Breaking News

Rossiyada yangi qonun kuchga kirdi, AQSh yangi elchi tayinladi


Rossiyada yangi qonun kuchga kirdi. Unga muvofiq kuniga uch ming o’quvchisi bo’lgan bloggerlar, ya’ni internetda maqolalar yozuvchi fuqarolar hukumat ro’yxatidan o’tishi shart.

Katta auditoriyaga ega bloggerlarga bundan buyon ommaviy axborot vositasi deb qaraladi. Demak, ular yolg’on ma’lumot tarqatishi yoki nafrat bilan yo’g’rilgan maqolalar yozishi mumkin emas, deyiladi yangi qonunda.

Bloggerlardan Rossiyaning axborot vositalarini kuzatuvchi “Roskomnadzor” agentligiga shaxsiy ma’lumotlarini uzatish talab qilinadi. Qonunga bo’ysunmaganlar 1400 dollargacha jarima to’laydi.

“Izvestiya” gazetasiga ko’ra, yetti kishiga ro’yxatdan o’tish to’g’risida maktub yo’llangan. Ular orasida Boris Akunin, Eduard Limonov, Mixail Galustyan va Sergey Dolya singari yozuvchi, aktyor va fotojurnalistlar bor.

Bu orada, Qo’shma Shtatlar Moskvaga yaqin orada yangi elchisini yuboradi. Fevral oyidan beri bo’shab yotgan bu lavozimga tajribali diplomat Jon Teft (John Tefft) ko’rsatilgan. Uning nomzodi Senat tasdig’idan o’tdi.

Jon Teft – Sharqiy Yevropa bo’yicha mutaxassis, o’tmishda Ukraina, Gruziya va Litvada elchi bo’lib xizmat qilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG