Seshanba, 02-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 21:41

Yaqin Sharq

Rossiya Suriya muxolifatini muzokaraga taklif etmoqda

Amerika Ovozi
Rossiya Suriya hukumatini muxolifat bilan muzokara o’tkazish va’dasiga amal qilishga undayapti. Moskva shu tariqa 21 oylik fuqaro urushini tugatish yo’llarini izlamoqda.

Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hafta boshida Suriya rasmiylari bilan ko’rishib, murosaga ochiq ekanini namoyish etish zaruratini eslatgan. Rossiya prezident Bashar al-Assadning sodiq himoyachilaridan.

BMT Xavfsizlik Kengashida Rossiya Suriya hukumatiga qarshi barcha rezolyutsiyalarga qarshi ovoz bergan. Prezident Vladimir Putinning ta'kidlashicha, qaysi rahbar hokimiyatda qolish-qolmasligi Xavfsizlik Kengashi hal qiladigan masala emas. 

Lekin Kreml 45 ming odamning yostig’ini quritgan bu mojaroda hukumat rolidan norozi ekanini tobora ochiq gapirmoqda. Tashqi ishlar vaziri muovini Mixail Bogdanovning aytishicha, Moskva Suriyaning surgundagi muxolifatini muzokaraga taklif qilgan.

Suriya oppozitsion guruhlaridan iborat koalitsiya, Milliy Kengash urushga nuqta qo'yadigan har qanday rejani qabul qilishga tayyor ekanini bildiryapti. Shart shuki, prezident Bashar al-Assad va unga yaqin odamlarga muzokarada joy yo'q.

Milliy Kengash yetakchisi Muaz al-Xatib Moskvaga safar qilishdan oldin Kreml Assadni qo'llagani uchun bizdan kechirim so'rasin, deydi.

BMT va Arab Ligasi elchisi Laxdar Braximiy ertaga Rossiyaga safar qilishi kutilmoqda. U Suriyada saylovlar o’tguniga qadar muvaqqat hukumat tuzishni taklif qilmoqda.


Bu orada, Turkiya nohukumat tashkilotlari suriyalik qochqinlarga ko’mak ko’rsatish uchun kampaniya boshladi. Mahalliy matbuotga ko’ra, qariyb 200 tashkilot bu loyihaga homiylik qilmoqda.

Turkiya Bosh vaziri o’rinbosari Beshir Atali so’zlariga ko’ra, hukumat ham chetda qarab turmaydi.

“Kampaniya faqat bir maqsadni ko’zlaydi, u ham bo’lsa og’ir sharoitda kun kechirayotgan suriyalik birodarlarga yordam qo’lini uzatishdir. Sir emaski, kundalik hayot uchun zarur eng oddiy buyumlar qochqinlar uchun hayot-mamot masalasiga aylangan”, - deydi rasmiy.

Turkiya Qizil Yarim oy jamiyati rahbari Ahmet Lutfiy Akar loyiha muvaffaqiyatli ravishda amalga oshiriladi deya ishonch bildirmoqda.

Uning aytishicha, Turkiyada boshpana topgan 145 mingdan ziyod suriyalikka oziq-ovqat, dori-darmon va adyollar tarqatiladi.

Bugun tunda Suriyada armiya va isyonchilar o’rtasida janglar yana avj oldi. Faollarning aytishicha, poytaxt Damashqning Assal al-Vard tumani havodan bombardimon qilinmoqda. Bir kishi o’lgan, o’nlab odam yaralangan.

Suriya-Iordaniya chegarasiga yaqin hududlarda ham otishma quloqqa chalinadi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
"Islomiy davlat" va Amerika/ US-Terrorismi
X
01.09.2014 23:52
AQSh Mudofaa vaziri Chak Xeyglning aytishicha, avvaliga o'zini “Iroq va Shom islomiy davlati” deb atagan va endilikda qisqacha “Islomiy davlat” deya yuritilayotgan guruh boshqa terror tashkilotlariga qaraganda yaxshiroq qurollangan va harbiy jihatdan puxta.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Bosh vazirlikni topshirgan Nuri al-Malikiy Amirli shahrida xavfsizlik kuchlari va mahalliy fuqarolar davrasida, 1-sentabr, 2014-yil.
  • Peshmerga kuchlari Tikrit yaqinidagi Sulaymon Bek shahrining "Islomiy davlat" jangarilaridan tortib olinganini nishonlamoqda, 1-sentabr, 2014-yil.
  • Kurd peshmerga kuchlari hamda "Asaib Ahlul Haq" shia jangchilari Sulaymon Bek ustidan nazorat o'rnatdi, 1-sentabr, 2014-yil.
  • "Asaib Ahlul Haq" shia guruhi jangchisi otishmadan o'zini panaga olmoqda, 1-sentabr, 2014-yil.
  • Sulaymon Bek shaharchasida "Islomiy davlat" jangari guruhi hamda kurd va shia jangchilari o'rtasida kuchli to'qnashuv yuz berdi, 1-sentabr, 2014-yil.
  • Iroqning Inson huquqlari vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy BMTning Yevropadagi idorasida o'tkazilgan Iroq bo'yicha maxsus yig'inda qatnashmoqda, Jeneva, 1-sentabr, 2014-yil.
  • Iroq xavfsizlik kuchlari Bag'dod yaqinidagi Amirli shahrini qo'riqlamoqda, 31-avgust, 2014-yil.
  • Amirli shahri aholisi vertolyotlarda tinch joyga evakuatsiya qilindi, 29-avgust, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi kurash davom etmoqda

Jangarilarning Iroq poytaxti Bag'dod yaqinidagi Amirli shahriga qilgan hujumi to'xtatib qolingan. Shuningdek, kurd peshmerga kuchlari hamda shia jangchilari Sulaymon Bekni jangarilar nazoratidan tortib olgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Bugungi Bishkek, suratlarda

Sovet davrida Frunze, ungacha esa Pishpek, bugungi kunda esa Bishkek, Qirg'iziston poytaxti, o'tgan o'n yillikda ikki inqilob va qator namoyishlarga guvoh bo'ldi. Markaziy Osiyoning boshqa biror markazi yaqin o'tmishda bu qadar siyosiy voqealarni boshdan kechirmagan. Biroq Bishkek bir qarashda Sovet davridan beri ko'p o'zgarmagandek. Imoratlar, ko'chalar eskirgan. Kommunizm nishonalarini ko'rasiz atrofda. Qizig'i, globalizatsiya bobida ham orqada qolmagan. 900 mingga yaqin aholisi bilan Bishkek Qirg'izistonning metropolisi.
Fotogalereya

Fotogalereya Kaliforniya shimolida zilzila, 6 balda

24-avgust kuni Kaliforniya shtati shimolida yer qimirladi. Uning kuchi 6 balni tashkil etgan. Hududda azaldan zilzila ehtimoli yuqori. Binolar vayron bo'lgan, yong'inlar va elektr tarmoqlarida uzilish kuzatilgan. Hech kim o'lmagan. Lekin tunda yuz bergan tabiiy ofat aholi orasida katta vahima uyg'otgan. Zilzila ayniqsa Napa shahrida qattiq sezilgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbek shoirasi Zulfiya Boboyeva xonadonida - Tojikistonning Mujun qishlog'idan fotolavha

Tojikiston aholisining 24 foizi, ikki millondan ortig’ini o’zbeklar tashkil etadi. Ular orasida yuzdan ortiq shoir va ijodkorlar bor. Respublika shimolining O’zbekiston va Qirg’iziston bilan chegaradosh G’onchi nohiyasining so’lim Mujun qishlog’ida o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri, shoira Zulfiya Boboyeva yashaydi. So’g’d viloyat o’zbeklar ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi va G’onchi nohiyasi raisi Zafar Ismoilzodaning joriy yil 30-iyulidagi qarori bilan Tojikiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Maftun Jo’ra nomidagi adabiy mukofot laureati Zulfiya Boboyevaning 60 yoshlik yubiley tantanalari bo'lib o'tdi. Tadbir uning xonadonida kechdi. Shoira yura olmaydi. Boshlang’ich maktabda o'qib yurganidan beri aravachaga mixlanib qolgan. Ijod uning hayoti mazmuniga aylangan. Yosh qizaloq she'rga havas qo’yib, mustaqil o’qib o’rganadi, ma’lumotli bo’ladi. O’zining she’riy satrlarida bitganidek: Bo’ldilar she’rim bayotim-sabrim saodati, Yo’g’rildi shu sabab ishqqa ko’nglimning toati!
Fotogalereya

Fotogalereya Tripolidagi xalqaro aeroport jangarilar qo'liga o'tdi

Muxolifatdagi islomiy guruhning qurollangan vakillari Liviya poytaxti Tripolidagi xalqaro aeroportni egallab oldi. Ular amaldagi parlament faoliyatini noqonuniy deb hisoblab, avvalgi Milliy Kongressning qayta tiklanishini talab qilmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI