Seshanba, 02-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 16:34

Din

Diniy erkinlik Markaziy Osiyo bo'ylab qay ahvolda?

O'sh, Qirg'iziston
O'sh, Qirg'iziston

Multimedia

Audio
Bugun - Inson huquqlari kuni. Dunyo bo’ylab e’tiqod erkinligi bilan bog’liq vaziyatni kuzatib, AQSh Kongressiga hisobot beruvchi komissiya tahlilchisi Keti Kosman fikricha Markaziy Osiyoda diniy huquqlar cheklangan. 

AQSh har yili Markaziy Osiyo davlatlarini diniy erkinlik huquqi poymol etiladigan mamlakatlar qatoriga qo’shadi. 

Jorj Vashington universitetida kechgan davra suhbatida Kosman xonim vaziyat achinarli deydi.

TURKMANISTON
 
Prezident Qurbonguli Berdimuhamedov hokimiyatga kelishi bilan islohotlar boshlangandek ko’rindi. Lekin u ham tez orada sobiq prezident Saparmurod Niyozov yo’lidan ketdi, deydi Kosman xonim.
 
“Dastlab, Berdimuhamedov ishini Turkmaniston jamiyatini tashqi dunyoga ochish bilan boshladi. Qamoqdagi siyosiy mahbuslarni, jumladan, sobiq muftiyni ozodlikka chiqardi". 

2008-yilda Berdimuhamedov AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligidan din haqidagi qonunni takomillashtirish bo’yicha maslahat so’radi. Qonun bo’yicha fikrlar bildirildi, ammo ular inobatga olinmadi. Bu sohada hech qanday islohot o’tkazilmadi, deydi tahlilchi.
 
Turkmanistonda shaxsga sig’inish chuqur ildiz otgan, deydi Kosman xonim.
 
“So’nggi yillarda Berdimuhamedov ham o’z shaxsiyatini ulug’lash yo’lidan boryapti. Davlat ishchilari uning kitoblarini o’qishga, sotib olishga majburlanadi”,- deydi ekspert.
 
TOJIKISTON

Markaziy Osiyoda islomiy partiya rasman tan olingan va parlamentda o’z kuchiga ega yagona davlat. Lekin amalda din va dindorlar faoliyati juda cheklangan.

2010-yil kuchga kirgan yangi qonun diniy guruhlarning ro’yxatdan o’tish jarayonini yanada qiyinlashtirdi, deydi Kosman.

“Din bo’yicha xususiy ta’lim berish va olish mumkin emas. Farzandini o’qitmoqchi bo’lgan ota-onaning har ikkisi bu haqda yozma rozilik berishi kerak. Militsiya bolalarni masjidga kiritmaydi. Diniy adabiyot chop etish juda cheklangan. Bir shahar yoki qishloqda ochish mumkin bo’lgan masjidlar soniga cheklov qo’yilgan",- deydi tahlilchi.

"Ishxonalarda va jamoat joylarida ibodat qilish taqiqlangan, o’quvchlarning maktabda hijob o’rashiga ruxsat berilmaydi. Ro’yxatdan o’tmagan yoki ruxsat berilmagan guruh va diniy faoliyatlar bilan shug’ullanganlarga uzoq muddatli qamoq jazolari belgilangan”. 

O'ZBEKISTON

Kosman regionning aholi bo’yicha eng katta mamlakati O’zbekiston haqida gapirar ekan, dinni nazorat qilishda qo’shni o’lkalar bu respublikadan ko’p narsa o’rganganini aytadi.

“O'zbekistonda diniy tashkilotlarning ro’yxatdan o’tishi juda qiyin. Ruxsatsiz diniy faoliyat olib borish jinoyat. Norasmiy diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish butunlay taqiqlangan",- deydi Kosman xonim. 

Bolalar masjidga kiritilmaydigan hollar ko'p, deydi u. Diniy tashkilot vakillaridan boshqa odamlarning jamoat joyida ibodat libosida yurishi taqiqlangan. Lekin ibodat libosi nima ekaniga tushuntirish berilmagan. 

Shuningdek, davlat ro’yxatidan o’tgan diniy muassasalardan boshqa joyda diniy ta’lim olish mumkin emas. 

Ekspert keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, 1998-yilda qabul qilingan qonun kuchga kirishi bilan O’zbekistondagi 5000 masjiddan 3000 tasi yopilgan. 

Rossiyaning “Memorial” inson huquqlari markazining ma’lum qilishicha, O’zbekiston siyosiy mahbuslar soni jihatidan sobiq ittifoqda birinchi o’rinda.  
 
“So’nggi o’n yilda besh mingdan ortiq odam, asosan, diniy e’tiqodi sababli 20-yilgacha bo’lgan qamoq jazolariga hukm etilgan. Ayrim huquq faollariga ko’ra, qamoqdagilar soni aslida 10 mingdan ham ko’p bo’lishi mumkin. Ularning aksariyati diniy e’tiqodi uchun jazolangan musulmonlar”, - deydi Kosman xonim.
 
O’zbekiston hukumatining bildirishicha, e’tiqod va ibodat erkinligi ta’minlangan.

Faqat davlat xavfsizligiga rahna solgan, ekstremizm va terrorizm yo’lini tanlagan shaxslargina sud qilinmoqda, deydi rasmiylar.

Amerikalik tahlilchi deydiki, hukumat xavfsizlik vaji bilan oddiy dindorlarga ham tazyiq o’tkazmoqda.
 
“O’zbekiston xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar borligini inkor etmayman. Lekin davlatning bunday kuchlarga qarshi kurashi juda keng qamrovda bo’lib, dinga amal qiluvchi har qanday odam hukumat changaliga tushib qurbonga aylanishi mumkin”, - deydi tahlilchi.
 
Turkiyalik islom olimi Said Nursi shogirdlari sifatida tanilgan Nurchilik harakati 2000-yil O’zbekistonda taqiqlangan diniy guruhlar qatoriga qo’shildi. Shu kungacha ushbu guruhga aloqadorlikda ayblangan yuzdan ortiq musulmon qamoqqa tashlangani aytiladi. 
 
Keti Kosman tahlilicha, diniy ayblov bilan qamalgan bunday mahbuslar muddati, qamoqxona ichki nizomlarini buzgani uchun, yanada uzaytirilishi hollari uchrab turadi.

QOZOG'ISTON VA QIRG'IZISTON
 
Ekspert fikricha Qozog’iston va Qirg’izistonda ham vaziyat qo’shni o’lkalardan ko’p farq qilmaydi. Bu davlatlarda dinga oid qabul qilingan qonunlar ham yuqorida sanab o’tilgan cheklovlarni o’z ichiga oladi.

"Diniy tashkilotlarning ro’yxatdan o’tishi uchun talab qilinadigan minimum a’zolar soni eng ko’p bo’lgan davlat bu Qirg’iziston. Bu yerda ro’yxatdan o’tish uchun kamida besh yuz kishi yig’ilishi lozim. Ayrimlar buning mamlakatdagi missionerlar yoki diniy ozchilik guruhlar faoliyatini cheklash uchun qabul qilinganini aytadi”, – deydi tadqiqotchi.
 
Keti Kosman (Cathy Cosman), diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi yetakchi ekspertiKeti Kosman (Cathy Cosman), diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi yetakchi eksperti
x
Keti Kosman (Cathy Cosman), diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi yetakchi eksperti
Keti Kosman (Cathy Cosman), diniy erkinlik bo'yicha AQSh komissiyasi yetakchi eksperti
Qirg’izistonda diniy guruhlarning biroz mustaqilligi kuzatiladi. Masalan, 2009-yilda hijob kiyishni taqiqlovchi qonun qabul qilingan edi. Musulmonlar va boshqa tashkilotlar e’tiroz bildirgani bois qonun talablari majburiydan tavsiya maqomiga o’zgartirildi.

"Lekin bu yerda ham ekstremizmga qarshi kurash soyasida dindorlarning nohaq qamalishi va ularga nisbatan tazyiq o’tkazilishi holatlari uchrab turadi”, - deydi Keti Kosman.

Qozog'istonda o'tgan bir yil ichida diniy faoliyatni cheklash yuzasidan qator yangi qonunlar qabul qilindi.

Prezident Nursulton Nazarboyev dunyoviy tuzumni kuchaytirish, shuning bilan birga, musulmon madaniyatini ham saqlab qolish kerak deb keladi.

Qozog'iston Islomiy Konferensiya Tashkilotiga raislik qildi, diniy bag'rikenglikni targ'ib qiluvchi qator xalqaro tadbirlar o'tkazdi. 

Ammo, deydi Kosman xonim, rasmiy propaganda boshqa, asl vaziyat boshqa. 

Erkin e'tiqod qilish - umumbashariy huquq. Xalqaro qonunlarda bitilgan va Markaziy Osiyo davlatlari ularni tan olgan. Respublika konstitutsiyasida bu huquq uzviy erkinlik sifatida kafolatlangan.

Shu bois, deydi u, "diniy erkinlik G'arbda boshqa, bizda boshqa" degan iddao o'rinsiz.

Markaziy Osiyoda diniy erkinlik qay ahvolda? Behzod Muhammadiy
Markaziy Osiyoda diniy erkinlik qay ahvolda? Behzod Muhammadiyi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Cathy Cosman, USCIRF - Religious freedom in Central Asia, GWU, 12-6-2012
Cathy Cosman, USCIRF - Religious freedom in Central Asia, GWU, 12-6-2012i
|| 0:00:00
...
 
🔇
X
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
"Islomiy davlat" va Amerika/ US-Terrorismi
X
01.09.2014 23:52
AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeyglning aytishicha, avvaliga o'zini “Iroq va Shom islomiy davlati” deb atagan va endilikda qisqacha “Islomiy davlat” deya yuritilayotgan guruh boshqa terror tashkilotlariga qaraganda yaxshiroq qurollangan va harbiy jihatdan puxta.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
  • Bishkek, Kyrgyzstan
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi Bishkek, suratlarda

Sovet davrida Frunze, ungacha esa Pishpek, bugungi kunda esa Bishkek, Qirg'iziston poytaxti, o'tgan o'n yillikda ikki inqilob va qator namoyishlarga guvoh bo'ldi. Markaziy Osiyoning boshqa biror markazi yaqin o'tmishda bu qadar siyosiy voqealarni boshdan kechirmagan. Biroq Bishkek bir qarashda Sovet davridan beri ko'p o'zgarmagandek. Imoratlar, ko'chalar eskirgan. Kommunizm nishonalarini ko'rasiz atrofda. Qizig'i, globalizatsiya bobida ham orqada qolmagan. 900 mingga yaqin aholisi bilan Bishkek Qirg'izistonning metropolisi.
Fotogalereya

Fotogalereya Kaliforniya shimolida zilzila, 6 balda

24-avgust kuni Kaliforniya shtati shimolida yer qimirladi. Uning kuchi 6 balni tashkil etgan. Hududda azaldan zilzila ehtimoli yuqori. Binolar vayron bo'lgan, yong'inlar va elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Hech kim o'lmagan. Lekin tunda yuz bergan tabiiy ofat aholi orasida katta vahima uyg'otgan. Zilzila ayniqsa Napa shahrida qattiq sezilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva xonadonida - Tojikistonning Mujun qishlog'idan fotolavha

Tojikiston aholisining 24 foizi, ikki millondan ortig’ini o’zbeklar tashkil etadi. Ular orasida yuzdan ortiq shoir va ijodkorlar bor. Respublika shimolining O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradosh G’onchi nohiyasining so’lim Mujun qishlog’ida o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri, shoira Zulfiya Boboyeva yashaydi. So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi va G’onchi nohiyasi raisi Zafar Ismoilzodaning joriy yil 30-iyulidagi qarori bilan Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot laureati Zulfiya Boboyevaning 60 yoshlik yubiley tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbir uning xonadonida kechdi. Shoira yura olmaydi. Boshlang’ich maktabda o'qib yurganidan beri aravachaga mixlanib qolgan. Ijod uning hayoti mazmuniga aylangan. Yosh qizaloq she'rga havas qo’yib, mustaqil o’qib o’rganadi, ma’lumotli bo’ladi. O’zining she’riy satrlarida bitganidek: Bo’ldilar she’rim bayotim-sabrim saodati, Yo’g’rildi shu sabab ishqqa ko’nglimning toati!
Fotogalereya

Fotogalereya Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi

Muxolifatdagi islomiy guruhning qurollangan vakillari Liviya poytaxti Tripolidagi xalqaro aeroportni egallab oldi. Ular amaldagi parlament faoliyatini noqonuniy deb hisoblab, avvalgi Milliy Kongressning qayta tiklanishini talab qilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Donetskda o'ziga xos parad

Ukraina mustaqillik bayramini nishonlar ekan, sharqda bo'lginchilar asirdagi askarlarni ko'chalardan namoyishkorona olib o'tishdi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI