Juma, 27-fevral, 2015 Toshkent vaqti: 18:04

Xalqaro

Human Rights Watch: Pokistonda shialar qamalda

Amerika Ovozi
Pokistondagi portlashlar 115 odamni, asosan, shialarni hayotdan olib ketgan, qariyb 250 fuqaro jarohat olgani ma’lum.

Guvohlar kechani oxirgi yillardagi eng qonli kunlardan biri deya ta’riflaydi.

Inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkiloti mamlakatda shialar vahimada, qamal holatida yashayapti, deya ogohlantiradi.

Xususan, kecha Kvetta shahrida shialar orasida mashhur bilyardxonada portlash ro’y berib, 82 kishi nobud bo’lgan.

Undan bir necha soat oldin shahardagi bozorda xuruj sodir etilib, yana o’nlab odam jon bergan.

Human Rights Watch vakili Ali Dayan Hasanning aytishicha, o’tgan yili Pokistonda 400 dan oshiq shia o’ldirilgan. Ahvol yanada og’irlashishi aniq, deydi ekspert.

Lashkari Jangaviy sunniy jangari guruhi kechagi hujumni amalga oshirganini da’vo qiladi.

Aholisi 160 millionni tashkil etgan Pokistonda shialar 20 foiz atrofida.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Nyu-Yorkda yangi shaxsiy guvohnomai
X
27.02.2015 10:05
AQShda immigratsiya tizimi islohoti juda sust, ko’plab shtatlar va hatto shahar hamda tumanlar bu boradagi muammolarni o'zlari hal etishga harakat qilmoqda. Masalan, Nyu-York shahrida noqonuniy muhojirlarga hokimiyat hujjat beradi. Shaharda hamma shunday guvohnoma olishga haqli.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Donetsk, Ukraina
  • Ayirmachi
  • Donetsk, Ukraina
  • Ukraina sharqi
  • Qo'shma Shtatlar va Yevropada ayrim rahbarlar Kremldan Ukrainada ayirmachilarni qo'llab-quvvatlashni bas qilishni talab qilmoqda. Aks holda Vashington va ittifoqchilar qattiqroq jazo choralari ko'rishi mumkin.

    Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, bu tahdidlar sulh ijrosiga halaqit beradi. Holbuki, tinchlik kelishuvi endi samara bera boshladi, deydi u.

  • Ukraina hukumati oxirgi uch kunda ayirmachilar bilan olishuvlar ko'lami qisqarganini tasdiqlayapti. Biroq port shahar Mariupol yaqinida separatistlar hujumlari hanuz davom etayotgani haqida xabarlar bor.

    Ayirmachilar seshanba kuni og'ir qurollarni front zonasidan olib chiqa boshlagan. Ayrim jurnalistlar haqiqatan qurollar olib ketilayapti, deydi. Yevropa Ittifoqi kuzatuvchilari hali bu ma'lumotni tasdiqlaganicha yo'q.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI