Breaking News

"Oskar" uchun kurashayotgan yosh aktrisalar


Sursha Ronan Gollivudning endi e’tiborga tushayotgan yangi avlod aktrisalaridan. 21 yoshli Sursha eng zo’r aktrisa yo’nalishida “Oskar” mukofoti uchun kurashmoqda.
Sursha Ronan Gollivudning endi e’tiborga tushayotgan yangi avlod aktrisalaridan. 21 yoshli Sursha eng zo’r aktrisa yo’nalishida “Oskar” mukofoti uchun kurashmoqda.

Iste’dodli, go’zal va juda kuchli raqiblar. Amerika kinoakademiyasining bu yilgi bahsida bosh va ikkinchi darajali rollar uchun eng zo’r aktrisa nomi uchun kurashayotgan ayollar bular. Ko’pi juda yosh, talantli va Gollivudga endi kirib kelmoqda.

Sursha Ronan Gollivudning endi e’tiborga tushayotgan yangi avlod aktrisalaridan. 21 yoshli Sursha eng zo’r aktrisa yo’nalishida “Oskar” mukofoti uchun kurashmoqda. U 1950-yillarda Bruklinga muhojirot qilgan irlandiyalik yosh ayol rolini ustomonlik bilan ijro etgani uchun maqtovga sazovor bo’ldi.

Sursha 20 dan oshiq filmlarda suratga tushib ulgurgan. U 13 yoshida “Gunoh” filmidagi roli uchun “Oskar”ga ko’rsatilgan edi. Aktrisa bugun kuchli raqib tengdoshlari bilan birga nufuzli mukofot uchun bellashayapti.

Bri Larson o’zi va besh yashar o’g’li o’g’irlab qochilgan ayol obrazini yaratgani uchun “Oskar”ni qo’lga kiritishi mumkin.

Larson eng zo’r aktrisa nomini ilib ketishi taxmin qilinmoqda. Sursha Ronan kabi 26 yoshli Larson 20 dan ziyod filmlarda suratga tushib qo’ygan.

27 yoshli Alisha Vikander “Oskar”ga da’vogar yana bir iste’dod sohibasi. U “Ex Machina” filmida g’aroyib robot rolini ijro etib tomoshabinni qoyil qoldirdi.

Vikander “Daniyalik qiz” kartinasida 1930-yillarda tanilgan rassom Gerda Veyner obrazida chiqib, joriy yilgi eng zo’r aktrisalar qatoriga kirishi mumkin. U filmda ikkinchi darajali rolni ijro etgan.

Vikander bugunning eng talabbop aktrisalaridan biriga aylandi.

Runi Mara Gollivudda mashhur bo’lib ulgurgan. U bu yil romantik janrdagi “Kerol” filmida ma’suma Tereza rolini qoyilmaqom qilib epladi. Ikki ayolning muhabbati haqidagi kartinada bosh rolni Keyt Blanshet o’ynagan.

Mara ilk bor “Oskar”ga 2012-yilda ko’rsatilgan edi. O’shanda “Ajdar rasmi tushirilgan qiz” filmida Mara yosh, boshpanasiz xaker rolini ijro etib, dunyoga tanildi.

Yosh aktrisa Jennifer Lorens “Joy” nomli romantik filmda bosh roli uchun “Oskar”ga loyiq topilishi mumkin. 25 yoshli Lorens 20 dan ko’p kartinada xizmat qilib qo’ygan. “Ochlik o’yinlari” filmi uning eng ko’p tanilgan kartinalaridan biri. Shu paytgacha Lorens “Oskar”ni qo’lga kirib ulgurgan. “Forbes” jurnali ta’rificha, u Gollivudning eng ko’p daromad qilayotgan aktrisalaridan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG