Chorshanba, 04-mart, 2015 Toshkent vaqti: 16:12

Muhojirlar hayoti

Osiyoliklar bugun AQShda eng katta muhojir jamoa

Amerika Ovozi
Amerikada osiyolik muhojirlar oqimi kuchaygan. “Pyu” tadqiqot markazi e’lon qilgan hisobotga ko'ra, ular eng ko’p daromad topadigan, yaxshi ta’lim olgan va eng tez o’sayotgan jamoa.

Hisobot mualliflaridan biri Keri Fankning aytishicha, AQShga kelishga undayotgan omillar ko'p, jumladan ishlash va ta’lim olish imkoniyatlari.

“Umuman olganda, sabablar turlicha. Ko'pincha oila a’zolari bilan birlashish uchun kelishadi. Ish, ta’lim va oila birdek muhim ekanini ko’ramiz”, - deydi u.

Osiyolik amerikaliklar 1965-yilda aholining 1 foizini tashkil etgan bo’lsa, bugun ular soni 5,8 foizga yetgan.

“Ushbu o’sishga hissa qo’shgan sabablardan biri bu 1965-yil immigratsiya siyosatida yuz bergan o’zgarishlardir. Islohot dunyoning barcha davlatlaridan immigrantlar oqimini ko’paytirdi. AQShda voyaga yetgan osiyoliklarning 74 foizi xorijda tug’ilgan. Albatta, turli guruhlar orasida farqlar bor. Deylik, yapon-amerikaliklarning katta qismi AQShda tug’ilgani kuzatilsa, qolgan besh guruhda katta yoshdagilarning aksariyati xorijda tug’ilgani aniqlandi”, - deydi tadqiqotchi Keri Fank.

AQShga, asosan, Uzoq Sharq, janubi-sharqiy Osiyo va Hind subkontinenti o’lkalaridan kelishadi. So’nggi yillarda latinolar, lotin amerikalik muhojirlar soni, aksincha, kamayib ketgan. 


2010-yilda Osiyo o'lkalaridan AQShga jami 430 ming kishi ko'chib kelgan, ya'ni ular shu yilgi jami immigrantlarning 36 foizini tashkil etgan. Lotin Amerikasidan AQShga kelganlar esa 370 ming bo’lib, ular soni jami muhojirlarning 31 foiziga to’g’ri keladi.

“Pyu” tadqiqot markazi ma’lumotiga ko’ra, osiyolik immigrantlar orasida AQShga noqonuniy kelganlar ozchilikni tashkil etadi - 15 foiz. Ispan tilida so’zlashuvchi muhojirlarning esa 45 foizi hujjatsiz.

3500 kishi ishtirokida o’tkazilgan so’rov natijalariga ko’ra, osiyoliklar oila, ota-ona bo’lish, ish va karyeraga jiddiy ahamiyat berishadi.

AQShga ko'chib kelgan har 10 nafar osiyolik muhojirning oltitasi kamida bakalavr darajasiga ega. Shu bois ular eng bilimli va malakali kadrlar sifatida ajralib turishadi.

AQShda aholining 30 foizi bakalavr darajasiga ega bo‘lgan bir paytda, osiyoliklarning yarmidan ko’pi oliy ma’lumotli. Yillik daromadi ham o’rtacha amerikalikning topish-tutishidan yaxshiroq ekani aniqlangan. Bir amerikalikning o‘rtacha yillik daromadi 49 ming dollar bo‘lsa, Osiyodan kelgan muhojirlarning bir yilda topadigan mablag’i 66 ming dollardan oshadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQShda moliyaviy rejalash. O'zbek mutaxassislardan maslahat.i
X
04.03.2015 10:27
Amerikada yuz minglab o'zbeklar yashaydi. Ular bu yurtdagi imkoniyatlar bilan tanishar ekan, kimdir mustaqil ravishda, kimdir esa vatandoshlari yordamida oyoqqa turmoqda. "Amerika Ovozi" moliyaviy rejalash haqida ma’lumot ulashayotgan o’zbeklar bilan suhbatga bo'ldi. Nyu-Yorkdan maxsus reportaj.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Benyamin Netanyaxu Kapitoliyda
  • Benyamin Netanyaxu Isroilga moyil siyosiy guruhlar oldida so'zlayapti.
  • Quddus ko'chalari
  • Amerika bosh diplomati Jon Kerri dushanba BMT Inson huquqlari kengashida so'zga chiqib, Isroilni himoya qilar ekan, bu davlatga adolat bilan yondashilmayapti, dedi.

    Jenevada chiqish qilgan Kerri nazarida BMTning bu organi huquqiy tahqirlashlarni muhokamaga olib chiqishi asosli. Lekin qator rezolyutsiyalarda Isroilni qayta-qayta ayblash qanchalik adolatli, deya so'raydi u.

  • Falastinga xayrixoh faollar Vashingtonda Isroil rasmiysi Benyamin Netanyaxuning safari yuzasidan norozilik namoyishida qatnashayapti.
  • Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu AQSh Kongressining har ikki palatasi vakillari oldida so'zlab, Eron yadro dasturi, Yaqin Sharqdagi vaziyatga qarashlarini bildirdi.
  • Benyamin Netanyaxu Isroilga moyil siyosiy guruhlar oldida so'zlayapti.
  • Falastinga xayrixoh faollar Vashingtonda Isroil rasmiysi Benyamin Netanyaxuning safari yuzasidan norozilik namoyishida qatnashayapti.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI