Dushanba, 03-avgust, 2015 Toshkent vaqti: 01:21

Markaziy Osiyo

Rossiya tojik-afg'on chegarasida o'z nazoratini mustahkamlamoqchi

Ulyanovsk, 1-avgust, 2012
Ulyanovsk, 1-avgust, 2012
Amerika Ovozi
Vladimir Putin Amerikaning Afg’onistonda olib borayotgan urushini yillar davomida tanqid qilib keldi. Endi esa AQSh u yerni tark etmasin, deydi. Shuningdek, Kreml bu borada o’z rejasiga ega.

O’tgan hafta Rossiya prezidenti Ulyanovskka bordi. Yaqindan beri bu yerdagi aerodrom orqali Afg’onistonga yuk tashilmoqda. 1980-yillarda bu inshoot Sovet Ittifoqining afg’on zaminidagi urushida muhim rol o’ynagan.
 
Ulyanovsk Vladimir Lenin tug’ilgan maskan ekan, kommunistlar NATO bilan hamkorlikdan norozi. Kreml aqldan ozgan, deydi ular.
 
Putin afg’on urushi faxriylari bilan uchrashib, ularning fikrini tingladi.
 
Prezident fikricha, Rossiya Afg’onistondagi urushga aralashmasligi kerak va aralashmaydi ham. Biror harbiy u yerga bormaydi. Urushni G’arb, ya’ni NATO boshlagan, demak uni tugatish ham NATO bo’ynida, deydi Putin. 
 
Aleksey Malashenko, Moskvadagi Karnegi ilmiy tahlil markazi xodimi, nazarida bu gaplar aslida aynan Rossiya xalqiga qaratilgan.  
 
“Putin Rossiya armiyasi va jamiyatining ruhini ko’tarmoqchi, “biz G’arbdan aqlliroqmiz” deya ishontirmoqchi. “Ular urushni eplolmadi, biz yordam berayapmiz, lekin ularning ustidan kulishga haqqimiz bor” degandek. “Biz qilgan xatoni ular ham takrorladi” degandek. 
 
Lekin Rossiya rahbari shuni ham yaxshi biladiki, xalqaro koalitsiya Afg’onistonni tark eta boshlagan. Jumladan Belgiya. Amerika joriy yil oxirigacha qo’shinning uchdan bir qismini chiqarib bo’ladi.  
 
Bunga javoban Rossiya Qirg’iziston va Tojikistondagi harbiy bazalar kelajagini ta'minlash uchun muzokaralar boshlagan. Maqsad, Rossiya ta’sir kuchini saqlab qolish, uni yanada mustahkamlash.  
 
Islomiy fundamentalizm shimol tomon tarqalishiga yo’l qo’ya olmaymiz, deydi rus rasmiylari. Qirg’izistonda, hukumatning bildirishicha, kamida 1500  mahalliy jangari bor. Yaqinda Tojikiston hukumati qurolli to’dalar bilan jang qilganida 50 kishi o’ldi. Rahbariyat qo’shni Afg’onistondan 400 dan ortiq ekstremist o’tgan deydi. 

Rossiya tojik-afg'on chegarasida nazoratni oshirmoqchi/Navbahor Imamova
Rossiya tojik-afg'on chegarasida nazoratni oshirmoqchi/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...    
🔇
X


Rossiya ayni damda bu respublikada 6000 askarga ega. Chet eldagi eng yirik qo’shin.
 
Andrey Kazantsev, Moskvadan yana bir tahlilchi, deydiki, Kreml afg’on-tojik chegarasini butunlay o’z nazoratiga olmoqchi.
 
“Rossiya Afg’onistondagi tojiklarni quvvatlashga bel bog’lagan va shu yo’l bilan bu notinch mamlakatda o’z ta’sir kuchini oshirmoqchi”.
 
Afg’onistonda tojiklar Tojikistonga qaraganda ikki baravar ko’p, taxminan 11 million, aholining 30 foizga yaqini.
 
Tolibonga qarshi kurashgan va asosan tojiklar boshqargan Shimoliy Alyans Rossiyaga tayangan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Maxsus Olimpiada: Aqlan zaif odamlar uchun noyob imkoniyati
X
31.07.2015 15:16
Los-Anjelesda o’tayotgan Maxsus olimpiya o’yinlarida minglab sportchilar qatnashmoqda. Musobaqani kuzatayotgan xalqaro tashkilot yetakchilari, ayni paytda, aqlan zaif va imkoniyati cheklangan odamlarning jamiyatdan ajrab qolmasligi uchun chora-tadbirlarni kuchaytirishga chaqirmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Uels, Britaniya
  • Hot air balloons fly over the Chambley Airbase, northeastern France, during the international hot air balloons event, "Lorraine Mondial Air Ballons, in Hageville.
  • A girl plays inside dinosaur jaws during the opening of the Dinosaur Park in Minsk, Belarus.
  • 2022-yilgi Qishki Olimpiada Pekinda o'tadi
  • Nyu-York
  • Anjelina Joli Birmada
  • Yahudiy ekstremistlar arablarning uyini vayron qildi
  • Hind okeanidagi La Reunion orolida vulqon portladi
  • Nepalda suv toshqinlari
  • Kaliforniya shtatida o'rmonlar olov ichida
  • Madagaskarda saylovlar
  • Hindiston moda sahnalarida
  • Milan, Italiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI