Yakshanba, 20-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 18:18

AQSh-Markaziy Osiyo

Sietlda O'zbekiston kelajagi haqida anjuman o'tdi

Sietl universiteti, 19-yanvar, 2013
Sietl universiteti, 19-yanvar, 2013

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
19-yanvar kuni Sietlda, Toshkentning birodar shahrida, o’zbekistonlik yoshlar tashabbusi bilan anjuman bo’lib o’tdi. Unda Amerikaning yetakchi ekspertlari, bu davlatda yashayotgan o’zbek muxolifati a’zolari, xususan "Serquyosh O'zbekiston" rahbari Sanjar Umarov va "Birdamlik" yetakchisi Bahodir Choriyev hamda ko’plab ziyolilar qatnashdi. Tashkilotchi – AwarenessProjects.org deb nomlangan nohukumat tashkiloti.

O'zbekiston kelajagi va yoshlar, AwarenessProjects.org/Navbahor Imamova
O'zbekiston kelajagi va yoshlar, AwarenessProjects.org/Navbahor Imamovai
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

Ingliz tilini bilmagan odamning AwarenessProjects.org degan nomni eslab qolishi qiyin.

O’zini jamoatchilik tashkiloti deb bilgan bu guruhning maqsadi nima?
 
“Informatsiya berish, yoshlarni muhim masalalar bilan tanishtirish, ularning bilimini oshirish. “Awareness Projects” - ogoh qiluvchi dasturlar”,- deydi Nurullayev.
 
Suhbatdoshimiz yoshlarni xavfli viruslar, masalan, immunitet taqchilligi virusi yoki sindromi (SPID) singari balolardan saqlash uchun zarur axborot berish singari vazifalarni nazarda tutmoqda.
 
Amerikada bilim olib qaytgan yoshlar vatanda 2007-2009-yillar orasida AQSh hukumati ko’magi bilan yozgi lagerlar tashkil etib, ularda o’smirlarni bir davraga to’plab, nozik mavzular, xususan, SPID, inson huquqlari, demokratiya haqida munozara yuritadi.

Yoshlarning bu masalaga befarq emasligi, ko’proq ma’lumot olishga oshiqayotganini ko’rgan Dmitriy Nurullayev va safdoshlari yangi g’oyalar bilan chiqadi. Lekin sal o’tmay Milliy Xavfsizlik Xizmati bosimiga uchraydi. Shundan keyin vatanni tark etishni ma’qul ko’radi va bugungi kunda Amerika oliygohlarida tahsil olib, bilimi va iqtidorini oshirmoqda. 

AwarenessProjects.org – yoshlar bosh-qosh, yosh tashkilot. Afsuski, deydi Dmitriy Nurullayev, O’zbekiston qiz-yigitlari bilan faqat internet orqali muloqot qilish mumkin, bu ham ancha cheklangan.

Yaqindan boshlab tashkilot o’z strategiyasini o’zgartirdi. Endi asosiy e’tiborni Amerika ahlining O’zbekiston haqidagi tasavvurini, bilimini oshirishga qaratmoqda. Xo’sh, loyihalar uchun mablag’ qayerdan keladi?
 
“Ko’p so’rashadi bu haqda bizdan. Boshida AQSh hukumati demokratiya targ’iboti uchun bir marta grant bergan edi. Hozirda dasturlarimiz uchun moliya, asosan, turli jamg’arma va donor tashkilotlardan keladi. Byudjetimiz juda kichik. Biz oylik uchun ishlamaymiz. Xodimlarimiz uchun bu ko’ngilli ish. Hammamizning tirikchiligimiz bor. Lekin vaqt ajratib, mana shunday faoliyat olib boramiz”. 
 
Demokratiya deb bu yoshlar nimani nazarda tutmoqda? 
 
“Demokratiya bir kunda bo’ladigan narsa emas. Demokratik jamiyat qurish uzoq vaqt va qattiq mehnat talab qiladi. Biz O’zbekiston bugun yoki ertaga demokratik jamiyat bo’lib qolsin deb talab qilayotganimiz yo’q. Lekin maqsadimiz – yoshlar demokratiya nima ekanini bilsin. Ularning ongiga bu tushunchani singdirish – bizning niyatimiz”.
 
Imkon qadar harakat qilayapmiz, deydi Dmitriy Nurullayev. Kimlardir bu tashabbusni mensimay bu juda arzimaydigan harakat deyishi mumkin, ammo hamma qo’ldan kelgancha hissa qo’shishi lozim, deydi u.

Masalan, Amerika, dunyoning eng qudratli mamlakatida odamlar O’zbekiston u yoqda tursin, hatto butun Markaziy Osiyo haqida ham deyarli bilmaydi. O’zbekiston desangiz, Afg’oniston deb o’ylaydi.

Informatsiya asrida bunday loqaydlik yaramaydi, deydi Dmitriy Nurullayev. Insoniyat o’zi atrofida va butun dunyoda nima bo’layotganiga ko’z yumib yashay olmaydi, chunki yer yuzining bu chekkasida bo’layotgan kichik bir o’zgarish narigi chekkasidagi hayotga ta’sir qilishi muqarrar.
 
O’zbekiston kelajakda qanday boshqaruvga ega bo’lishi mumkin, respublikani qanday siyosiy o’zgarishlar kutmoqda, degan savolni o’rtaga tashlab, AwarenesspProjects.org Sietlda, Toshkentning birodar shahrida, davra suhbati o’tkazishga qaror qildi.

Unda ishtirok etgan tahlilchi, Registan.net sayti asoschisi, O’zbekiston xususida G’arb ommasi uchun sharhlar yozib tanilgan Natan Xemm (Nathan Hamm) “Amerika Ovozi” bilan suhbatda deydiki, yaqin yillarda O’zbekistonda "rejim yangilanishini" kutmang.

Hatto Islom Karimov prezidentligi tugagan taqdirda ham, deydi u, tuzum o’zgarishi qiyin. Tashqi dunyo sabr-toqat bilan yondashishi kerak, lekin demokratiya targ’ibotini, iqtisodiy-ijtimoiy hamkorlik va yordamni to’xtatmasligi, aksincha, kuchaytirishi kerak, deydi u.
 
Dmitriy Nurullayev (o'ngda) va Aziz Yo'ldoshev, AwarenessProjects.org tashkilotini yuritayotgan yoshlarDmitriy Nurullayev (o'ngda) va Aziz Yo'ldoshev, AwarenessProjects.org tashkilotini yuritayotgan yoshlar
x
Dmitriy Nurullayev (o'ngda) va Aziz Yo'ldoshev, AwarenessProjects.org tashkilotini yuritayotgan yoshlar
Dmitriy Nurullayev (o'ngda) va Aziz Yo'ldoshev, AwarenessProjects.org tashkilotini yuritayotgan yoshlar
Bu tashkilotga, uning tashabbuslariga nima uchun jiddiy qarash kerak?

“Ozgina bo’lsa ham yutuqqa erishganmiz. O’zbekistonda 300 bolaning SPID haqidagi bilimini oshirganmiz. Agar bizning harakatimiz bilan ularning bittasi bo’lsa ham shu kasallikdan o’zini saqlay olgan bo’lsa, biz baxtiyormiz",- deydi Nurullayev.

"Bu volontyorlik tashkiloti. O’zbekistonda ko’ngilli xizmat uncha keng tarqalmagan. Tushunsa bo’ladi buni, chunki turmush darajasi yuqori bo’lmagan jamiyatlarda odamlar o’z tirikchiligi haqida ko’proq o’ylaydi… Biz o’zimiz qatori yoshlarni yangicha o’ylashga, mana shunday qo’ldan kelgancha ijtimoiy foydali ishlar qilishga undashga urinayapmiz”.    
 
Internet-muloqot, yoshlar bilan bog’lanish juda qiyin, deydi Dmitriy Nurullayev.
 
“O’zbekistonda internet kafelarga kirsangiz, devorlarga siyosiy saytlarga kirish taqiqlangan, kirganlar 10 ming so’m jarima to’laydi deb yozib qo’yilgan. Bunday sharoitda yoshlar nima qilsin?”
 
Mana hozir chet elda ham yoshlar ko’p, muhojirlar va turli sabablar bilan vatandan uzoqda yashayotgan o’zbekistonliklar. Lekin ularning hammasi ham siyosatga qiziqmaydi yoki bu borada biror tashabbusga bosh qo’shishni ma’qul topmaydi. Vatandagi oilasi va yaqinlari tinch bo’lishini, qolaversa, o’zi bemalol borib kelishni xohlaydi.
 
Dmitriy Nurullayev va uning tashkilotida ishlaydigan boshqa yoshlar kelajak avlod bir-biri bilan erkin fikr almasha olsin, bir-birini tinglashni o’rgansin; o’z prinsiplariga, mustaqil va keng dunyoqarashga ega bo’lsin, deydi. Buning uchun esa ozmi-ko’pmi muloqot qilaverish kerak, deydi bu faol.

“Bizning maqsadimiz – bolalarga nima o’ylashni o’rgatish emas, ularga savol berib, o’z fikrini erkin, qo’rqmay bayon etishga undash. Toki, yoshlar bir-biridan o’rgansin, shaxs sifatida nima istashini ayta olsin”, - deydi Dmitriy Nurullayev.

O'zbekiston kelajagi va yoshlar/AwarenessProjects.org, Uzbekistan's futurei
X
23.01.2013
19-yanvar kuni Sietlda, Toshkentning birodar shahrida, o'zbekistonlik yoshlar tashabbusi bilan anjuman bo'lib o'tdi. Unda Amerikaning yetakchi ekspertlari, bu davlatda yashayotgan o'zbek muxolifati a'zolari hamda yana ko'plab ziyolilar qatnashdi. Tashkilotchi - AwarenessProjects.org deb nomlangan nohukumat tashkiloti. Uning asoschisi Dmitriy Nurullayevni Vashingtonga safari chog'ida suhbatga tortdik.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
AQShda farzand boqib olgan o'zbekistonlik ona bilan suhbat- Boston, Massachussetts shtatii
X
19.04.2014
Boston va uning atrofida o'zbeklar boshqa katta shaharlarga qaraganda unchalik ko'p emas. Dunyoning bu qismlariga asosan talabalar kelib ketadi. Lekin bugun o'zbekistonlik oilalar yetib bormagan joy yo'q.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada qonli kun

Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda olcha gulladi

Har yili aprel oyida Vashington shahri olcha gullari bilan burkanadi. Bir asr muqaddam Yaponiya tomonidan hadya qilingan ko’chatlar bugun Vashingtonning ramziy ko’rkiga aylangan. Olchaning gullash mavsumi har yili 10 kuncha davom etadi. Yilning bu davrida Vashington sayyohlar bilan to’ladi. Chunki ayni shu kunlarda poytaxt Olcha guli festivalini tashkil qiladi. Vashington bo’ylab yapon madaniyati kunlari o’tkaziladi. Musiqa va raqs, me’morchilik san’ati, urf-odatlar, kinolar namoyish etiladi. Yapon tili va adabiyoti ham targ’ib qilinadi. Yaponiyadan mehmonlar kelib, sahnada amerikaliklarni xushnud qiladi. Ikki xalq san’atini ifodalovchi asarlar namoyish etiladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Janubiy Afrika Respublikasi notinch

BMT Xavfsizlik Kengashi tobora notinch Janubiy Afrika Respublikasiga keng ko’lamli tinchlikparvar qo’shin safarbar etadi. Salkam 12 ming kishilik missiya tinch aholini himoya qilib, insonparvarlik yordami qatnovini ta’minlaydi. Mamlakatda mazhablararo adovat va zo’ravonlik minglab odamlarni hayotdan olib ketdi. Afrikalik olti ming va fransiyalik ikki ming qo’shin tinchlikni saqlay oladi, deydi BMT rasmiylari. Xalqaro qo’shinlar 15-sentabrda ishga kirishadi. AQShning BMTdagi elchisi Samanta Pauer shu hafta Markaziy Afrika Respublikasida bo’ldi. Qo’shma Shtatlar Afrika ittifoqi qo’shinlarini qo’llab quvvatlaydi; jahon hamjamiyati bu davlatga dadilroq yordam berishi lozim, deydi elchi. BMT, xususan, Markaziy Afrika Respublikasida 19 ming musulmon hayoti jiddiy tahdid ostida va ular mamlakatning xavfsiz hududlariga yoki xorijiy davlatga ko’chirilishi kerak, deya ogohlantiradi. Nasroniy jangarilar musulmon aholiga qarshi qonli hujumlarni boshlagandan beri o’n minglab musulmon poytaxtni va g'arbiy viloyatlarni tark etgan. Ayrim mahalliy rasmiylarning aytishicha, aholini ko’chirish choralari ixtilofni yanada kuchaytirib, mamlakatni parchalab yuborishi mumkin.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI