Dushanba, 20-may, 2013 Toshkent vaqti: 14:05

Huquq va qonun

Cherkovda Putinga qarshi ashula aytgan qizlar ikki yilga qamaldi

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Moskvadagi cherkovga bostirib kirib, prezident Vladimir Putinga qarshi qo’shiqlar aytgan roker qizlar ikki yil qamoq jazosiga mahkum etildi.

Sud ularni diniy nafratga asoslangan xuliganlikda aybdor deb topgan. Pussy Riot ansambli a’zolarining aytishicha, o’sha kungi aksiyadan maqsad cherkov hukumatga tobe bo’lib qolganini ko’rsatish bo’lgan.

Hukm e’lon qilinar ekan, Rossiya politsiyasi sud binosi qarshisida yig’ilgan yuzlab namoyishchilarni, jumladan, shaxmat bo’yicha jahon sobiq chempioni, Putinning ashaddiy tanqidchisi Garri Kasparovni hisbsga olgan.

Ayrimlar nazarida ijodkorlar cherkovni behurmat qilgani uchun jazoga loyiq.

Huquq faollari deydiki, sud hukmi Kreml har qanday tanqidga chidamsiz bo’lib qolganidan dalolat beradi. Ansambl a’zolari mart oyida qamoqqa olingan edi.

AQSh va Yevropa davlatlari, shuningdek, dunyoga mashhur musiqachi va san’atkorlar ularni avf etishga chaqirgan. Amerika Davlat departamenti nazarida bu ish qayta ko’rib chiqilib, so’z erkinligi kafolatlanishi lozim.
x

Yevropa Ittifoqi bosh diplomati Ketrin Eshton ham sud qarorini qoraladi. So’nggi payt Rossiyada oppozitsiya a’zolarini siyosiy maqsadda ta’qib qilish hollari ko’p uchramoqda, deydi u.

Dunyoning turli burchaklarida rossiyalik qo’shiqchi qizlarni ozod etish talabi yangradi.

London, Parij, Kiyev va Vashington kabi shaharlarda namoyishlar o’tkazildi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Farruh E-mail adresingiz: UAE
18.08.2012 13:46
Putin kimidiki bizaga turbersin???
Xamma o'zini ishini qivotti,... Xammani omadini bersin,lekin Putin Vatani uchun ko'p ishla qivotti, borib vaqtinchali do'st bo'p ishi bitgandan kegin "Thank you very much Good Bye " deb ketmayotir.Putindika yurak xammadayam bor diyomiman. Putin ko'zga tashlanib mana man didi. Ko'p insonla zimdan ish qilishvotti,...
Vohti bilan ko'ramiz kimga qanaqa kuch beriladi.


Fikr bildiruvchi: Сарвар E-mail adresingiz: Tash
18.08.2012 05:42
Фаррух, нима киласан Путинга пахта куйиб? Hима отангми у сани, бу панклар бир тийин лекин Путин бизани учун хеч качон туриб бермиди.


Fikr bildiruvchi: Mehribon E-mail adresingiz: New York
18.08.2012 05:37
Putin qo'rqoqligi uchun qilayapti bu ishni. Biladiki, odamlar undan to'ygan. Ashulasini aytib yuravermaydimi bu qizlar, nima qiladi endi shularning ketiga tushib. Ular Xodorkovskiy emas-ku!


Fikr bildiruvchi: Farruh E-mail adresingiz: UAE
18.08.2012 05:27
Rassiya juda to'g'ri yo'l tutvotti, Bu agitatsiyalani orqasida odam turgani xammaga ayon! Kotta pul tashashvotti Putinni chalg'itishga.
Lekin Putin malades ishini baribir qivotti.

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI