Seshanba, 26-may, 2015 Toshkent vaqti: 14:33

Ijtimoiy masalalar

Rossiyalik senatorlar amerikaliklarga bola boqib olishni man qildi

Amerika Ovozi
Rossiya parlamentining yuqori palatasi amerikaliklarning Rossiyadan farzand olishini ta’qiqlovchi qonun loyihasini bir ozovdan ma’qulladi. Federatsiya Kengashining barcha 143 a’zosi hujjatga ovoz bergan. Agar prezident Vladimir Putin uni imzolasa, qonun kuchga kiradi.

Duma tomonidan ishlangan loyiha AQSh bilan bu boradagi ikki tomonlana bitimni bekor qiladi. Hujjatga ko’ra, Amerikaning bolalarni otaliqqa olish agentlikari Rossiyada ortiq faoliyat yuritishi mumkin emas.

Rossiya parlamenti yaqinda Qo’shma Shtatlarda qabul qilingan Magnitskiy nomidagi qonunga ana shu tariqa o’z javobini berdi. AQSh qonunida inson huquqlarini buzganlikda gumon qilingan rossiyalik rasmiylarga viza va moliyaviy cheklovlar belgilangan.

Prezident Vladimir Putinning aytishicha, amerikaliklar Rossiyadan olingan bolalarga yaxshi qaramayapti, ayrimlari, hatto, yangi ota-onalarining loqaydligi sabab nobud bo’lgan.

1991-yildan beri amerikaliklar Rossiyadan 60 mingdan ziyod bola boqib olgan. Shulardan 20 nafari o’lgan.

Rossiyaning o’zida parlament qaroriga norozilik kuchaymoqda. Qonunchilardan qonun loyihasini bekor qilishni so’rab, 100 ming odam internetdagi petitsiyani imzolagan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham choraga qarshi.

BMTning bolalar jamg’armasi hisobiga ko’ra, Rossiyada 700 mingdan ziyod yetim bor. Agar Putin loyihani imzolasa, amerikaliklar tomonidan otaliqqa olinishni kutib turgan 46 bola Rossiyada qolishga majbur bo’ladi.

Putin hujjatni ikki hafta ichida ko’rib chiqishini ma’lum qildi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Andijon fojiasi, inson huquqlari, O'zbekiston - AQSh Kongressida brifingi
X
25.05.2015 23:46
Andijon fojeasiga 10 yil bo’ldi. AQSh Kongressidagi Tom Lantos Inson huquqlari komissiyasi O’zbekistondagi vaziyatga e’tibor qaratib, ko’pchilik og’zidagi savollarni bermoqda. Aslida o’sha kuni nima bo’lgan edi? Voqealarda kimlar aybdor? Hukumat bu fojia ketidan qanday ish tutdi?

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Londonda gullar yarmarkasi.
  • "Yevrovision" musiqa tanlovida g'alaba qozongan shvetsiyalik xonanda Mans Zelmerlou.
  • "Yevrovision" musiqa tanlovida g'alaba qozongan shvetsiyalik xonanda Mans Zelmerlou.
  • Yaponiyada sumo bo'yicha musobaqa.
  • Nepal
  • London
  • Monako
  • Isroil
  • Chexiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI