini tuzatish bobida o’z takliflarini e’lon qildi. Millionlab insonlar buzuq bu sistema qurboniga aylanmoqda, deydi u.
 
Nevada shtatida o’rta maktabda so’zlagan Obama senatorlar dushanba kuni olg’a surgan rejani olqishladi. Kelishib ishlashimiz mumkin, dedi u.
 
“Immigratsion qonunlarimizni o’zgartirish fursati yetdi. Hoziroq, bugunoq qilishimiz kerak bu ishni”, - deydi rahbar.
 
Sakkiz senator ishlab chiqqan reja chegaralarni mahkamlash, davlatga kirish-chiqishni qattiqroq nazorat qilishni nazarda tutadi.
 
Shu bilan birga, nolegal immigrantlar registratsiya qilinib, jarima va soliqlarni to’laydi. Ingliz tilini o’rganib, ana undan keyin grin kartani qo’lga kiritishi va Amerikada qonuniy yashashi mumkin.
 
Ularning tarjimai holi puxtaroq tekshiriladi, viza berish jarayoniga diqqat oshadi.
 
Barak Obamaning rejasi ham o’xshash, lekin bila turib hujjatsiz ishchini yollagan bizneslar qattiqroq jazolanadi.
 
Prezidentning aytishicha, fuqarolikka erishish oson emas, lekin protsess adolatli.
 
Respublikachi senator Jeff Seshens yangi rejaga qarshi ekanini ochiq aytdi.
 
“Odamlar Amerikaga kirish va bu yerda yashab qolish huquqini qo’lga kiritish uchun kutishi kerak. Yiliga million kishi kirayapti, qonun asosida. Qonunni buzganga yengillik, imtiyoz berish to’g’rimi? Hujjatga binoan ish tutayotgan boshqa muhojirlarga nisbatan adolatdan emas-ku bu”, - deydi Seshens.
 
Senat taklifi o’tmasa, prezident Obama o’zining rejasini Kongressga taqdim etmoqchi.
 
“Agar Kongress masala muhokamasini orqaga suraversa, o’zimning taklifimni o’rtaga tashlab, o’sha zahoti ovoz berishlarini talab qilaman”, - deydi Obama.
 
Jorj Vashington Universiteti olimi Jon Sayds, jarayon uzoqqa cho’zilishi mumkin, deydi.
 
Prezident Obama so’zlariga ko’ra, gap siyosatda emas, Amerikada muvaffaqiyat qozonishni orzu qilgan va mehnatdan qochmagan millionlab insonlar haqida.

Amerika dalalaridagi muhojirlar/Immigration Reform US Farmersi
X
30.01.2013 05:00
Immigratsiya Amerikada eng murakkab masalalardan biri va har bir saylovda ko'tariladigan mavzu. AQSh qishloq xo'jaligida asosan mamlakatga noqonuniy kirgan latinolar mehnat qiladi. Vaholanki, vaqtincha kelib ishlashga ruxsat beradigan davlat dasturi mavjud. Lekin mahalliy fermerlarning aytishicha, bu sistema ishdan chiqqan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, July 28, 2014i
X
28.07.2014 10:32
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Shuningdek, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Quddus
  • Quddus
  • G'azo
  • Iordaniyada yashayotgan falastinlik qochqinlar.
  • G'azo
  • G'azo
  • G'azo
  • Quddus
  • Isroil
  • Falastinlik bolalar
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI