Breaking News

"Parizod" va rejissyor Ayub Shahobiddinov Vashingtonda o'zbek kino festivalida


Ayub Shahobiddinov 2012-yilda ishlagan "Parizod" kartinasi bilan xalqaro miqyosda tanila boshladi. 38 yoshli postanovkachi rejissyor hozirgacha yetti filmi bilan shuhrat qozongan.

2010-yildagi "Kechikkan hayot" va 2007-yilgi "O'tov" filmlari ham kino tanqidchilari tomonidan yuqori baholangan.

Vashingtonda bu hafta o'tgan o'zbek kino festivalida uni O'zbekiston va Markaziy Osiyo kinosining buguni va kelajagi deb tanishtirishdi.

"Parizod" namoyish qilinishidan oldin va taqdimotdan keyin muxlislar bilan muloqot qilar ekan, Ayub Shahobiddinov Amerika ommasiga "O'zbekfilm" va o'z ijodi haqida so'zlab berdi.

O'tgan yillar mobaynida uni ko'plab tadbir va festivallarga taklif qilishdi, kartinalari universitetlaru xalqaro tashkilotlarda ko'rsatildi, muhokama qilindi.

Lekin bu - Ayub Shahobiddinovning Amerikaga ilk safari. Kino san'atini Toshkent va Moskvadagi oliy dargohlarda o'rgangan ijodkor "Parizod" eng murakkab filmi ekanini aytadi.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi tog'larda suratga olingan film o'sha yerda voyaga yetgan adib Erkin A'zam asariga asoslangan.

Bosh qahramon - tog' qizi, pari, afsonaviy husn sohibasi. Undan bir so'z eshitmaysiz. Lekin uning achchiq taqdiri, ilohiy imo-ishorasi muxlisni o'ziga shu qadar sehrlab qo'yadiki, hatto bu ovozsiz obrazning ismi yo'qligini ham unutasiz.

Kartina sizni real, lekin ruhiy bir olamga yetaklaydi. Afsona va haqiqat bir-biri bilan qorishib ketadi. Qaysi zamon, qanday odamlar deb so'rashga jur'at eta olmaysiz, chunki hikoya shu darajada chuqur va qudratliki, vaqtning ahamiyati yo'qolgandek.

Amerika ommasi "Parizod" filmini tomosha qilmoqda
Amerika ommasi "Parizod" filmini tomosha qilmoqda

"Parizod" filmi Vashingtonda namoyish etildi, 23-sentabr, 2015
"Parizod" filmi Vashingtonda namoyish etildi, 23-sentabr, 2015

​Ayub Shahobiddinovning aytishicha, kartina davlat ajratgan mablag' evaziga ishlangan. AQSh dollarida 200 mingga yaqin pul sarflangan. Ko'ngilochar emasligi uchun uncha katta daromad keltirmagan. Toshkentda bir hafta mobaynida qo'yilgan xolos. Rejissyorning tushuntirishicha, O'zbekistonda yiliga 40-50 kino ishlansa, ularning 10 tasi davlat hisobiga, qolgani esa xususiy manbalar asosida yaratiladi. Respublika o'z kino sanoatiga ega va bu borada o'ziga yarasha tajriba bor.

Amerikalik muxlislar bilan savol-javob ketidan Ayub Shahobiddinov "Amerika Ovozi" bilan ham gaplashdi:

"Parizod" rejissyori Ayub Shahobiddinov bilan Vashingtonda suhbat - Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:01 0:00

Uzbek Cinema Week in Washington - "Parizod" Ayub Shahobiddinov speaks @GWU, Sept 23, 2015
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:25:40 0:00

Vashingtondagi o'zbek kinosi kunlari Jorj Vashington universiteti va O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi
Vashingtondagi o'zbek kinosi kunlari Jorj Vashington universiteti va O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etildi
  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG