Juma, 28-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 19:25

Siyosat

Afg'oniston urushni tugatishda Pokiston bilan hamkorlikka tayyor

Pokiston Tashqi ishlar vazirasi Hina Rabboniy Xar, Afg'oniston rahbari Hamid Karzay
Pokiston Tashqi ishlar vazirasi Hina Rabboniy Xar, Afg'oniston rahbari Hamid Karzay

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Afg’oniston Pokistondan hibsga olingan toliblarni ozod etishni so’ramoqda. Bu yo’l orqali ular bilan tinchlik muzokaralarini boshlab, urushni tezroq tugatish ilinjida. 

2014-yil oxiriga borib xalqaro qo’shinlarning Afg’onistonni tark etishi kutilayotgan bir vaqtda Kobul ramsiylari tinchlik o’rnatish jarayoniga qo’shni Pokistonni ham jalb etishga urinmoqda.

Afg’on Tinchlik kengashi delegatlari shu maqsadda yaqinda Islomobodga bordi. Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul boshchiligida o’tgan muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlangani aytilmoqda. Uchrashuvlar nihoyasida Pokiston qamoqlarida saqlanayotgan bir necha Tolibon yetakchisi ozod etilgan.

Afg’oniston rasmiysi muzokaralar yana davom etishini ta’kidladi:

“Harakatlarimizni davom ettiramiz. Tinchlik o’rnatish jarayonini tezlashtirmasak bo’lmaydi. Jarayonda ishtirok etadigan barcha taraflar ozod etilishi kerak. Buning natijasida Afg’oniston hukumati va Tolibon davomli va barqaror muzokaralar olib bora oladi. Biz afg’onistonlik toliblarning vataniga qaytishi va tinchlik jarayoniga qo’shilishini istaymiz. Ular millatimiz kelajagi  va taraqqiyoti yo’lida xizmat qilsin”, - deydi Afg’oniston Tashqi ishlar vaziri Zalmay Rasul.
 
Pokiston ayrim jangari guruhlarni qo’llab-quvvatlayotgani haqida ma’lumotlar bor. Tolibon harakatining ayrim yetakchilari ham Pokiston hududidan boshpana topgani aytiladi.

Islomobod  terrorizmga qarshi urushda minglab fuqarolari halok bo’lganini aytib, qo’shni Afg’onistonda tinchlik o’rnatilishidan biz ham manfaatdormiz, deydi.

“Terrorizm tahdidiga nihoyatda jiddiy yondashamiz. Bolalarimiz har kuni shu urushda nobud bo’lyapti. Biz terrorizm nimaligini yaxshi bilamiz. Biz uning tahdidiga qarshi hammani birgalikda kurashishga taklif etamiz”, - deydi Pokiston Tashqi ishlar vaziri Hina Rabboniy Xar.
   
Rasmiylarning ma’lum qilishicha, Pokiston va Afg’onistonning bir necha musulmon ulamosi kelasi yilning yanvar oyida Kobulda yig’ilib, tinchlik jarayoniga bag’ishlangan yana bir anjuman o’tkazadi. Ulamolar konferensiyasiga boshqa musulmon davlatlari olimlari ham taklif etiladi.

Pokiston Tashqi ishlar kotibi Jalil Abbos Jiloniyning aytishicha, ushbu anjumandan maqsad har ikki davlatda jangari harakatlarga qarshi dindorlar qo’llab-quvvatlovini oshirishdir.

“Ulamolar konferensiyasini o’tkazishdan maqsad Afg’oniston, Pokiston va boshqa musulmon davlatlarning  diniy olimlarini yig’ib, ekstremizm, xudkushlik kabi islom ummati yuz tutayotgan muhim muammolar yuzasidan fikr almashish. Olimlar xudkushlik hujumlariga qarshi qo’shma qaror qabul qilishlari kerak”, - deydi Pokiston rasmiysi.

Afg’on rasmiylariga ko’ra, Tolibon va boshqa jangari guruhlar mamlakatlarini tashqi kuchlar egallab turgani uchungina kurash olib borayotganini aytadi. Xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etgach, ulamolar yordami bilan jangarilar zo’ravonlikni tark etsa ajab emas, deydi ular.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Gaz eksporti - Amerikaning bir shahrida - Natural Gas Exporti
X
28.11.2014 05:09
Qo’shma Shtatlarda so’nggi yillarda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi bir necha karra oshdi. Bunga asosan yangi texnologiyalar turtki bermoqda. Mahalliy kompaniyalar ortiqcha gazni xorijga eksport qilishni istaydi, lekin reja aholi orasida qarshilikka uchramoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Shukronalik kuni 17-asr boshidan beri bayram qilinadi
  • Oq uy... Prezident tarixiy odatga ko'ra, shu kuni bir kurkaning qonidan kechadi.
  • Oq uy... Prezident tarixiy odatga ko'ra, shu kuni bir kurkaning qonidan kechadi.
  • Kurka - Shukronalik kuni pishiriladigan asosiy taom
  • Bayram dasturxoni
  • Bayram oldidan va uning ketidan savdo qiziydi. Los-Anjeles.
  • Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
  • Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
  • Nyu-York vokzali
  • Nyu-York
  • Nyu-York
  • Bayramdan keyin savdo qiziydi. Los-Anjeles.
  • Bayram munosabati bilan uyga qaytayotgan harbiy. Mayami.
Fotogalereya

Fotogalereya Shukronalik kuni, Amerika - Thanksgiving Day in America

Noyabrning oxirgi payshanbasi Shukronalik kuni. Yangi vatandagi noz-ne'matlardan shukur qilgan, hosilidan rozi bo'lgan odamlar shunday bayramga asos solgan. Keyinchalik tub aholiga qarshi qonli urushlar olib borgan yevropalik kelgindilar boshida ular bilan bir dasturxondan non yegan. Hindu qabilalar o'z ovqatlarini tanishtirgan bo'lsa, kelgindilar ham o'z taomlarini tortgan. Kurka Shukronalik kuni asosiy taom hisoblanadi. Chunki bu parranda Amerikada serob bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerikada Shukronalik kuni

Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom demakdir.
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi dunyo, suratlarda

Jahonning turli burchaklaridan olingan antiqa fotolar - 26-noyabr, 2014

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI