Yakshanba, 07-fevral, 2016 Toshkent vaqti: 15:23

Xalqaro

Sergey Udaltsov yana organlar qo'lida

Muxolifat yetakchilaridan biri Sergey Udaltsov bugungi mitingda organlar tomonidan olib ketilgan
Muxolifat yetakchilaridan biri Sergey Udaltsov bugungi mitingda organlar tomonidan olib ketilgan

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Bugun Moskvaning Lubyanka maydonida hukumatga qarshi namoyishlar bo’lib o’tdi.


Muxolifat yetakchilaridan biri Sergey Udaltsov organlar tomonidan olib ketilgan. 
 
Bir yil oldin shu maydonda Vladimir Putinga qarshi chiqishlar boshlangan va u prezidentlik saylovlaridan keyin ham tinmagan edi.
 
Putin prezidentlikka kirishgach ommaviy namoyishlarga cheklovlar qo’yildi va nazorat kuchaytirildi.
 
Bugungi miting uchun ham hukumat ruxsat bermagan, ammo odamlar baribir to’plangan.
 
Mamlakatda so’nggi oylarda qator yangi qonunlar qabul qilinib, so’z va fikr erkinligi, mustaqil va nohukumat tashkilotlari faoliyati, ularning chetdan moliya olishi, xalqaro muassasalarning Rossiyadagi loyihalari va idoralarining ishi cheklandi.
 
Xorijdan moliyaviy yordam olgan fuqaroga siyosatda o’rin ham, so’z ham yo’q, deydi Putin.
 
Kecha yana bir muxolifatchi Aleksey Navalniy ustidan yangi jinoiy ish ochilgan. U moliyaviy jinoyatlarda ayblanmoqda.
 
Navalniy o’zi davlat kompaniyasidan 500 ming dollar o’marganlikda ham gumon qilinib, tergov ostida edi.
 
Muxolifatchi ayblovlarni rad etadi, ammo sudlanib, aybdor deb topilsa, 10 yilga kesilishi mumkin.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Kelajakda bozorlar qanday bo'ladi?i
X
07.02.2016 00:02
Bozor bugun internetda. Xo'sh, oddiy do’konlar mijozni qanday jalb qiladi? Daromaddan ayrilmaslik uchun nima qilmoq zarur? An'anaviy do'konlar, magazinlar yo'qolib ketmaydi albatta. Lekin mahsulot taklif qilish va sotish usullari yangilanib boraveradi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Yaponiyada vulqon portladi
  • "WikiLeaks" asoschisi Julian Assanj Ekvadorning Londondagi elchixonasidan turib matbuot xodimlari bilan gaplashmoqda. BMT hay'ati nazarida uni hibsga olish uchun asos yo'q.
  • Nyu-Gempshir shtati
  • Ukraina
  • Shimoliy dengiz sohillarida, Britaniya
  • Filippinda Xitoyga qarshi chiqishlar
  • Suriya
  • Pokistonda "Kashmir birlashsin" degan talablar ostida namoyishlar
  • Vatikan
  • Singapurda yangi yil
  • Quddus
  • Belgiya
  • Turkiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI