Chorshanba, 01-oktyabr, 2014 Toshkent vaqti: 04:55

AQSh-Markaziy Osiyo

Sanjar Umarov Amerikaga: O'zbekiston xalqi manfaatlarini unutmang

Sobiq siyosiy mahbus AQShni huquq va erkinlik targ’ibotini birinchi o’ringa qo’yishga undamoqda. "Los Anjeles Times" gazetasida maqola yozdi.

Sanjar Umarov yaqinda Kongress huzurida bo'lib, siyosiy mahbuslar masalasini ko'targan edi
Sanjar Umarov yaqinda Kongress huzurida bo'lib, siyosiy mahbuslar masalasini ko'targan edi

Multimedia

Audio
Ayni damda Toshkentda AQSh va O’zbekiston rasmiylari orasida yillik maslahatlashuv kengashi avjida. Tomonlar xavfsizlik va mintaqaviy barqarorlik, qoradori savdosiga qarshi kurash, huquq va demokratiya, madaniy aloqalar hamda savdo va sarmoya bobida fikr almashmoqda. 

Maqsad aniq, deydi AQSh diplomatlari, bu sohalarda hamkorlikni oshirish. Vashington Islom Karimov va uning ma’muriyati bilan bugungi aloqa faqat Afg’onistonga bog’liq emas deya qanchalik ishontirishga urinmasin, amalda buni ko’rmayapmiz, deydi kuzatuvchilar.   
 
Kuni-kecha Amerikaning nufuzli gazetalaridan biri, Kaliforniya shtatida chiqadigan “Los Anjeles Times” muxolifatdagi Serquyosh O’zbekistonim koalitsiyasi rahbari, sobiq siyosiy mahbus, bugungi kunda Tennessi shtatida yashayotgan Sanjar Umarovning sharhini chop etdi. Unda Umarov 2005-2009 yillar orasida qamoqda boshdan kechirganlari, qiynoqlar va repressiya haqida yozadi. U Obama ma’muriyatini huquq va erkinlik targ’ibotini birinchi o’ringa qo’yishga undaydi. 

Muallifni suhbatga tortdik:



AMERIKA OVOZI: “Los Anjeles Times” dagi maqolangiz “Uzbekistan deserves better” - O’zbekiston yaxshiroq munosabat, ko’proq e’tiborga loyiq deb nomlangan. Bunday sharhlarning kuchi, ahamiyati nimada deb o’ylaysiz?
 
UMAROV: Birinchidan, Amerikada O’zbekiston deganda, ayniqsa gazetalarda,  Afg’oniston va shimoliy tarmoq (xalqaro koalitsiyaga yuk tashiladigan yo’nalish) nuqtai-nazaridan eslashadi. Mening maqsadim - O’zbekiston va o’zbekistonliklar to’g’risida amerikaliklar va ularning hukumatiga tushuntirish. Qay yo’ldan borish borish kerak, nimalarga e’tibor qaratish kerak, ayniqsa inson huquqlari bilan bog’liq vaziyatga kelganda. Kaliforniya endi o’zingiz bilasiz katta shtat… Shuning uchun juda xursandman bu yerdagi gazetada maqolam chiqqanidan. 
 
AMERIKA OVOZI: Maqolangiz mazmuni shundan iboratki, Obama ma’muriyati Afg’onistondagi maqsadlarni deb O’zbekistondagi vaziyatga ko’z yummasligi kerak. Sizningcha, Vashington Toshkentdagi avtoritar va zolim hukumat bilan hamkorlik qilar ekan, keskin shartlar qo’yishi, huquq bilan bog’liq ahvolni tuzatish uchun konkret o’zgarishlar qilishga undashi kerak. Masalan, qanday o’zgarishlar?
 
UMAROV: Endi hozir shunday bir holat bo’lib qoldi. Tasavvur qiling, katta bir buqa. Uni arqonlab xohlagan tomoniga tortish mumkin, aylantirib o’ynatish mumkin… Amerika shunday bir katta buqadek, O’zbekiston rahbari uning burniga shunday bir arqonni kiydirib, o’ynatayapti bu katta davlatni. Axir super derjava deyishadi bu davlatni, dunyodagi eng kuchli davlat. Amerika fikr-g’oyaga asoslangan. Bu fikr – inson huquqlari, demokratiya, insonni hurmat qilish… Biz tushunamiz, o’sha tarmoq kerak. Lekin u tizim ishlayveradi, yopib qo’yolmaydi uni hech kim. Yopsa, jarimasi bor, birinchidan. Ikkinchidan, kerak bo’lsa boshqa tomonlardan ham o’tsa bo’ladi. Pokiston ham qayta ochildi hozir. Turkmaniston va Tojikiston orqali o’tsa bo’ladi. Shuning uchun bu tarmoqni deb O’zbekistonda zulm ostida yashayotgan 30 million aholini pisand qilmaslik noto’g’ri bo’ladi, mening nazarimda.

AMERIKA OVOZI: Maqolangizda konkret qadamlarga misol sifatida siyosiy mahbuslar, muxolifatchilar, huquq himoyachilari va jurnalistlarni ozodlikka chiqarish talabi qo’yilsin degansiz…
 
UMAROV: Albatta. Bu eng asosiysi. Biz yetti yil oldin ham shunday talabni olg’a surganmiz. Barcha vijdon tutqinlarini, siyosiy mahkumlarni ozod qilish. Shuning uchun hozir ham o’sha talab – talab. Agar talab qilsa, chiqaradi. Mana meni va boshqalarni chiqarishdi-ku. Talab katta bo’lgani uchun chiqarishdi, bo’lmasa hech kim bizni qo’yib yubormas edi. Lekin AQSh talab qilmayapti… 
 
AMERIKA OVOZI: Amerika rasmiylari, yetakchi diplomatlar bizga shuni aytib keladiki, muzokaralarda huquq va erkinlik masalasi chetga surilmagan va Karimov rahbariyati AQSh vaziyatdan norozi ekanini biladi. Sizningcha, aytishning o’zi yetmaydi, shundaymi?
 
UMAROV: Gap amalda aksini topmasa, noto’g’ri bo’ladi. Gapirayapmiz deyishadi, lekin shu yilning yanvarida Kongress harbiy yordam berish uchun mavjud cheklovlarni olib tashladi. Bu cheklov o’zi inson huquqlari buzilayapti deb 2004-yilda qo’yilgan edi. Nima, hozir yaxshilandimi? Aksincha, 2005-yildan beri nimalar bo’lmadi. Andijon bo’ldi, qancha odam qamaldi, qanchasi nobud bo’ldi.
 
AMERIKA OVOZI: Ko’plab tahlilchilar sizning bu fikringizga qo’shiladi, lekin shuni ham aytishadiki, Amerika O’zbekiston xalqi bilan emas, hukumati bilan hamkorlik qilayapti… Jamiyatlarni bir-biriga yaqinlashtirish kerak deyishadi.
 
UMAROV: To’ppa-to’g’ri.

AMERIKA OVOZI: Amerika O’zbekistondagi oddiy odamlar, xalq bilan bog’lanib, uning dardiga quloq solishi uchun nima qilmog’i lozim? Hozirgi sharoitda buning iloji bormi?
 
UMAROV: Amerika ko’p narsa qilishi mumkin, juda ko’p narsa. Masalan, aktivistlar bor… Asosan chet elda, chunki ko’plab faollar chiqib ketgan mamlakatdan. Ular bilan muloqot qilsa bo’ladi Amerika, ularni bir joyga to’plab, fikrini eshitib, ma’lumot olib, informatsiya almashib. Unday qilmayapti, nima uchun? Chunki qo’rqadi. O’zbekiston rahbariyatining g’azabi keladi deb qo’rqishadi. Masalan, eslasak, Mo’tabar Tojiboyevaga mukofot berganida (2009-yilda) AQSh elchisini chaqirtirishgan Toshkentda. Shundan beri qo’rqib qolishdi. Termizda Hayratondagi shlagbaumni yopib qo’yar ekan deb qo’rqib qolishdi. Qo’rqish kerak emas. 2006-yilda qamoqda edim. O’sha paytda Iroqda Saddam Husayn ustida sud ishi bo’lgan. Bu jarayon O’zbekiston rahbariyatini ancha cho’chitgan. O’sha paytda ular hamma narsaga tayyor edi. Amerika talab qilsa, o’zgarish qilardi o’sha paytda, lekin qilmadi. Aksincha, teskari siyosat olib borishdi.
 
AMERIKA OVOZI: Amerika siyosatdonlaridan nima uchun muxolifatchilar bilan muloqot yo’q deb so’raganimizda, ular juda tarqoq guruh deb javob qilishadi. Yevropa va Amerikada yashayotgan faollar ko’p, ammo kuchli bir muxolifat mavjud emas, kim bilan gaplashishga hayronmiz, deyishadi. Bunga nima deysiz?
 
UMAROV: O’zbekistonda muxolifat yo’q, chunki Milliy Xavfsizlik Xizmati bunga yo’l qo’ymaydi. U yerda muxolifatga qarshi ishlaydigan maxsus kontr-razvedka bo’limi bor. Ular qancha muxolifatchini yo’q qilsa, shuncha ko’p yulduzcha oladi, mukofot oladi.
 
AMERIKA OVOZI: Lekin chet eldagi muxolifat ham birlashmagan degan fikr keng tarqalgan, to’g’rimi?
 
UMAROV: Gap unda emas. Ular bilan alohida gaplashsa bo’ladi. Mana yaqinda men Kongressda ma’ruza qildim (video). Kongressdagilar meni yaxshi biladi. Xelsinki Komissiyasi, kongressmenlar  va senatorlar yaxshi bilishadi. Yevropaga taklif qilishdi… Biladi hammasi, biladigani. Ko’zini yumib, muxolifat yo’q, deydi. Bor muxolifat, nega yo’q ekan?
 
AMERIKA OVOZI: Aytmoqchisizki, siyosiy iroda, xohish bo’lsa, gaplashish, muloqot qilish mumkin.
 
UMAROV: Albatta siyosiy xohish-iroda bo’lishi kerak. Bo’lmasa, bor narsani ham ko’rmasligi mumkin. Biz (Serquyosh O’zbekistonim koalitsiyasi) 2005-yilning yozida harbiylar, zobitlar bilan gaplashganmiz. Tushuntirish ishlari olib borganmiz. Xalq yana chiqsa ko’chaga, ularni otmang deb. Ot deb tepadan buyruq berishsa ham… O’sha ofitserlar tushungan, aytishgan bizga. Bilasizmi, ular bizga aytishgan, tepadan shunday buyruq kelsa ham otmaymiz, deb. Andijonda otishma bo’lganidan odamlar, ofitserlar ham norozi edi. Bilasiz, O’zbekistonda qanaqa sharoit… Mana shu zobitlar qaraydi-da, qani Amerika kimni qo’llab-quvvatlayapti deb. Ha, mana Amerika shu rahbariyatni quvvatlayapti deb xulosa qiladi hozir.
 
UMAROV: Siz 2004-yilda asos solgan Serquyosh O’zbekistonim koalitsiyasi bugun qanchalik faol?

UMAROV: O’zbekistonda bizni qo’llagan odamlar bor. Har xil tashkilotlarda bor. Guruhlar bor. Men ular to’g’risida gapirmayman, chunki ular mamlakatning ichida. Mana shu odamlarning xafsalasi pir bo’lishi kerak emas. Biz ko’p narsa qilsak bo’ladi. Masalan meni yo’q qilishmoqchi edi. Qamalganimda, o’shanda, o’ldirishmoqchi edi. Lekin meni qo’llab-quvvatlaydigan odamlar shunga yo’l qo’ymadi. Shundan xulosa qilish mumkin Serquyosh O’zbekiston qanday kuchga ega. Shu bois ular bu yerda ham boshqacha qarashi kerak O’zbekiston va uning xalqiga. Chunki keyinchalik baribir o’zgarish bo’ladi. O’shanda xalqni G’arb  bilan hamkorlik qilishga ko’ndirish qiyin bo’ladi, agar G’arb hozir choponni teskari kiyayotgan bo’lsa. Odamlar aytadi, ha bu Amerika Karimovni quvvatlagan deb. Xalq ko’rib turibdi hammasini, nima qora, nima oq. Amerika buni tushunishi kerak. Men shuni tushuntirmoqchiman. Oddiy xalq bu yerda O’zbekiston haqida uncha bilmaydi, lekin bilganlar juda yaxshi munosabatda. Mana bizning shtatimizda... O’zbeklar qayerda yashayotgan bo’lsa, o’sha yerda xalqimizga juda yaxshi qarashadi”.     

AQSh-O'zbekiston aloqalari/Sanjar Umarov - Navbahor Imamova
AQSh-O'zbekiston aloqalari/Sanjar Umarov - Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


Sanjar Umarov yaqinda Kongressda siyosiy mahbuslar masalasini ko'targan edi:


Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Sportchilar va oilaviy zo'ravonlik - US/Sports/Domestic Violencei
X
30.09.2014 23:12
AQSh Futbol Ligasi sportchilar axloqiga ko’z-quloq bo’lishga va’da berayapti. Yaqinda sportchi yulduz o’zining rafiqasini mushtlab hushidan ketkazgani aks etgan video tarqalishi ortidan ligaga bosim oshgan. Obama ma’muriyati esa jabrdiydalarni jim o’tirmaslikka, guvohlarni oraga tushishga undayapti.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Ashraf G'ani( markazda) prezidentlikni qabul qilib olish marosimiga kelmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Ashraf G'ani Kobuldagi Amani maktabiga tashrif buyurdi, 30-sentabr, 2014-yil.

  • Abdulla Abdulla bosh vazirlik lavozimini qabul qilib olish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Sobiq prezident Hamid Karzay o'z lavozimini Ashraf G'aniga topshirish uchun tantanali marosimga tashrif buyurmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Ashraf G'ani (chapda) prezident sifatida qasamyod keltirmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident sifatida qasamyod keltirgan Ashraf G'ani Afg'oniston Oliy sudi raisi Abdul Salom Azimiy bilan qo'l berib ko'rishmoqda, 29-sentabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya Ashraf G'ani - Afg'onistonning yangi prezidenti

Uzoq davom etgan saylov mashmashasidan so'ng Ashraf G'ani Afg'onistonning yangi prezidenti deb e'lon qilindi. Saylovda unga qarshi kurash olib borgan Abdulla Abdulla, o'zaro siyosiy kelishuvdan so'ng, yangi hukumatning bosh vaziri etib tayinlandi. Yangi hukumat ishga tushishi bilan Hamid Karzay davrida AQSh bilan tuzilgan xavfsizlik bitimini imzoladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Gonkongda norozilik namoyishlari

Gonkong politsiyasi ko'zdan yosh oqizuvchi gaz qo'llab, namoyishchilarni tarqatishga urinishiga qaramay, aholi ko'chalarni tark etmayapti. Ular Pekinning siyosiy islohotni cheklashga qaratilgan choralaridan norozi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ebola epidemiyasi suratlarda

Ebola epidemiyasi kengayishda davom etmoqda. BMT Bosh Assambleyasi yig'inida ham shu mavzuga alohida e'tibor qaratildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Varshava, Polsha: O'zbekistonda inson huquqlari va siyosiy mahbuslar

Nyu-Yorkda asoslangan xalqaro tashkilot, inson huquqlari bo'yicha "Human Rights Watch" (HRW) o'zining 121 betlik yangi hisobotida tahlil qilishicha, O’zbekiston inson huquqlari keng ko’lamda poymol etiladigan davlat; so'z va fikr erkinligi faqat qog'ozda; bu huquqlarni amalda qo'llash - qamoq va qiynoq tomon yo'l. Tahlilnoma Varshavada e'lon qilindi. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti u yerda inson huquqlari bo'yicha yillik majlisini o'tkazmoqda. Unda O'zbekistonning taniqli huquq himoyachilari Vasila Inoyatova va Mo'tabar Tojiboyeva singari faollar so'zga chiqqan va qamoqxonalardagi vaziyat haqida tanqidiy hisobotlar bergan. Konferensiya doirasida siyosiy mahbuslarning ozod etilishiga chaqiruvchi namoyishlar ham o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Minglab odamlar iqlim himoyasiga otlandi

Yakshanba kuni minglab odamlar namoyishga chiqib, siyosat ahlini iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi dadilroq harakat qilishga chaqirdi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI