Chorshanba, 22-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 11:23

Xalqaro

Rossiyada anti-amerikanizm kuchaymoqda

Moskva ko'chalaridagi namoyishlar
Moskva ko'chalaridagi namoyishlar
Amerika Ovozi
"Amerika Ovozi" ning Moskvadagi muxbiri Jeyms Brukning xabar berishicha, amerikaliklarga Rossiyadan bola boqib olishni man etuvchi qonun shu qadar keng muhokamadaki, jamiyat  bugun ikkiga, AQsh tarafdorlari va unga qarshilarga bo’linib qolgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 19-yanvar, 2013
"Amerika Ovozi" xabarlari, 19-yanvar, 2013i
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Bu holat o’zi avvaldan kuchli, deydi “Amerika Ovozi” bilan gaplashgan rossiyaliklar, lekin bugun ayniqsa ko’proq ko’zga tashlanadi.
 
“Dumamiz shunday ahmoqona qonun qabul qilgani hamma uchun uyat… Dumada o’tirganlar vijdonsiz odamlar”,- deydi Anastasiya degan qiz.
 
Tadbirkor ayol Anna Gluxova fikricha esa hukumat jamoatchilik e’tiborini boshqa jiddiy masalalardan chetga surish uchun shunday qonunlar bilan chiqmoqda. Aslida, deydi u, Rossiya Sergey Magnitskiydek fidoyi yuristlar nega qamoqda o’lganini ochiq muhokama qilishi va mamlakatda korrupsiya, yulg’ichlik va inson huquqlari ahvoli haqida gapirishimiz kerak, deydi u.
 
“Hamma aybni G’arbga ag’darish bilan nimaga erishamiz, axir o’ziming hayotimiz og’irlashib borayapti”, - deya noliydi tadbirkor.
 
Norozilik namoyishiga chiqqan Ekaterina degan juvon esa Kreml chet el tashkilotlari va unga ishlaydigan odamlarni jazolab, o’z fuqarolarini davlatdan yuz o’girishga majbur qilmoqda, deydi.
 
“Televizorni qo’ysangiz, hamma Amerikani yomonlash bilan ovora. Boshqa fikrdagi odamga darhol dushman degan tamg’a bosishadi. Odamlar axir ahmoq emas-ku”,- deydi Ekaterina.
 
Duma rais o’rinbosari Yevgeniy Fyodorov esa namoyishchilarning miyasi aynigan deydi.
 
AQSh Rossiyani tanqid qilib, qonunlar qabul qilayaptimiz, biz ham jim turmasligimiz kerak, deydi u. 
 
Amerika Napoleon va Gitler yo’l qo’ygan xatolarni qilayapti, ya’ni ruslarni ikkinchi darajali odamlar deb mensimayapti, deydi Fyodorov.
 
Vaziyatni kuzatib kelayotgan Anders Aslund, shvedsiyalik mutaxassis, nazarida Putin aholining G’arbga nisbatan qarshiligini kuchaytirish uchun kuchli kampaniya olib bormoqda. Anti-amerikanizm urug’i keng ko’lamda sochilmoqda, deydi u.
 
Andrey Kazakevich ismli namoyishchi fikricha hukumat xalqni AQShga qarshi qayrab, aslida odamlarning o’ziga zarar keltirmoqda. Rossiya G’arbga yaqinlashishdan, hamkorlikda foyda ko’radi, deydi bu fuqaro.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Karter qanday prezident bo'lgan? Carter Legacyi
X
21.10.2014 23:59
AQSh sobiq prezidentlari orasida eng uzoq umr ko’rgan arbob - Jimmi Karter. 1981-yilda Oq uydan ketganidan beri jamoat ishlarida faol. 2002-yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotini olgan. O'z tahlil markazini boshqaradi, dunyo kezadi, mojarolarni hal etishga harakat qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Turkiya... Suriyalik qochqinlar

  • Suriyaning Kobani uchun janglar davom etmoqda

  • Quvayt

  • Hindiston

  • Haydarobod, Hindiston

  • Nepal bozorlarida

  • Gonkongda namoyishlar tinmagan

  • Xitoy

  • Xitoy

  • Indoneziyada yangi prezident - Joko Vidodo

  • Filippin

  • Keniya

  • Shotlandiya

  • Angliya

  • Fransiya hayvonat bog'ida

  • Portugaliya

Fotogalereya

Fotogalereya Joko Vidodo, Indoneziya prezidenti qasamyod keltirdi

Indoneziyaning yangi rahbari, armiya yoki siyosiy elitaga aloqasi bo'lmagan, oddiy xalqdan chiqqan Joko Vidodo qasamyod keltirdi. 53 yoshli arbobni fuqaro Jokovi deb biladi, o'tmishda uy jihozlari sotib kun ko'rgan. Jakarta meri lavozimida islohotchi sifatida tanilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobanida janglar davom etmoqda - 20-oktabr, 2014-yil

Suriyaning Turkiya chegarasi yaqinidagi Kobani shahrida kurdlar va "Islomiy davlat" jangarilari o'rtasida kurash davom etmoqda. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'lining aytishicha, Iroq kurdlarining "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda Suriya kurdlariga ko'mak berish uchun Turkiya orqali chegarani kesib o'tishiga ruxsat berilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda minglab namoyishchilar politsiya bilan yuzma-yuz, tarqalmoqchi emas

Bu yoshlar Gonkongda demokratik saylovlar talab qilmoqda. Pekin siyosatini qoralab, rahbarni mahalliy xalqning o'zi tanlashi shart, deydi ular. Talabalar chodirlar qurib olgan, shu yerda tunashayapti. Maqsad tinchlik, deydi ular, "hukumat bizning dardimizni eshitsin". Pekin nazarida ularning talabi asossiz.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani uchun janglar davom etmoqda

Suriyaning Kobani shahrida "Islomiy davlat" va kurd jangchilari o'rtasida qonli janglar davom etmoqda. Tinch aholining katta qismi qo'shni Turkiyaga qochib o'tgan.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kobani shahri uchun janglar avjida, Suriya

Suriyaning Turkiya bilan chegaradosh Kobani shahri "Islomiy davlat" bilan olishmoqda. Amerika havo hujumlari orqali kurd jangchilariga ko'maklashmoqda. Turkiya bu urushga aralashmoqchi emas, lekin "Islomiy davlat" ga qarshi AQSh boshliq xalqaro koalitsiyaga kirgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Shimoliy Koreya rahbari ommaga ko'rindi

Ikki oydan beri jamoatchilikka ko'rinmagan Kim Chen Unning yangi suratlari paydo bo'ldi. Ularni Shimoliy Koreya Markaziy Axborot Agentligi tarqatmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI