Shanba, 29-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 07:14

AQSh-Markaziy Osiyo

Markaziy Osiyo: AQSh siyosati yaqin yillarda qanchalik o'zgarishi mumkin?

Professor Roger Kangas Vashingtondagi Jorjtaun Universitetida ma'ruza qilmoqda, 27-noyabr, 2012
Professor Roger Kangas Vashingtondagi Jorjtaun Universitetida ma'ruza qilmoqda, 27-noyabr, 2012

Multimedia

Audio
Markaziy Osiyo safaridan qaytgan general Vilyam Freyzer fikricha, hozirda Afg’onistonga noharbiy, lekin o’ta zarur vositalar tashilayotgan Shimoliy Ta’minot Tizimi kelajakda ulkan va zamonaviy savdo yo’llariga aylanib, undan g’arbu-sharq birdek foyda ko’rishi mumkin. Vashingtonda bugun tez-tez quloqqa chalinadigan ta’bir bu. 

Lekin ko’plab mutaxassislar, mintaqani uzoq yillardan beri o’rganib, aloqalarni tahlil qilib kelayotgan ekspertlar kelajak haqida ishonch bildirishga shoshmaydi, ayniqsa mintaqaviy hamkorlik va savdo-sarmoyaga kelganda. Qolaversa, Vashingtonning Markaziy Osiyoga nisbatan umumiy siyosatiga...

Davlat departamenti, Pentagon va Oq Uyda kim Markaziy Osiyodan og’iz ochmasin, Yangi Ipak Yo’li degan iborani eshitasiz. Obama ma’muriyati mintaqaga nisbatan yangicha yondashib, shunday tashabbus bilan chiqqan, deydi rasmiylar.

Aslida esa Buyuk Ipak Yo’lini yangilash, qayta tiklash haqida azaldan og’iz ko’pirtirib kelishadi, ham g’arbda, ham sharqda. Qanday konkret qadamlar tashlandi deb so’rasangiz, qator loyihalar, transport va savdoni rivojlantirishni ko’zlovchi xalqaro proyektlar ishga solindi deb javob berishadi.

Lekin Rojer Kangas (Roger Kangas) singari olimlar fikricha buning o’zi yetmaydi. Tashabbus bo’lgani yaxshi, deydi u, lekin bu tashabbus amalga oshirilsa, undan-da yaxshi. Oshirilmasa, uni siyosat yoki strategiya deb atash xato.
 
Professor Kangas AQSh harbiy oliygohlarida faoliyat yuritib kelayotgan tahlilchi. Hukumat va nohukumat tashkilotlarga region yuzasidan maslahat berib keladi. O’zbekiston va boshqa respublikalarga muntazam ravishda safar qilib, tadqiqot ishlari olib  boradi va hukumatlar bilan aloqalari yaxshi. Professor harbiy tizimlarni isloh qilish va ta’lim borasida ko’mak ko’rsatib kelayotganini aytadi.
 
Yaqinda Vashingtondagi Jorjtaun Universitetida qilgan ma’ruzasida Roger Kangas Amerikaning mintaqadagi asosiy maqsadlarini beshga bo’ldi: xavfsizlikni ta’ minlash, iqtisodiy hamkorlik, energetika sohasini rivojlantirish, inson huquqlari targ’iboti va demokratik islohotlarni olg’a surish.
 
Amerika mintaqadagi mustaqil davlatlarni tan olib, aloqa o’rnatganidan beri bu maqsadlar o’zgarmagan va o’zgarmaydi ham, deydi Rojer Kangas. Ammo ularga nisbatan e’tibor darajasi turlicha. Masalan hozir asosiy diqqat Afg’onistonda, ya’ni xavfsizlik sohasida.
 
1991-1995- yillarda, deya tushuntiradi olim, Amerika mintaqa bilan aloqada Rossiyani ustun qo’ygan. Har bir qaror Rossiya xohish-istagidan kelib chiqqan holda qilingan. Maqsad Moskvani norozi qilib qo’ymaslik bo’lgan.

1995-2001-yillarda esa energetika sohasiga e’tibor oshdi. Yangi quvurlar ustida gap ketdi. Tabiiy jihatdan boy mintaqaga, ayniqsa Qozog’istonga Amerika kompaniyalari kirib keldi.

2001-yilning 11-sentabridan keyin esa Markaziy Osiyo Amerika nazarida strategik jihatdan muhim mintaqaga aylandi. Hamkorlik Afg’onistondagi harbiy harakatlarga asoslandi.

2009-yilda Barak Obama prezidentlikka kelgach ko’p narsa o’zgarmadi, e’tibor hamon urushda va uni yakunlashda Markaziy Osiyo mamlakatlari qanday rol o’ynashida, ular berayotgan ko’makda.
 
Aytish joiz, 2005-yildan keyin Amerikaning O’zbekiston bilan aloqalari sovuqlashib, Obama davrigacha salbiy edi. Islom Karimov ma’muriyati repressiv tuzum deya atalib, Kongress tomonidan qator cheklovlar qo’yilgan, hamkorlik bag’oyat susaygan davr edi.
 
Bugun unday emas. Amerika O’zbekistonni ishonchli hamkor deb ataydi. Ayrim cheklovlar olib tashlandi. Lekin inson huquqlari va demokratiya hamon nozik masalalar.

Xalqaro tashkilotlar Vashingtonni bu borada tanqidni pasaytirganlikda, vaziyatga ko’z yumayotganlikda ayblasa, Obama ma’muriyati barcha masalalar ochiq muhokamada ekanini aytadi.

Rojer Kangas fikricha G’arb Markaziy Osiyo u tomon yo’naladi deb kutgan edi. Bunday bo’lmadi. Lekin mintaqa sharq tomon ham yo’nalmadi. Rahbarlar har ikki tomondan o’ziga zarur saboq va yordamni olib, hokimiyatni boy bermaslikka harakat qilmoqda. Professor mintaqada yaqin yillarda olamshumul o’zgarishlar kutmaydi.

Rossiya, Xitoy, Eron va Hindiston singari yaqin va yirik davlatlar rolini ham unutmaslik kerak. Markaziy Osiyoning besh respublikasi bugun o'ziga xos xalqaro rishtalar va milliy manfaatlarga ega.
 
Amerika 2014-yil oxirigacha Afg’onistondan chiqib ketishga bel bog’lagan. Mintaqadagi hamma davlatlar chegara xavfsizligi va jangarilarga qarshi kurashni hamon birinchi o’ringa qo’yadi, deydi Rojer Kangas. AQShdan shu sohada yordam olish ilinjida. Shuningdek, energetik va iqtisodiy hamkorlik, ayniqsa sarmoya ko’lami oshadi degan bor.  
 
Moliyaviy yetishmovchilik davri ekan, Vashington ko’p va’da bera olmaydi. Lekin, deydi Rojer Kangas, ta’lim va taraqqiyot dasturlari (turli sohalarda treyninglar, inson huquqlari va demokratiyani targ’ib qiluvchi tashabbuslar) uchun mablag’ ajratishda davom etmoq zarur. Bular xalqlarni bir-biriga yaqinlashtiruvchi loyihalar, deydi u.     
 
Ikki tomonlama muloqotga zo’r berilmoqda, bu albatta yaxshi, deydi professor Kangas, ammo dialog siyosat emas.

O’zgarmas maqsadlarni yodda tutgan holda, konkret rejalar tuzilishi kerak. Ularni amalga oshirish uchun kimdan nima zarurligi ochiq tan olinib, real qadamlar tashlanishi kerak.

AQSh - Markaziy Osiyo, professor Rojer Kangas/Navbahor Imamova
AQSh - Markaziy Osiyo, professor Rojer Kangas/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...    
🔇
X

US Policy in Central Asia, Roger Kangas speaks in Georgetown, Washington, 11-27-12
US Policy in Central Asia, Roger Kangas speaks in Georgetown, Washington, 11-27-12i
|| 0:00:00
...    
🔇
X
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: shuhrat E-mail adresingiz: Bukhara, Uzbekistan
04.12.2012 19:21
Albatta yangi integraciya yullari regionda bu oldinga gadam. Ammo hanuzgacha korrupciyaga botip ketgan diktatorlik rejimlar ulanaytgan investiciyalarni yukotib yahi rejani kuruk gap kilmasa bulgani...

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amishlar kimlar? Amish community in Americai
X
28.11.2014 23:02
Qo’shma Shtatlarda amishlar degan bir g’aroyib jamoa yashaydi. Ular o’zlarini eng oddiy va kamtarin nasroniylar deb biladi. Jamoa tarixi 17-asrga, Shveytsariyaga borib taqaladi. Jekob Amman ismli ruhoniy yangi oqimga asos soladi va unga ergashganlar amishlar deya nom oladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Livan
  • Turkiya
  • Venetsiya
  • Misr
  • Argentina
  • Angliya
  • Yaponiya
  • Xitoy
  • London
  • Oq uy, Vashington
Fotogalereya

Fotogalereya Shukronalik kuni, Amerika - Thanksgiving Day in America

Noyabrning oxirgi payshanbasi Shukronalik kuni. Yangi vatandagi noz-ne'matlardan shukur qilgan, hosilidan rozi bo'lgan odamlar shunday bayramga asos solgan. Keyinchalik tub aholiga qarshi qonli urushlar olib borgan yevropalik kelgindilar boshida ular bilan bir dasturxondan non yegan. Hindu qabilalar o'z ovqatlarini tanishtirgan bo'lsa, kelgindilar ham o'z taomlarini tortgan. Kurka Shukronalik kuni asosiy taom hisoblanadi. Chunki bu parranda Amerikada serob bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerikada Shukronalik kuni

Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom demakdir.
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi dunyo, suratlarda

Jahonning turli burchaklaridan olingan antiqa fotolar - 26-noyabr, 2014

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI