Breaking News

Ishchi muhojirlar uchun islom axloqiy nizomga aylangan


Rossiyada markaziy osiyoliklarni birlashtirgan, kuch bergan va jamiyatga kirishini osonlashtirgan jihat ularning mintaqasi yoki elati emas, balki musulmon ekanidir, deydi Marlen Laruel.
Rossiyada markaziy osiyoliklarni birlashtirgan, kuch bergan va jamiyatga kirishini osonlashtirgan jihat ularning mintaqasi yoki elati emas, balki musulmon ekanidir, deydi Marlen Laruel.
Ischi muhojirlar uchun islom axloqiy nizomga aylangan
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:37 0:00
Yuklab oling
Marlene Laruelle on the role of Islam among the Central Asian migrants in Moscow - GWU, Central Asia program event
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:15:54 0:00
Yuklab oling

Rasmiy hisoblarga ko’ra, Rossiyada markaziy osiyolik qariyb besh million muhojir tirikchilik qilayapti. Aksariyati erkaklar, yoshlar, ammo oilaviy ko’chib ketish hollari tobora ko’p uchrayapti. Ishchi muhojir vatandan ketib, tanish muhitdan uziladi va juda og’ir sharoitda mehnat qilayotib, islom bilan ovunadi. Bundan tashqari, Rossiyada e’tiqod qilish uchun nisbatan erkin sharoit bor.

Millionlab ishchi muhojirlar Rossiyada nihoyatda qiyin muhitda yashab ishlaydi. Ko’plar kuni bo’yi bozorda, qurilishda ter to’kib, topganini uyga jo’natadi. Oylab-yillab ish, bozor, qurilishdan boshqani ko’rmaydi va kechalari bir necha kishi bo’lib yerto’la yoki garajlarda tunashga majbur bo’ladi.

Bunaqa sharoit odamning izzat-nafsiga tegadi, qadr-qimmatini oyog’osti qiladi, deydi olima Marlen Laruel. Jorj Vashington universitetida kechgan muhokamada u germaniyalik tadqiqotchi Sofi Roshning Moskvaga safari va izlanishidan iqtiboslar keltirdi. Tadqiqotda uch muhim fikr olg’a surilgan.

“Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan qiyoslaganda Rossiyada islomga e’tiqod qilish oson. Chunki mamlakatda masjidlar ko’proq va musulmonlar ustidan nazorat yoki bosim u qadar kuchli emas”, - deydi Laruel.

Bundan tashqari, vatandan ketgan odam tanish sharoitdan, jamiyatdan uziladi. Moskvani va umuman Rossiyani ular yaxshi bilmaydi. Bozorda yoki qurilishda band muhojirning birgina ovunchog’i va boradigan joyi masjid bo’lib qoladi.

“Bozorlarda butun boshli jamoa bo’lib yashab ishlayotgan muhojirlar uchun islom axloqiy me’yor rolini o’taydi”, - deydi Laruel.

Yaxshi-yomonni ajratishda, kundalik hayotda islomga tez-tez murojaat qilinadi. Dindan xabari bor muhojirlar esa boshqalarga yo’l-yo’riq ko’rsata boshlaydi. To’p-to’p bo’lib yashayotgan, vatandan uzoqda xo’rlikda tirikchilik qilayotgan muhojir uchun islom axloqiy kompas rolini o’taydi.

Bozorlar yaqinida odatda masjidlar bo’ladi va immigrantlar u yerga qatnar ekan, masalan, juma namozidan keyin qizg’in munozaralar kechadi. Ular asosan migratsiya, Rossiyada qabul qilinayotgan yangi qonunlar, huquq-tartibot xodimlari bilan qanday muomala qilish kabi masalalarni muhokama qiladi. Tojik muhojirlari masalan, islomiy partiya vakili Muhiddin Kabiriyni taklif qilib masjidda bahslar o’tkazgan.

Masjiddagi muhokamalar videoga yozib olinib, internetda tarqatiladi va masalan juma namoziga bora olmagan migrant da’vat va bahsni ishdan keyin ko’rishi, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishi mumkin. Rossiyada islom ta’sirida qiziyotgan munozara internet orqali Markaziy Osiyoga kirib borayapti.

Ya’ni islom markaziy osiyolik ishchi muhojirlarda bahs-munozara qilish qobiliyatini shakllantirayapti, mintaqada nafaqat diniy, balki siyosiy mulohaza erkinligi uchun asos yaratayapti. Vataniga muhojir mana shu tajriba bilan qaytadi. Islom va siyosatni ajratib o’rgangan Markaziy Osiyo siyosiy rejimlari mana shunga tayyor turishi kerak.

Uchinchi xulosa shuki, deydi Marlen Laruel, aynan migratsiya paytida o’zlik haqidagi savollar odamni qattiqroq o’ylantira boshlaydi. Rossiyada markaziy osiyoliklarni birlashtirgan, kuch bergan va jamiyatga kirishini osonlashtirgan jihat ularning mintaqasi yoki elati emas, balki musulmon ekanidir. Ya’ni islom Rossiyadagi markaziy osiyolik muhojir uchun o’zlikning kuchli bir qismiga aylanmoqda.

Rossiyada markaziy osiyoliklarni birlashtirgan, kuch bergan va jamiyatga kirishini osonlashtirgan jihat ularning mintaqasi yoki elati emas, balki musulmon ekanidir, deydi Marlen Laruel.
Rossiyada markaziy osiyoliklarni birlashtirgan, kuch bergan va jamiyatga kirishini osonlashtirgan jihat ularning mintaqasi yoki elati emas, balki musulmon ekanidir, deydi Marlen Laruel.

XS
SM
MD
LG