Breaking News

Putin Karimov bilan uchrashdi, O'zbekistonning qarzidan kechdi


Rossiya rahbari Vladimir Putin Hindiston safaridan oldin O’zbekistonda Islom Karimov bilan uchrashdi. Ma'lum bo’lishicha, Rossiya O'zbekistonning qarzidan voz kechgan. Faollarning so'zlariga ko'ra, G'arb bilan hamkorlikdan umidini uzgan Putin diqqatini mintaqaga qaratmoqda.

Putin Karimov bilan uchrashdi, O'zbekistonning qarzidan qisman kechdi - Malik Mansur lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:51 0:00

Putinni Karimov Toshkentdagi xalqaro aeroportda kutib oldi. Muloqotda Karimov mintaqa va dunyo tobora beqaror ekani, tahdidlarga muvofiq holda javob berish lozimligi haqida gapirdi.

Putin deydiki, O'zbekiston mintaqaning yirik davlati, Rossiyaning muhim hamkori va Moskva Markaziy Osiyodagi vaziyatga befarq emas, jumladan, Karimovning Afg'oniston bo'yicha xavotirlariga.

Kreml O'zbekistonning qarzidan kechgan. Jami 890 million dollar haqida gap ketmoqda. Tomonlar o'zaro moddiy da'volar va majburiyatlar bo'yicha kelishuv imzolagan. Rossiya Moliya vaziri Anton Siluanov O'zbekistonning qarzi birdaniga to'lash sharti bilan 25 million dollarga tushganini ma'lum qilgan.

O'zbekistondan Rossiyaga eksport qilinayotgan oziq-ovqat hajmini ko'paytirish to'g'risida ham bitim imzolangan. Putin so'zlariga ko'ra, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi va O'zbekiston o'rtasida erkin savdo hududi bo'yicha maslahatlashuv boshlangan.

Putin kelishidan biroz avval Toshkentda hukumatlararo komissiya yig'ilishi o'tdi. Unda mehnat muhojirlari oqimini tartibga solish muhokama qilingan. Rossiya prezidenti delegatsiyasi tarkibida Migratsiya xizmati rahbari Konstantin Ramadanskiy ham bo'lgan, ammo muhojirlar masalasi ko'rilgani haqida ma'lumot yo'q.

Rossiyadagi muhojirlar huquqi bilan shug'ullanuvchi faol Bahrom Hamroyevning aytishicha, Rossiya iqtisodida kuzatilyotgan cho'kish mehnat muhojirligiga ta'sir qilayapti. Ularni nimalar kutayotgani mavhum.

“Bu narsa hozir juda ko'p doiralarda muhokama qilinayapti, lekin O'zbekiston va Rossiya hukumatlari uchun bu muhim muammo emas. Rossiyadagi iqtisodiy tanglik boshlanishi bilan mehnat muhojirlari yanada jiddiy muammoga aylanadi. Ular kerak bo'lmay qolgan taqdirda nimalar bilan to'qnashadi, qanday harakatlar qilinadi?”

Bahrom Hamroyevning aytishicha, G'arb bilan hamkorlikka ko'zi yetmagan Putin vaziyatni sobiq ittifoq davlatlari hisobiga o'nglamoqchi.

“Putinning hozir biror umidi yo'q G'arb davlatlaridan. Shuning uchun ham hozir o'sha eski diktatorlar bilan bo'lsa ham siyosatdagi o'zgarishlarni, kutilayotgan narsalarni muhokama qilish. Hozir u vaziyatni o'z kuchimiz bilan tuzatamiz degan qarorda. Ya'ni o'zimiz deganda Islom Karimovga o'xshagan rahbarlar nazarda tutilmoqda”, - deydi Bahrom Hamroyev.

Putinning bir kunlik tashrifi nihoyasiga yetgan. Safar siyosiy aloqalar yo'nalishini aniqlashtirish tashabbusi bilan chiqqan Karimov taklifiga ko'ra amalga oshgan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG