Chorshanba, 24-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 07:24

Huquq va qonun

AQSh: Rossiya bilan huquq haqida gaplashishdan naf yo'q

Prezident Putin bilan matbuot anjumani, Moskva, 20-dekabr, 2012Prezident Putin bilan matbuot anjumani, Moskva, 20-dekabr, 2012
x
Prezident Putin bilan matbuot anjumani, Moskva, 20-dekabr, 2012
Prezident Putin bilan matbuot anjumani, Moskva, 20-dekabr, 2012

Multimedia

Audio
Qo’shma Shtatlar Rossiya bilan fuqaro jamiyati va huquq borasida ish olib borayotgan guruhdan chiqdi. Bu degani ushbu organ endi yo’q.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 26-yanvar, 2013
"Amerika Ovozi" xabarlari, 26-yanvar, 2013i
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibasi Viktoriya Nuland deydiki, Rossiya hukumati mamlakatdagi nodavlat tashkilotlariga qarshi siyosatini to’xtatmas ekan, bu borada birgalikda biror ish qilib bo’lmaydi.
 
Kremlni huquqni hurmat qilishga, fuqaro erkinliklarini ta’minlashda undashda davom etamiz, deydi Nuland, ammo yuqoridagi guruhdan hozir naf yo’q.
 
Amerika bilan bir davrada o’tirganida Rossiya rasmiylari erkinlik haqida jo’shib gapirsa-yu, amalda nohukumat tashkilotlari, amaldagi siyosatni savolga tutgan insonlar, muxolifat, xalqaro muassasalardan madad olgan uyushmalar davlat dushmani deb tamg’alansa, o’zimizni o’zimiz aldab nima qilamiz, deydi Vashingtondagi ekspertlar.
 
O’tgan yilning oktabrida AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi ham Rossiyani tark etdi, chunki Kreml uning yordamiga muhtoj emasligini bildirdi.
 
2009-yilda Barak Obama prezidentlikka kelgan paytda Rossiyaning o’sha damdagi rahbari Dmitriy Medvedev bilan inson huquqlari bo’yicha guruh tuzib, birga ishlashga qaror qilishgan edi. Kreml o’shanda mamlakatda bu borada muammolar ko’p ekanini tan olgan.
 
O’tgan yili Vladimir Putin prezidentlikka saylanganidan beri siyosat ancha o’zgarib, hukumatni tanqid qilgan shaxslar, tashkilotlar va ularning homiylari nishonga olinmoqda.  Bu harakatlarni qonuniylashtiruvchi hujjatlar qabul qilingan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika musulmonlari jihodchilar haqida nima deydi? US Muslims/ISISi
X
23.09.2014 23:00
Amerikada musulmonlar Iroq va Suriyadagi “Islomiy davlat” terror guruhining qilmishlarini qoralamoqda. Jangarilar yovuz niyatlarini din bilan niqoblamoqda, aslida islomda bunday zo’ravonliklarga o’rin yo’q, deydi ular.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius, olim Jeym Gudall, Amerika sobiq vitse-prezidenti Al Gor, Nyu-York meri Bill de Blazio, BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Nyu-Yorkdagi namoyishda qatnashdi. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Berlin, Germaniya, 21-sentabr, 2014-yil.

  • Nyu-Yorkda namoyish. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Mexiko, Meksika

  • Dizayner Vivien Vestvud, sozanda Piter Gabriel, aktrisa Emma Tompson Londonda qariyb 40 ming odam ishtirokidagi namoyishda qatnashdi. 21-sentabr, 2014-yil.

  • Nyu-York

  • Aktyorlar Mark Ruffalo, Leonardo Di Kaprio Nyu-Yorkdagi namoyish paytida.

  • Rio de Janeyro, Braziliya

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

  • Nyu-York

Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI