Breaking News

O'zbekistonda prezident saylovlariga tayyorgarlik boshlandi


O'zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi boshlandi. Markaziy saylov komissiyasi qaroriga ko'ra, saylov 29-mart kuni o'tadi. Bugungi yig'ilishida saylovga tayyorgarlik dasturi ma'qullandi. Qonunchilikdagi so'nggi o'zgarishlarga ko'ra, prezident besh yil muddatga saylanadi.

O'zbekistonda prezident saylovlariga tayyorgarlik boshlandi/Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:36 0:00

Markaziy saylov komissiyasi yig'ilishida O'zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasi 26-dekabrdan boshlangani e'lon qilingan. Nomzod kimligi hozircha noma'lum.

Konstitutsiyaga muvofiq, amaldagi prezident Islom Karimovning saylovda qatnashish imkoniyati cheklangan. Biroq cheklovlar qonunchilikka kiritilgan turli o'zgarishlar tufayli aylanib o'tilmoqda. Karimov 24 yildirki, prezident bo'lib qolmoqda.

Navbatdagi saylovda ham u nomzod sifatida ishtirok etishi ko'pchilikda shubha uyg'otmaydi, ammo bu ishtirok hozircha Karimov tomonidan rasman tasdqilanmagan.

May oyida Samarqandda o'tgan xalqaro konferensiyadagi chiqishida Karimov mansabida uzoq o'tirib qolgani haqidagi turli tanqidlarga qaramasdan o'z ishini davom ettiraverishiga ishora qilgan edi.

Prezident saylovlariga uch oy qoldi. Da'vogarlar noma'lum. Parlament saylovlaridagi ishtirokini yakunlagan rasmiy partiyalar ham jim, faqat taxminlar mavjud.

"Bu sohada odamlar ochiq mulohaza yuritishga qo'rqadi, buning o'rniga yoshroq birortasining nomzodini ko'rsataylik deb suhbat qilishga ham qo'rqadi. Lekin masala oddiy emas, mamlakat taqdirini hal etadigan odamlarning muhokamasi. Shuning uchun ham bu yerda faqat taxminlar qilish mumkin. Albatta, Islom Karimov yana o'z lavozimida qoladi, nomzodini ko'rsatadi. Bu xalq nomidan ekanligini ko'rsatish uchun, o'zingiz yana davom ettiring deydigan laganbardorlar guruhi ham tayyorlab qo'yilgan“, - deydi muhojiratdagi muxolifat faollaridan biri Hazratqul Xudoyberdi.

Karimovning prezidentlik muddati umumiy hisobda 1991-yilda, birinchi prezidentlik saylovlaridan boshlandi. Shu yillar davomida bu muddat ba'zan referendun, ba'zan saylov haqidagi qonunchilikka kiritilgan o'zgarishlar bilan uzaytirib kelindi.

So'nggi saylovlarda Karimov bilan birga rasmiy partiya yetakchilari ham nomzod sifatida qatnashgan edi. Ammo Karimovga muqobil bo'lgan bu nomzodlar prezidentlik uchun kurashga majbur qilingan, deb ko'riladi.

"Bu masxarabozlik shunchalik kulgili darajaga bordiki, o'tgan saylovlarda Karimovga raqobatchi bo'lib Xalq Demokratik partiyasidan qatnashgan nomzod Karimov uchun ovoz berishini aytib chiqqan edi. Albatta, u qo'rqqanidan gapirdi, saylovdan keyin meni qamab yubormasin deb. Bu safar ham shunga o'xshash boshqasini topadi, lekin buning farqi yo'q-ku. Xullas, yangi prezidentlik saylovlari o'yini bo'lib o'tadi, xolos“, - deydi Hazratqul Xudoyberdi.

Islom Karimov so'nggi bor 2007-yilda, yetti yil muddatga saylangan edi. 2011-yilda saylov haqidagi qonunga tuzatish kiritildi va bu muddat yetti yildan besh yilga tushirildi.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG