Payshanba, 24-iyul, 2014 Toshkent vaqti: 20:24

Markaziy Osiyo

Rossiyada musulmon muhojirlarga qarshi bosim kuchaymoqda

Rossiya poytaxti Moskvada musulmonlar juma namozini o'qimoqda, 28-sentabr, 2012-yil. (AP Photo/Mikhail Metzel)
Rossiya poytaxti Moskvada musulmonlar juma namozini o'qimoqda, 28-sentabr, 2012-yil. (AP Photo/Mikhail Metzel)

Multimedia

Audio
Markaziy Osiyo va Kavkazdan ish izlab borgan mehnat muhojirlari uchun Rossiyada sharoit yanada qiyinlashmoqda. Ayniqsa, Sankt-Peterburg shahrida maxsus xizmatlar  o'tkazgan reyd musulmonlarga bosim kuchayganidan nishona.

Ichki ishlar boshqarmasi va aksilterror bo'limi boshliq bu reydda 700 ga yaqin musulmon hibsga olingan. Orasida o'zbekistonliklar ham bor. Faollarning aytishicha, islomiy ekstremizm tahdidini bo'rttirib ko’rsatish orqali Kreml jamoatchilikni ichki muammolardan chalg’itmoqda.


Rossiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Sankt-Peterburgda ushlanganlarning ayrimlari qo'yib yuborilgan, bir nechtasi deportatsiya qilingan. Orasida o'zbekistonliklar ham bor.

Rossiya huquq-tartibot organlarining ekstremizmga qarshi o’tkazgan reydi juma kuni namoz paytiga to’g’ri kelgan.

Matbuotning yoritishicha, 270 musulmon qo'lga olingan va ekstremizmga aloqadorlik yuzasidan tekshirilib, bir kishiga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atilgan.

Huquq faollari esa salkam 700 odam hibsda, demoqda.

“Aksariyati Markaziy Osiyo fuqarolari. Bu musulmonlarga bo'lgan munosabat blan bog'liq. Ayniqsa, Putinning "ekstremizmga qarshi kurashinglar, mana, biz yordam beramiz" degan bayonotlaridan so'ng bu bosimlar yanada kuchaydi. Nafaqat o'zbek, tojikka, balki umuman, musulmonlarga nisbatan kayfiyat belgisi. Ikkinchi tomondan, Rossiyaning o'zida ham ichki muammolar yetarli. Hukumat bu muammolardan jamoatchilikni chalg'itish uchun musulmonlardan xavf yaratmoqchi”, - deydi Moskvadagi huquq himoyachisi Bahrom Hamroyev.

Ishki ishlar boshqarmasi reyd “Peterburg jamoati” nomli ekstremistik tashkilot faollarini aniqlash uchun o'tkazilganini ma'lum qilgan.

Bahrom Hamroyev huquq-tartibot organlarining mazkur amaliyotini Rossiyadagi namozxonlarga qarshi navbatdagi bosim deb baholaydi. 

“Qirg'iziston, O'zbekiston, Tojikiston fuqarolariga "sen namoz o'qiysanmi, o'qimaysanmi", degan savol qo'yishgan. Bu savolning o'ziyoq ko'p narsani anglatadi. Bu yerga musulmonlar  vahshiylik qilish uchun kelishmagan, ular mehnat qilgani kelgan. Bu oddiy xalqdan xavfsirab, talvasaga tushayotgan Rossiya hukumati musulmonlarga nisbatan boshi berk ko'chaga kirib qolgandek harakat qilmoqda”, - deydi Hamroyev.

Rossiyada mehnat muhojirlari bilan bog'liq muammolar dolzarbligicha qolmoqda.
Bir tomondan, millatchi guruhlar kuchayayotgan bo'lsa, boshqa tomondan Kremlning o'zi bu borada aniq bir siyosatga ega emas.

Bu aksariyati musulmonlardan iborat markaziy osiyolik mehnat muhojirlari misolida yaqqol ko'rinadi. Kreml Markaziy Osiyodagi  ta’sirini oshirayotgan bo'lsa, millatchi guruhlar bu davlatlar bilan vizali tizim o’rnatilishini talab qilmoqda.

“Novaya sila” nomli siyosiy guruh shu maqsadda Moskva aholisidan imzo yig'ish kampaniyasini boshlagan. Rus matbuotida yozilishicha, imzolar soni 100 ming kishiga yetgach, talabnoma prezident Putinga taqdim etiladi.

Markaziy Osiyoda harbiy qudratini kengaytirayotgan Kremlda esa bunday reja yo'q. Rossiya mintaqani ta’sir doirasidan chiqarmaslik uchun turli loyihalarni amalga oshirishni ko’zlamoqda. Yevrosiyo iqtisodiy hududini ishga tushirish masalasi ana shunday qadamlardan biri.

Millatchilarning muhojirlarga qarshi tashabbusi 100 ming imzo yiqqan arizalar bevosita Dumada ko'rib chiqlishi haqida Putin bergan bayonotdan so'ng  boshlangan.

“Bu fikr jiddiy bir muhokama qilinganini kuzatganim yo'q. Bunaqa partiyalar ko'p. Lekin ular muammoni yechadigan odamlar emas. Muammoni kuch bilan, har xil nayranglar bilan yechmoqchi bo'lishadi. Rossiyada O'rta Osiyo xalqini mustamlakaga qaytaramiz degan kayfiyatdagi odamlar ham bor. Lekin endi tarixni qaytarib bo'lmaydi. Bu xalqlar o'z ozodligini qo'lga kiritdi. Albatta, hozir Markaziy Osiyoda bunday ozodlikdan ko'ra avvalgi  tuzum ma'qul edi deydigan odamlar ham bor. Lekin bu qarashlar hech narsani o'zgartirmaydi”, - deydi huquq faoli Bahrom Hamroyev

Ekspertlarga ko'ra, o'tmishdagi imperiya qudratini unuta olmayotgan Moskva o’z hukmronligini kichikroq va yangicha ko'rinishda  tiklash niyatidan voz kechmagan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
G'azoda tinch aholi orasida qurbonlar oshmoqdai
X
24.07.2014 12:14
Uch haftadirki, Isroil G’azoga raketa yog’dirishda davom etmoqda. Falastinliklar orasida o’lganlar soni 600 dan oshgan. Aksariyati oddiy fuqarolar, ayollar va bolalar. Isroil tomondan esa qurbonlar 30 ga yaqinlashgan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida, 24-iyul, 2014-yil.
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida tashkil etilgan motam marosimida yig'lamoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Samolyotda halok bo'lgan yo'lovchilarning yaqinlari Tayvanning Pengu orolida motam marosimiga tayyorlanmoqda, 24-iyul, 2014-yil.
     
  • Qutqaruvchilar samolyot halokati o'rnini tekshirmoqda, Pengu oroli, Tayvan, 24-iyul, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Tayvanda samolyot qulashi oqibatida 48 kishi halok bo'ldi

"TransAsia" havo yo'llariga qarashli samolyot yomon ob-havo tufayli Tayvanda qulab tushgan. Samolyot bortidagi 48 kishi halok bo'lgan, 10 kishi yaralangan. Halokat yerida yana besh kishi jarohatlangani aytilmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya BMT Xavfsizlik kengashi G'azoda otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi

BMT Xavfsizlik kengashi Isroil va XAMASni o'zaro otishmani zudlik bilan to'xtatishga chaqiruvchi qaror qabul qildi. G'azoda ikki haftadan beri davom etayotgan havo hujumlarida 500 dan ziyod falastinlik halok bo'lgan, Isroil tomonidan esa bir necha askar o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 20-iyul, 2014-yil

Kunning muhim voqealari va dunyoning turli burchaklaridagi manzara suratlarda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonlik ustalar Santa Fe xalqaro festivalida

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida har yili o’tadigan usta hunarmandlar festivali (Santa Fe International Folk Art Market) nufuzli davra hisoblanadi. Unga taklif qilingan chevar, kashtado’z yoki sozandaning ijodi so’zsiz tan olinadi. Qaysi davlatda bo’lmasin ularning mahsuloti darrov qo’lma qo’l bo’lib ketadi. Bu yilgi yarmarkada O’zbekistondan 25 kishi qatnashdi - eng katta jamoalardan biri. 11-13-iyul kunlari o’tgan tadbirda ustalar bir-biri bilan tanishdi, tajriba almashdi, mahsulotini sotdi, yangi xaridor va hamkorlar topdi va vatanga daromad bilan qaytdi. Bu esa, deydi hunarmandlar, yangi imkoniyatlarga yo’l ochadi. Yangi ish o’rinlari, ta’lim dasturlari, mustaqil faoliyat, erkin nafas va yurt taraqqiyoti uchun hissa degani bu.
Fotogalereya

Fotogalereya MH17 - Ukraina osmonida urib tushirilgan samolyot qoldiqlari va bugungi manzara

Ukraina hukumati Rossiyani ikki kun oldin Donetskda urib tushirilgan yo’lovchi samolyot qoldiqlari orasidan ashyoviy dalillarni yo’q qilishda separatistlarga yordam berayotganlikda ayblamoqda. Malayziya havo yo’llariga tegishli samolyot ichida 298 odam bo’lgan. Hammasi o’lgan. AQSh hukumatining tasdiqlashicha, samolyot yerdan nishonga olingan.
Fotogalereya

Fotogalereya Isroil piyoda kuchlari G'azoda hujumlarni davom ettirmoqda

8-iyulda boshlangan operatsiyada hozirgacha 300 dan oshiq falastinlik o’lgan. Uch kundirki, Isroil kuchlari G'azo sektorida yuzlab manzillarni o'qqa tutmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Dunyo ahli Ukrainadagi fojeadan dahshatda, 295 odam halok bo'lgan

Yo'lovchilardan 173 nafari Niderlandiya, 44 kishi Avstraliya, 12 odam Indoneziya, shuningdek, Britaniya, Germaniya, Belgiya, Kanada, Yangi Zelandiya va Filippin fuqarolaridir. AQSh razvedka agentliklarining tasdiqlashicha, samolyot raketa bilan urib tushirilgan va aynan Ukraina sarhadidan turib nishonga olingan. Samolyot havoda portlagan. Ukraina qurolli kuchlari bunday vositaga ega emas, deydi Amerika rasmiylari. Gumon shuki, samolyotni o'qqa olganlar - rusparast bo'lginchilar.
Fotogalereya

Fotogalereya AQShga noqonuniy kirib kelayotgan muhojir bolalar

AQShning janubiy chegaralarida noqonuniy muhojirlar muammosi gumanitar inqiroz sifatida baholanmoqda. Chegarani kesib o'tganlar orasida 50 mingdan ortiq voyaga yetmagan bola bor. Ular mahalliy va federal hukumat uchun yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainada Malayziya samolyoti quladi

Boeing-777 samolyoti 280 yo'lovchi va 15 ekipaj a'zolari bilan Amsterdamdan Kuala Lumpurga uchayotgan bo'lgan. Ukraina hukumati va isyonchilar bir-birini ayblamoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI