Dushanba, 08-fevral, 2016 Toshkent vaqti: 21:45

Din

Benedikt XVI papalikdan ketadi

Amerika Ovozi
Rim papasi bugungi bayonotida oxirgi bir necha oyda holdan toygani, vazifasini to’liq ado eta olmay qolganini aytgan.

85 yoshli pontifik 28-fevralda rasman iste’fo beradi.

Benedikt XVI 2005-yilda papalikni qabul qilgan. Asli ismi Jozef Ratzinger bo’lmish pontifik bu kursiga oxirgi ming yilda o’tirgan ilk nemis din peshvosidir.

Undan avval Rim-Katolik cherkovini Ioanт Pavel boshqargan edi.
 
U ayollar ruhoniylik qilishiga qarshi bo’lib, gomoseksuallikni gunoh deb bilgan.

Benedikt nazarida aholisi asosan musulmonlardan iborat Turkiya xristianlar Yevropasiga yot. Katolitsizm yagona asl e’tiqoddir, deb hisoblaydi u.

Papaligi davrida abort, homilaning oldini oluvchi vositalar va dunyoviylikka qarshi qarashlarni himoya qilgan.
 
Benedikt 1927-yilda dunyoga kelib, natsistlar Germaniyasida voyaga yetgan. Papalikka kirganida 78 yoshda edi.
 
Oxirgi 600 yilda birinchi marotaba papa ishdan bo’shashi. Kardinallar mart oxirigacha yangi pontifikni tanlashi kutilmoqda.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Xalqaro hayot - 8-fevral voqealarii
|| 0:00:00
...  
 
X
Amerika Ovozi
08.02.2016 15:38
Suriya hukumatining Halabga hujumidan qochgan minglab odamlarni Turkiya chegaradan o’tkazmayapti...Jahon hamjamiyati Shimoliy Koreyani uzoq masofali raketani uchirgani uchun keskin tanqid qilmoqda...AQShda prezidentlikka nomzod respublikachilar teledebatda qatnashdi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Respublikachi Donald Tramp
  • Demokrat Hillari Klinton
  • Respublikachi Ted Kruz
  • Demokrat Berni Sanders
  • Respublikachi Marko Rubio
  • Respublikachi Jeb Bush
  • Respublikachi Jon Keysik
  • Respublikachi Kris Kristi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI