Juma, 28-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 17:04

Siyosat

Putin: Xorijdan pul olgan odamning siyosatchi bo'lishga haqqi yo'q

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaat qilmoqda, Moskva, 12-dekabr, 2012-yil
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaat qilmoqda, Moskva, 12-dekabr, 2012-yil

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatdagi ahvol, kelajakdagi rejalar va siyosati xususida qayta saylangidan beri ilk bor xalqqa murojaat qildi. Putin Rossiya tashqi siyosatidagi o’zgarishlarga ham to’xtaldi.

Vladimir Putinning aytishicha, Rossiya hech bir davlatga o’z ichki ishlariga aralashishiga yo’l qo’ymaydi.

"Aralashuv bevosita bo’ladimi, bilvositami, mumkin emas. Chetdan pul olgan siyosatchi xorij manfaatlariga xizmat qiladi va bunday odamning Rossiyada siyosatchi bo’lishiga haqqi yo’q", - dedi Putin.

O’tgan yilgi parlament saylovlari natijalari omma orasida norozilik hissini uyg’otganidan beri Rossiyada muxolif guruhlar faollashdi. Joriy yilda bu guruhlar faoliyati va ularning xorijiy hamkorlar bilan aloqalarini cheklovchi qator qonunlar qabul qilindi.

Kreml nazarida bu choralar jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Tanqidchilarga ko’ra esa qonunlar so’z erkinligiga bolta uradi.

Yaqin kunlarda Moskvada Putinga qarshi yangi namoyishlar kutilmoqda. Moskva hokimiyati bunga hozircha ruxsat bermagan. Muxolifat rahbarlari ruxsat olinmasa ham ko’chaga chiqaveramiz, demoqda.

Shunday bo’lgan taqdirda ular yirik jarima to’lashi mumkin. Shu yili qabul qilingan qonunga ko’ra, jarima 150 ta maosh bilan baravar.

Kreml ommaviy namoyishlar odatda Amerika puliga uyushtiriladi, deb keladi. Natijada joriy yilda Rossiyada 20 yildan oshiq vaqt faoliyat yuritgan AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi idoralarini yopib, mamlakatni tark etishga majbur bo’ldi.

Vashingtonlik tahlilchi Olga Oliker buni muxolifatga qarshi chora deb biladi.

"Boshqalarni ayblash uchun zamin hozirlanmoqda. Aslida bunday siyosat doim bo’lgan. Masalan, muxolif guruhlar xorijdan yordam olganlikda ayblanishi mumkin. Shu sababdan ular ehtiyot bo’lishi lozim", - deydi Oliker.

Putin korrupsiyaga qarshi kurash, immigratsiya oqimi, ishchi migrantlar, demografiya haqida so’zladi. Xorijda aksiya yoki hisob raqami bor rasmiylarga qarshi chora ko’rilishini aytdi. Xorijdan pul olayotganlar uchun Rossiya siyosatida joy yo’q, dedi davlat rahbari.

Putin siyosiy tizim islohga muhtoj, biroq muloqot qonun doirasida faoliyat yuritayotgan siyosiy kuchlar bilan olib boriladi, deydi.

Uning aytishicha, Rossiya jahon siyosatida milliy va ruhiy o’zligini saqlashga intiladi. Kuchli armiya – mustaqillik va barqarorlik garovi, deydi u.

Putin yaqin kelajakda 25 million yangi ish o’rinlarini yaratishga, shifokorlar, o’qituvchilar, muhandislar va boshqa kasb egalarining yashash sharoitini yaxshilashga so’z berdi.

Davlat rahbariga ko’ra, Rossiya, asosan, neft va minerallar eksportidan tushayotgan daromadga bo’lgan tobelikni kamaytirib boradi va yuqori texnologiyali sohalarni rivojlantirishga zo’r beradi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Gaz eksporti - Amerikaning bir shahrida - Natural Gas Exporti
X
28.11.2014 05:09
Qo’shma Shtatlarda so’nggi yillarda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi bir necha karra oshdi. Bunga asosan yangi texnologiyalar turtki bermoqda. Mahalliy kompaniyalar ortiqcha gazni xorijga eksport qilishni istaydi, lekin reja aholi orasida qarshilikka uchramoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Shukronalik kuni 17-asr boshidan beri bayram qilinadi
  • Oq uy... Prezident tarixiy odatga ko'ra, shu kuni bir kurkaning qonidan kechadi.
  • Oq uy... Prezident tarixiy odatga ko'ra, shu kuni bir kurkaning qonidan kechadi.
  • Kurka - Shukronalik kuni pishiriladigan asosiy taom
  • Bayram dasturxoni
  • Bayram oldidan va uning ketidan savdo qiziydi. Los-Anjeles.
  • Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
  • Hamma oilasi bilan bo'lishga shoshadi. Vashington.
  • Nyu-York vokzali
  • Nyu-York
  • Nyu-York
  • Bayramdan keyin savdo qiziydi. Los-Anjeles.
  • Bayram munosabati bilan uyga qaytayotgan harbiy. Mayami.
Fotogalereya

Fotogalereya Shukronalik kuni, Amerika - Thanksgiving Day in America

Noyabrning oxirgi payshanbasi Shukronalik kuni. Yangi vatandagi noz-ne'matlardan shukur qilgan, hosilidan rozi bo'lgan odamlar shunday bayramga asos solgan. Keyinchalik tub aholiga qarshi qonli urushlar olib borgan yevropalik kelgindilar boshida ular bilan bir dasturxondan non yegan. Hindu qabilalar o'z ovqatlarini tanishtirgan bo'lsa, kelgindilar ham o'z taomlarini tortgan. Kurka Shukronalik kuni asosiy taom hisoblanadi. Chunki bu parranda Amerikada serob bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerikada Shukronalik kuni

Har yili noyabr oyining so'nggi payshanbasida o'tadigan bu bayram ko'pchilik amerikaliklar uchun oilaviy yig'ilish va kurkali taom demakdir.
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi dunyo, suratlarda

Jahonning turli burchaklaridan olingan antiqa fotolar - 26-noyabr, 2014

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI