Seshanba, 16-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 22:28

Amerika

To'fondan jabr ko'rganlar Obamaga: Yordamni oshiring

Prezident Barak Obama oktabr oyida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlari va jabrdiydalarga ko'rsatilayotgan yordam bilan tanishish uchun Nyu-Yorkka bordi.
Prezident Barak Obama oktabr oyida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlari va jabrdiydalarga ko'rsatilayotgan yordam bilan tanishish uchun Nyu-Yorkka bordi.
Amerika Ovozi
Bugun prezident Barak Obama oktabr oyida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlari va jabrdiydalarga ko'rsatilayotgan yordam bilan tanishish uchun Nyu-Yorkka bordi.

"Sendi" deb nomlangan kuchli to'fon nafaqat Nyu-York, balki qo'shni Nyu-Jersi shtati va Atlantika okeani bo'yidagi boshqa hududlarga ham ulkan zarar keltirgan.

Ofat 120 kishini hayotdan olib ketdi, iqtisodiyotga jami 50 milliardga tushdi. 

Bu - prezident Obamaning fojia joyiga ikkinchi safari. Birinchi bor u yerda bo'lganida uy-joyidan ayrilgan, elektr quvvatisiz yashayotgan, sovuqda qaltirab o'tirgan nyu-yorkliklarga katta yordam va'da qilgan, "hukumat sizning xizmatingizda",- degan edi. 

Madad ko'rsatilmoqda, ammo oz, deydi jabrdiydalar. Nyu-Yorkning ayrim chekka qismlarida, ayniqsa okeanga yaqin joylarda oziq-ovqat, elektr toki va benzin yetishmayapti. 

Shahar ma'muriyati talabni qondirishga harakat qilayotganini bildiradi, lekin nega shuncha kun o'tib ham butun aholining eng zarur ehtiyojlari qondirilmadi degan savolga mer Maykl Blumberg va boshqa mutasaddilarning javob berishi qiyin. 

Obama deydiki, mahalliy va federal hukumat bor kuchini ishga solishi kerak.

Jamoatchilik vaziyatga sabr-toqat bilan yondashishi lozim, chunki vayronalarni tozalash, qurilishlar boshlash va tiklanish uzoq vaqt oladi, deydi prezident.

"Sendi" jabrdiydalari uchun 1,5 milliard dollar ajratilgan.

"Bu og'ir damlarda shuni unutmangki, biz siz bilan, hammamiz birgamiz. Dardingizni unutganimiz yo'q. Yordam beriladi",- deydi Obama, uni ko'rishga kelgan nyu-yorkliklarga qarata.

Ulardan biri, keksa yoshli ayol, ko'zidagi yoshini artib, shunday deydi:

"Prezidentimiz shuni bilsinki, bizga har yoqdan yordam kelmoqda. Shaharda kimlar yashamaydi deysiz. Har yurtdan kelgan odamlar bor. Ular bizga ovqat, suv olib kelayapti. Juda minnatdormiz. Prezident Obama vaqtini ayamay oldimizga kelib dardimizni tinglagani va bu yerdagi vayronalarni o'z ko'ziga bilan ko'rganidan xursandmiz".

  • Nyu-York
  • Nyu-Jersi sohillari
  • Nyu-York
  • Nyu-York
  • Nyu-York
  • Atlantik Siti, Nyu-Jersi shtati
  • Nyu-Jersi shtati
  • Nyu-York
  • Nyu-Jersi shtati
  • Nyu-York
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Virjiniya, AQSh: siyosat va korrupsiya - Virginia/Corruptioni
X
16.09.2014 11:21
Virjiniya shtatida sobiq gubernator va uning rafiqasi korrupsiyada aybdor deb topildi. Bob Makdonnell va umr yo’ldoshi Morin mahalliy tadbirkordan katta sovg’alar olgan. Nima sabab degan javobga sudlanuvchilar oddiy hadya deb javob qiladi. Pora emas, deydi ular. Sud esa boshqacha xulosa qildi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ukraina Parlamenti deputatlari sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqidagi qonunni qabul qilgach, milliy madhiyani kuylamoqda, 16-sentabr, 2014-yil, Kiyev, Ukraina.
  • Ukrainalik ko'ngilli askarlar Mariupol shahri yaqinida harbiy tayyorgarlikdan o'tmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.
  • Ukrainaning "Azov" ko'ngillilar batalyoni askarlari frontdan qaytmoqda, 15-sentabr, 2014-yil.
  • Urushdan qaytgan ko'ngilli askarlar yaralangan sheriklari yonida, 15-sentabr, 2014-yil.
  • "Azov" ko'ngillilar batalyoni askari qallig'i bilan, 15-sentabr, 2014-yil.
  • Luganskda ikki qiz rossiyaparast isyonchilar bilan suratga tushmoqda, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Luganskda ko'ngillilar aholiga oziq-ovqat ulashmoqda, 14-sentabr, 2014-yil.
  • Yaqinda Rossiya tarkibiga qo'shib olingan Qrimda aholi mahalliy parlament saylovlarida qatnashmoqda, 14-sentabr, 2014-yil, Simferopol, Qrim.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina Parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiyada mustaqillik uchun referendum bo'lib o'tadi

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan qabul marosimi

9-sentabr kuni Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Fotogalereya

Fotogalereya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqqa keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqqa uyushtirgan safari doirasida Iroqqa ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi olib borilayotgan kurash asosiy mavzu bo'ldi. Kerri Iroqning yangi Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashayotgan yuqori martabali ilk AQSh rasmiysidir.
Fotogalereya

Fotogalereya Iroq parlamenti yangi bosh vazirni tanladi

Davlat kotibi Jon Kerri Iroq parlamentining yangi hukumat tarkibini ma'qullash qaroridan mamnun. Jangarilarga qarshi kurash yo'lida ham bu muhim qaror, deydi diplomat.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik tinmagan, ammo tinchlik sulhi hanuz amalda

Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik holatlari uchrashda davom etmoqda. Shunga qaramay, rasmiy Kiyev va isyonchilar o'rtasida kelishilgan tinchlik sulhi hanuz amalda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI