Shanba, 20-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 18:58

Markaziy Osiyo

Qozog'istonlik o'zbeklar Sayram nomi o'zgarishidan xavotirda

Sayram shahriga kirish darvozasi, Sayram, Qozog'iston.
Sayram shahriga kirish darvozasi, Sayram, Qozog'iston.
Qozog’istonda Markaziy Osiyoning qadimiy markazlaridan hisoblangan Sayram shahrining bir qismini Chimkent shahriga qo’shib olish haqida xabarlar tarqalgan. Shu yerda istiqomat qiluvchi mahalliy o’zbeklar bundan xavotirda. Ularning aytishicha, Qozog’istonda geografik nomlarni o’zgartirishga qarshi besh yillik moratoriy qo’yilganiga qaramay, shahar nomining o'zgarishi haqidagi gaplar tobora ko'proq quloqqa chalinmoqda.


Qozog’istonlik o’zbek shoiri Sulton Yo’ldosh uch ming yillik tarixga ega Sayram nomining o’zgarishi mumkinligidan qattiq xavotirda.

“Sayramning tarixi uch ming yildan oshadi. Hozir Sayramni Chimkent shahri tarkibiga qo’shilishi munosabati bilan uning nomini o’zgartirishmoqchi. Biz bunga qarshimiz. Viloyat hokimligiga murojaat ham qildik. Ularning programmasiga ko’ra, Sayram shaharga qo’shilgandan keyin uning nomi ham yo’qotilishi kerak. Hozir ko’pchilik bo’lib shu nomni saqlab qolishga harakat qilmoqdamiz. Sayram nomi “Aveto”da uchraydi, “YUNESKO” ro’yxatiga ham kiritilgan ”, - deydi Sulton Yo’ldosh.

Sayramliklar nima sababdan Sayram nomini o’zgartirishga qaror qilingani haqida aniq ma’lumotga ega emas. Biroq bu qaror nafaqat sayramliklarni, balki Chimkentdagi jamoatchilikni ham xavotirga solgani aytiladi.

Sayram aholisi Janubiy Qozog’iston viloyati hokimligiga ariza yozib, uch ming yildan buyon mavjud Sayramning nomi va maqomini saqlab qolishni so’ragan.

“Sayram qishlog’i nomidagi Sayram rayoni bor. Rejaga ko’ra, bu rayonning  o’zi ham yo’q bo’ladi, uning yerlari uchta rayonga qo’shib berilishi kerak. Sayram rayoni ham, qishlog’i ham bo’lmaydi, umuman, Sayramning nomi qolmaydi. Sayram rayonining 160 mingdan oshiq aholisi bor, ko’proq o’zbeklar yashaydigan joy”, - deydi Sulton Yo’ldosh.

Viloyat hokimligidan bu borada aniq ma’lumot olish, bevosita mavzu bo’yicha  javob bera oladigan mutasaddini topishning imkoni bo’lmadi.

Viloyatdagi o’zbek madaniyat markazi rahbari Ikrom Hoshimovga ko’ra, gap faqat Sayramning shaharga qo’shilishi haqida bormoqda, nom o’zgarishi haqida emas.
“Sayramning nomi o’zgarishi haqida hech qanday ma’lumot ham, ko’rsatma ham yo’q, faqat shaharga qoshilishi mumkin. Bu haqda bekorga vahimali xabar  chiqarmaslik kerak”, - deydi u.
 
Shoir Sulton Yo’doshga ko’ra, qaror viloyatda emas, respublika miqyosida qabul qilingan.
“Bu yerdagi ko’pchilik ham Sayram nomi qolishi tarafdori, lekin bu masala yuzasidan Parlament miqyosida, prezident qabulida  qaror berilgan degan gap bor”, - deydi u.

O’tgan dekabr oyining oxirida Qozog’iston Parlamenti Onomastika - joy nomlari, atamalar bo’yicha mavjud qonunga o’zgartirishlar kiritdi.

Bungacha Qozog’istonda joy nomlarini o’zgartirishga nisbatan besh yillik moratoriy amalda edi.

Parlamentda qonun yuzasidan gapirgan Qozog’iston Madaniyat Ishlari vaziri Darxan Minbayga ko’ra, mamlakat ehtiyojlaridan kelib chiqib, joy atamalarini qo’llash yuzasidan qonunni takomillashtirishga  qaror qilingan. Vazirga ko’ra, joylarga nom berishda mamlakat bilan bog’liq bo’lmagan holatlar ko’p uchraydi.

Sayram nomining o’zgartirilishi haqidagi xabarlar Qonundagi yangiliklarga  qanchalik bog’liqligi noma’lum, ammo Sayram o’rniga qo’yish uchun rejalanayotgan muqobil nom haqida ma’lumotlar bor.

“Sayramni ikkiga bo’lib, yarmini Savrin, yarmini Martibi deb nomlashmoqchi. Yer bo’yicha mutaxassislar buni kartada ko’rgan, yig’ilish qilib odamlarga ham aytgan. Yig’ilishda bu masalani faqat yuqoridagilar hal qilishi mumkinligini aytishgan. Sayramning yonida Martibi degan bir tepalik bor. Shuning yonida uchta tarixiy biy yig’ilib, majlis o’tkazgan. Shu nomni olishmoqchi”, -deydi  shoir Sulton Yo’ldosh.

Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri sanalgan Sayram azaldan o’zbeklar ko’proq yashaydigan aholi punktlaridan hisoblanadi. 1999-yilda Sayram o’zining uch ming yilligini rasman tantana qilgan edi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: ravshanbek E-mail adresingiz: Chimkent
08.01.2013 16:46
мен қозоқ кишилардан куб эшитдим Сайрамликлар автаномия талаб қилишаётган экан шунга сайрамни булиб юбориш керак булибди. Бу бир бахона улар сайрам туманида узбеклар куплигидан қурқади улар узбеклар боши бирикмаслигини хохлашади

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQSh Iroqqa qo'shin kiritmaydi lekin "Islomiy davlat" nishonda - Obama/US Militaryi
X
19.09.2014 22:52
Prezident Barak Obama Iroqqa qo’shin kiritmaslik qarorida qat’iy. Pentagon agar zarurat tug’ilsa, Iroqqa piyoda askarlar ham safarbar etilishi mumkin deb bildirgan edi. Lekin prezident bu niyatdan yiroq.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Peshmerga guruhining ayol jangchilari Sulaymoniyadagi harbiy lagerda mashg'ulotlardan o'tmoqda, 18-sentabr, 2014-yil.

  • Chex va kanadalik askarlar Iroq uchun mo'ljallangan o'q-dorini samolyotga yuklamoqda, Pardubitse aeroporti, Chex Respublikasi, 18-sentabr, 2014-yil.

  • AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Kongressda Iroq va Suriyadagi jangarilarga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish haqida gapirar ekan, yaqinda Saudiya Arabistonida o'tgan sammit aks etgan gazetani ko'rsatmoqda, Vashington, 17-sentabr, 2014-yil.

  • Nemis askari tanklarga qarshi raketa otuvchi quroldan qanday foydalanishni ko'rsatmoqda. Bu qurollar Iroq shimolidagi kurdlarga topshirilishi kutilmoqda, Berlin, 18-sentabr, 2014-yil.

  • Prezident Obama Floridada AQSh askarlari bilan uchrashib, Iroqqa piyoda qo'shinlar yuborilmasligini ta'kidladi, 17-sentabr, 2014-yil.

Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan qabul marosimi

9-sentabr kuni Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Fotogalereya

Fotogalereya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqqa keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqqa uyushtirgan safari doirasida Iroqqa ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi olib borilayotgan kurash asosiy mavzu bo'ldi. Kerri Iroqning yangi Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashayotgan yuqori martabali ilk AQSh rasmiysidir.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI