Chorshanba, 26-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 12:32

Amerika

“Sendi”dan hamon o’ziga kelmagan aholiga yordam

Nyu-Jersidagi manzara
Nyu-Jersidagi manzara

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
AQSh Kongressi sharqiy sohillarni xonavayron qilgan “Sendi” dovulidan jabr ko’rgan oilalar uchun 9 milliard dollarlik yordam dasturini ma’qulladi.

Prezident Barak Obama unga qo’l qo’ydi. Lekin tabiiy ofat va uning asoratlaridan qiynalgan, uyi, ishi va bizneslaridan ayrilgan fuqarolar hukumat yordamni ta’minlashda sustkashlik qildi, deya shikoyat qiladi.

Quyi palatadagi respublikachilar 1-yanvarda “Sendi” dovuli jabrdiydalariga yordam loyihasini ovozga qo’ymadiyu Nyu-York ahlidan baloga qoldi. Nyu-Jersi gubernatori Kris Kristining g’azabi qaynadi:

“Fuqarolar tabiiy ofatdan azob chekkan pallada biz demokrat yoki respublikachi emas, vatandosh sifatida, amerikalik sifatida javob berishimiz kerak. Lekin qonunchilar vatanga xizmatni emas, siyosatni afzal ko’rganiga guvoh bo’ldik. Jirkanch bir holat bu”.

Nyu-Yorkning to’fondan qaqshatqich zarba yegan Red Xuk tumanida odamlar arang kun ko’rayapti. Denis Karbonellning biznesi 75 ming dollar zarar ko’rdi.

“Menimcha, bu mahallalarda nima bo’layotgani bilan hukumatning ishi yo’q. O’zim savdo-sotiq sohasida ishlayman. Bu gal bayram oldi oldi-sotdi juda yomon bo’ldi. Bilasiz, asosiy daromadni Rojdestvo paytida, yangi yil kirmasidan qilamiz. Lekin bu safar qup-quruqmiz. Shuning uchun bir yarim oy, jilla qurisa, ikki oyga yopilishga qaror qildik. Sal o’zimizga kelaylikchi…” - Karbonell.

Denis Karbonell uyini isitish uchun o’tin g’amlab qo’ygani asqatdi. Lekin ko’p qavatli binolarda yashaydiganlar nima qilsin? Eboni Fergerson ana shundaylardan:

“Gazni yoqib qo’yaman. Ikkita isitgichim ham doim ishlab turadi. Nima qilishimizni bilmay qoldik”.

Ayol hukumat bunday hollarda tez qimirlashi kerak deydi.

Haykaltarosh Antonio Bilotta dovul paytida aksariyat asarlari, anjomlaridan ayrildi. Ustaxonasi shundoq sohil bo’yida. Holi yanayam xarob oilalar kam emas, deydi u.

“Ofat natijasida boridan judo bo’lgan, muhtoj insonlarni bilaman. Ularning ahvoli menikidan ming bor og’ir. Hukumat avvalo ana shularga yordam bersin”, - deydi Bilotta.
Nyu-Jersi gubernatori Kris Kristi "ofat paytida siyosatni yig'ishtirib, odamday muomala qilaylik bir-birimizga" deydiNyu-Jersi gubernatori Kris Kristi "ofat paytida siyosatni yig'ishtirib, odamday muomala qilaylik bir-birimizga" deydi
x
Nyu-Jersi gubernatori Kris Kristi "ofat paytida siyosatni yig'ishtirib, odamday muomala qilaylik bir-birimizga" deydi
Nyu-Jersi gubernatori Kris Kristi "ofat paytida siyosatni yig'ishtirib, odamday muomala qilaylik bir-birimizga" deydi

Fort Defiance restorani egasi Jon Frizell dovuldan keyin binoni butunlay qayta remont qilishga majbur bo’ldi. Kongress nega jonli-jonli harakat qilmadi, deya hayron bo’ladi u.

“Aqlim lol. Nega to’fondan keyin ikki oy kutishdi? Nega orqaga surishdi masalani. Red Xuk tumani, Nyu-Jersi va butun Nyu-York yordamga muhtoj ekani shundog’am ravshan-ku. Ikki oy oldin yordam yuborishlari kerak edi”, - deydi Frizell.

U restoranni ta’mirdan chiqarishda yordam bergan ustalardan qarzini uzishi kerak. Davlatdan madad yetib kelguniga qadar u, el qatori, qo’ni-qo’shniga suyanib turadi.

"Sendi"ning qilmishi:

  • Nyu-York
  • Nyu-Jersi sohillari
  • Nyu-York
  • Nyu-York
  • Nyu-York
  • Atlantik Siti, Nyu-Jersi shtati
  • Nyu-Jersi shtati
  • Nyu-York
  • Nyu-Jersi shtati
  • Nyu-York

To'fon jabrdiydalari AQSh hukumatidan norozi/Sandy disaster aidi
X
30.01.2013 22:09
AQSh Kongressi sharqiy sohillarni xonavayron qilgan "Sendi" dovulidan jabr ko'rgan oilalar uchun 9 milliard dollarlik yordam ko'rsatmoqda. Lekin tabiiy ofat va uning asoratlaridan qiynalgan, uyi, ishi va bizneslaridan ayrilgan fuqarolar hukumatdan norozi. Yordam vaqtida kelmadi, deydi ular. "Amerika Ovozi" Nyu-York shahridagi bugungi manzara bilan tanishdi.

Nyu-Yorkdagi muhojir oilalar/NY Sandy victims i
X
31.01.2013 05:05
Nyu-Yorkda yashovchi muhojirlar, jumladan, meksikalik hujjatsiz ishchilar "Sendi" to'fonidan chuqur aziyat chekdi. Taxminan ming kishi ofatdan jabr ko'rib, hali ham o'ziga kelmagan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
US/Syria/Islamic Statei
X
25.11.2014 15:09
Prezident Barak Obamaning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar “Islomiy davlat” ekstremistlariga qarshi kurashda Suriya hukumati bilan hamkorlik qilmaydi. Shunga qaramasdan, xalqaro koalitsiya Suriyada amalga oshirayotgan havo hujumlaridan prezident Bashar al-Assad ham naf ko’rayotgani ayon.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Namoyishlarni yoritayotgan jurnalist
  • Sent-Luis shahri, Missuri shtati

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI