Juma, 29-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 19:01

Yaqin Sharq

AQSh hozircha Suriya muxolifatini tan olmayapti

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
AQSh prezidenti Barak Obama Eron yadro dasturi atrofidagi mojaroning diplomatik yo’l bilan hal etilishidan umidvor. Saylovdan keyingi ilk matbuot anjumanida Obama asosan iqtisod va Kongress bilan kelishmovchiliklar haqida gapirdi. Suriyadagi vaziyatga ham to’xtaldi.


Bashar al-Assadga sodiq armiya shahar va qishloqlarga o’q yog’dirishda davom etmoqda. Qo’shma Shtatlar yaqinda tuzilgan oppozitsion guruhlar koalitsiyasini tan olishga tayyormi?

Barak Obamaning aytishicha, Suriya muxolifati deb atalmish turli guruhlar til topisha olgani ijobiy hol va AQSh diplomatlari yangi koalitsiya bilan aloqada bo’ladi. Ammo ular Suriya kelajagi xususida yakdil bir pozitsiya bilan chiqishi kerak.

“Muxolifat tuzgan ittifoqni Suriyaning quvg’indagi hukumati deb rasman tan olishga hali erta. Ular demokratik tamoyillarga amal qilishini, Suriya erkin, mo’tadil jamiyatga aylanish sari qadam tashlaydi deb xalqaro hamjamiyatni ishontira olishi lozim”, - deydi prezident Obama. 

AQSh Suriyadagi ahvol yuzasidan Turkiya, Iordaniya va Isroil bilan maslahatlashib ish tutmoqda. Yahudiy davlatini, xususan, kimyoviy qurollar xavfsizligi tashvishda soladi.    

Matbuot anjumanida Obamadan Suriyadagi isyonchilarni qurollantirish haqida ham so’rashdi.

Javob shuki, oppozitsiya safiga ekstremistlar ham qo’shilgani haqida ishonchli ma’lumotlar bor.

“Shuning uchun bu masalada ehtiyotkor bo’lgan ma’qul. Amerika yoki Isroil xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo’lgan shaxslar qo’liga qurol zinhor tushmasligi kerak”, - deydi Obama.

Ikkinchi muddatda Obama Eron bilan muzokaralarni kuchaytirishni mo’ljallayaptimi?

Ha, deya javob beradi AQSh rahbari. Kelasi bir necha oy ichida nafaqat Vashington-Tehron orasida, balki xalqaro hamjamiyat bilan ham dialogni jonlantirish ko’zlangan.

“Eron murosaga ko’nadimi - aytish mushkul. Mojaro tinch yo’l bilan hal bo’lishini istardim”, - deydi Obama.

Yadroviy izlanishlarni to’xtatishdan bosh tortgani sabab islomiy respublikaga kuchli sanksiyalar qo’yilgan. Eron atom quroli yaratish niyati yo’qligini ta’kidlab keladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika tarixidan hikoyalar - US Civil War, Colored Troopsi
X
29.08.2014 11:39
1861-1865-yillarda AQSh fuqarolar urushida Shimoliy shtatlar quldorlik tizimini saqlab qolmoqchi bo’lgan Janub bilan olishgan. Ba’zilar urushda qora tanlilar ham qatnashganini bilmaydi. 1862-yilda ozod etilgan qullarga armiya safiga qo’shilishga ruxsat berilgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Madagaskar
  • Argentina
  • Ekvador
  • Nevada shtati, AQSh
  • Angliya
  • Kashmir va Jammu shtati, Hindiston
  • Kuala Lumpur, Malayziya
  • Pokiston
  • Pokiston
  • Venetsiya, Italiya
  • Jarrohlik orqali yuzini qayta tiklanayotgan xitoylik
  • Guangdong viloyati, Xitoy
Fotogalereya

Fotogalereya Kaliforniya shimolida zilzila, 6 balda

24-avgust kuni Kaliforniya shtati shimolida yer qimirladi. Uning kuchi 6 balni tashkil etgan. Hududda azaldan zilzila ehtimoli yuqori. Binolar vayron bo'lgan, yong'inlar va elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Hech kim o'lmagan. Lekin tunda yuz bergan tabiiy ofat aholi orasida katta vahima uyg'otgan. Zilzila ayniqsa Napa shahrida qattiq sezilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva xonadonida - Tojikistonning Mujun qishlog'idan fotolavha

Tojikiston aholisining 24 foizi, ikki millondan ortig’ini o’zbeklar tashkil etadi. Ular orasida yuzdan ortiq shoir va ijodkorlar bor. Respublika shimolining O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradosh G’onchi nohiyasining so’lim Mujun qishlog’ida o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri, shoira Zulfiya Boboyeva yashaydi. So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi va G’onchi nohiyasi raisi Zafar Ismoilzodaning joriy yil 30-iyulidagi qarori bilan Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot laureati Zulfiya Boboyevaning 60 yoshlik yubiley tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbir uning xonadonida kechdi. Shoira yura olmaydi. Boshlang’ich maktabda o'qib yurganidan beri aravachaga mixlanib qolgan. Ijod uning hayoti mazmuniga aylangan. Yosh qizaloq she'rga havas qo’yib, mustaqil o’qib o’rganadi, ma’lumotli bo’ladi. O’zining she’riy satrlarida bitganidek: Bo’ldilar she’rim bayotim-sabrim saodati, Yo’g’rildi shu sabab ishqqa ko’nglimning toati!
Fotogalereya

Fotogalereya Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi

Muxolifatdagi islomiy guruhning qurollangan vakillari Liviya poytaxti Tripolidagi xalqaro aeroportni egallab oldi. Ular amaldagi parlament faoliyatini noqonuniy deb hisoblab, avvalgi Milliy Kongressning qayta tiklanishini talab qilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Donetskda o'ziga xos parad

Ukraina mustaqillik bayramini nishonlar ekan, sharqda bo'lginchilar asirdagi askarlarni ko'chalardan namoyishkorona olib o'tishdi
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlandi

Qohiradagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, vaqtinchalik sulh tugashi bilan Isroil va XAMAS o'rtasida yana otishma boshlanib ketdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI