Breaking News

Putin: AQSh global xavfsizlikka tahdid solmoqda


Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sochida o'tkazilgan Valday xalqaro bahs klubi yig'inida, 24-oktabr, 2014-yil.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sochida o'tkazilgan Valday xalqaro bahs klubi yig'inida, 24-oktabr, 2014-yil.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Sochida o'tkazilgan Valday xalqaro bahs klubi yig'inida Ukraina hukumati sharqiy Ukrainadagi mojaroni tinch yo'l bilan hal qilish niyatida emasligini ta'kidladi.

U, shuningdek, AQShni global xavfsizlikka tahdid solayotganlikda aybladi. Putin so'zlariga ko'ra, Vashington xalqaro tizimning "nazorat va muvozanat" qoidalariga zid ish tutmoqda.

Rossiya rahbari Iroq, Liviya va Suriyada kelib chiqqan urushlarni AQSh olib borgan siyosat natijasida yuzaga kelgan inqirozlar deb atadi.

Putinga ko'ra, global qurol savdosini nazorat qilish tizimining zaiflashishiga ham AQSh aybdor.

AQSh Rossiya uchun xatarmi, deya so'ralgan savolga Putin yo'q deya javob bergan. Uning aytishicha, Rossiya AQShdan qo'rqmaydi va Rossiya uchun u to'g'ridan-to'g'ri tahdid manbai emas.

Rossiya Ukrainaga qarashli Qrim yarimorolini o'z hududiga qo'shib olgach, AQSh va G'arbning bir qator iqtisodiy jazo choralariga yuz tutdi. Kreml sharqiy Ukrainada davom etayotgan isyonda rusparast ayirmachilarini qo'llab-quvvatlayotganlikda ham ayblanadi.

NATOning yangi Bosh kotibi Jens Stoltenberg Rossiyani Ukrainaga nisbatan xalqaro huquq normlarini buzganlikda aybladi.

"Rossiya kuchlari Ukraina hududida qolar ekan, uar hanuz Ukrainaning hududiy daxlsizligi va suverenitetini buzmoqda", - dedi NATOning yetakchi rasmiysi.

Stoltenbergga ko'ra, sharqiy Ukrainada va chegarada Rossiyaning salmoqli miqdordagi qo'shini saqlanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG