Breaking News

Moskva-Anqara ziddiyati Bishkek uchun jiddiy muammomi?


Birimqulov ham Moskva, ham Anqaraga yaqin Bishkek o’ziga xos vositachilik salohiyatiga ega, deb hisoblaydi. Ammo vositachilar prezident Putinga sezilarli ta’sir o’tkaza olishiga u ishonmaydi.
Birimqulov ham Moskva, ham Anqaraga yaqin Bishkek o’ziga xos vositachilik salohiyatiga ega, deb hisoblaydi. Ammo vositachilar prezident Putinga sezilarli ta’sir o’tkaza olishiga u ishonmaydi.

Moskva hamda Anqara munosabatlari darz ketishi har ikki mamlakatning yaqin hamkori bo’lmish Qirg’izistonni noqulay ahvolga solib qo’ydi. Ikki yirik sherik orasidagi kelishmovchiliklar Qirg’iziston hayoti va siyosatida qanday aks-sado berishi mumkin?

Tahlil: Moskva-Anqara ziddiyati har ikkisi bilan hamkor Bishkek uchun noqulay-Muhiddin Zarif lavhasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:59 0:00

Deputat Anvar Ortiqov fikricha, taranglik Qirg’izistonga qay bir ma’noga ta’sir qilishi ehtimol. Ammo Bishkek har ikki tomon bilan iliq va o’zaro foydali aloqalarni saqlab qoladi.

Qirg’iziston Tashqi ishlar vazirligining Diplomatiya akademiyasi xodimi Japar Birimqulov deydiki, keskinlik Bishkek uchun muammo. Gap shundaki, har ikki mamlakat Qirg’izistonning eng yaqin hamkorlari va yirik sarmoyadorlari bo’lib, turli sohalarda tig’iz aloqalar mavjud. Qolaversa, qirg’iz siyosiy elitasi vakillarining Turkiyada jiddiy iqtisodiy manfaatlari bor. Shu bois rus samolyoti urib tushirilishi va keyingi mojaro yuzasidan rasmiy Bishkek ancha bosiq va silliq munosabat bildirdi, deydi Birimqulov.

“Ne bo’lsada, Moskva va Anqara o’rtasidagi taranglik Qirg’izistonga ozmi-ko’pmi ta’sir etmay qo’ymaydi. Chunki ertami-kech Bishkek o’z pozisiyasiga aniqlik kiritishga va qay bir ma’noda Moskvaga xayrixohlik bildirishga majbur bo’ladi. Ayni paytda, aytaylik, mamlakat poytaxtida turk kapitali ildiz otgani, turklarga tegishli katta-katta savdo markazlari, qurilish firmalari faoliyat ko’rsatayotganini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Qisqasi, Anqara bilan munosabatlarni uncha sovutmaslikka urinish lozim”, - deydi suhbatdosh.

Birimqulov fikricha, Bishkek ramziy qadamlar bilan cheklansa ajab emas. Masalan, Rossiya singari Qirg’iziston ham "Turksoy" tashkilotidan uzoqlashishi mumkin. Moskva Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi a’zolari bilan tranzit yuk tashish masalalarini muhokama qilmoqchi. Qirg’iziston hududida ham turk yuk tashuvchilariga to’siqlar qo'yilishi mumkin.

Diplomatiya akademiyasidan Japar Birimqulov fikricha, joriy vaziyatda Turkiya bilan aloqalarning ayrim yo’nalishlarini tartibga solish imkoni tug’iladi. Masalan, radikal oqimlar domiga ilinib, "Islomiy davlat" deyilayotgan guruhlar safiga intilayotgan qirg’izistonlik yoshlar aynan Turkiya hududi orqali o’tayotgani ma’lum. Bishkek Turkiya hamda Suriya chegarasini mustahkamlash tadbirlaridan manfaatdor.

Qirg’izistonda turli jinoyatlarda shubha ostiga olinib, qidiruvga berilgan shaxslar ko’p hollarda Turkiya territoriyasida yashirinayotgani ham Bishkekni tashvishga solib keladi. Kuzatuvchilarning aytishicha, rasman aytilmayotgan da'volardan yana biri - Turkiyada mavjud ayrim diniy oqimlarga daxldor diniy adabiyotning Qirg’izistonda paydo bo’layotgani.

Mahalliy sayohat firmalaridan birining boshlig’i Umarjon Yosiddinov deydiki, qirg’izistonlik mijozlar orasida Turkiya hamda Yaqin Sharq, janubi-sharq o’lkalari oromgohlarida dam olishdan voz kechganlar ko’zga tashlanmaydi.

“Bu tortishuv ikki mamlakatning ichki ishi. Bizning turizm sohamiz Turkiya bilan hamkorlikni davom ettiradi. Ayni paytda Rossiya va Turkiya aloqalari qayta izga tushishi, bahslar tinch yo’l bilan hal etilishini istaymiz. Qo’shning tinch - sen tinch”, - deydi sayohat firmasi rahbari.

Birimqulov ham Moskva, ham Anqaraga yaqin Bishkek o’ziga xos vositachilik salohiyatiga ega, deb hisoblaydi. Ammo vositachilar Kreml qarashlarini o'zgartira olmaydi.

“Qandaydir tilak-maslahatlar berishlari mumkin, ammo Rossiya rahbariga jiddiy ta’sir o’tkaza olmaydilar, chunki masala endi prinsipial darajaga o’tdi”, -deydi suhbatdosh.

Yaqin kelajak borasida mulohaza yuritar ekan, Birimqulov deydiki, Moskva hamda Anqara o’rtasida o’zaro ishonch ma’lum darajada pasaysa-da, munosabatlar asta-sekin normallashadi.

“Shunday ekan, qirg’iz diplomatiyasidan mohirlik va noziklik talab qilinadi. Toki, ikki mamlakat munosabatlaridagi tanglikdan Qirg’iziston manfaatlari ziyon ko’rmasin”, - deydi Birimqulov.

XS
SM
MD
LG