Shanba, 02-avgust, 2014 Toshkent vaqti: 05:23

Amerika

Amerikada ba'zilar Qo'shma Shtatlardan ajralishni istaydi

Amerika Ovozi
Yaqinda bir necha shtat aholisi Oq uyning internetdagi sahifasida AQSh tarkibidan chiqish uchun ariza to’ldirgan. Eng ko’p imzolar Texas shtatidan olinib, prezident Barak Obamaning qayta saylanganidan uch kun o’tib, saytda e’lon qilindi.

Texas milliy harakati deb nomlanuvchi tashkilot bu tashabbus bilan chiqmagan bo’lsa-da, aholini ariza to’ldirishga chorlamoqda. Guruh rahbari Kary Yayzning aytishicha, xalq davlat qarzi oshib borayotganidan xavotirda.

"Federal hukumat qarzni ortiq uza olmas ekan, buning og’iri nafaqat Texas balki boshqa shtatlarga ham tusha boshlaydi", - deydi u.

Ayrimlar federal xarajatlar oshayotganidan, hukumat xususiy biznes ishiga ko’p aralashayotganidan norozi. Biroq aksariyat texasliklar mustaqillik g’oyasidan yiroq.

“Men imzo chekmayman. Bu axir ahmoqlik! Mustaqil hayot kechirish uchun shtatda yetarlicha resurslar yo’q”, - deydi ular.

Oq uyning onlayn sahifasida boshqa shtatlardan ham fuqarolar mustaqillik talab qilgan. Aksariyati prezident saylovlarida respublikachilardan nomzod Mitt Romniga ovoz bergan shtatlar. Tarixda ular Texas kabi ittifoqdan ilk bor chiqqanida Amerikada fuqarolik urushi boshlangan edi.

Onlayn arizalarda Obamaning qayta saylangani sabab qilib ko’rsatilmagan. Biroq texaslik arizachilar federal hukumatni vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda ayblamoqda. Shu paytga qadar petitsiyani 115 mingdan ziyod odam imzolagan.

Xyustondagi Rays universitetida siyosiy fanlar professori Mark Jounsning aytishicha, Texas hech qachon AQSh tarkibidan chiqmaydi.

"Bu ko’proq shoudir, siyosiy shou, haqiqiy bo’lginchilik harakatidan yiroq. Tashabbus ortida jiddiy liderni ham ko’rmaysiz", - deydi Jouns.

Olim imzo chekkanlar soni shtatda yashovchi 25 milliondan ziyod aholining o’ta kichik bir qismi ekaniga diqqatni qaratadi.

"Dallas tomonda bir talabaning hazil sifatida qilingan ishi edi. O’z imzosini qo’yganlarning ko’pi, hatto Texasdan emas", - deydi Mark Jouns.

Oq uy saytiga kirgan har bir odam ro’yxatdan o’tib, petitsiyaga qo’shilishi mumkin.

Texas milliy harakati Xyustondagi restoranda o’tirish uyushtirib, mustaqillik tarafdorlarini to'plagan. 20 tacha odam kelgan, xolos.

Ulardan biri Jina ismli ayolning aytishicha, Qo’shma Shtatlardan ajralish mumkin emas.

"Bunday bo’ladi deb tasavvur ham qilolmayman. Ammo shunday bo’lgan taqdirda aynan Texasdan buni kutsa bo’ladi", - deydi u.

Bu fikrga hamma qo’shilmasa-da, texaslik professorning aytishicha, onlayn petitsiya Vashingtondagi hukumatga nisbatan norozilikni ifoda etishning oson yo’li.

AQShdan ajralishni xohlayotganlar/Texas Secession Movementi
X
05.12.2012 05:13
Siyosatdan norozimisiz, AQShda prezidentning veb sahifasiga kirib, buni ochiq aytishingiz, kerak bo'lsa, yurtdoshlaringizni davlatga qarshi chiqishga undashingiz mumkin. Yaqinda Oq Uy saytida turli shtatlardan bir necha amerikalik ittifoq tarkibidan chiqish uchun ariza berdi. Ariza jiddiy qabul qilinishi uchun ovoz-imzo yig'ish kerak. Eng ko'p imzo Texas shtatidan. Bu fuqarolar Barak Obamaning prezidentlikka qayta saylanganidan norozi. Biroq shtat aholisining aksariyati yuqoridagi taklifni jiddiy qabul qilmaydi.


Obama, prezidentlikning ikkinchi muddati/Obama 2nd termi
X
08.12.2012 03:11
Noyabr boshidagi saylovlarda g'alaba qilgan Barak Obama prezidentlikning ikkinchi muddatini boshlashga hozirlanmoqda. Yaqin o'tmishga nazar tashlaydigan bo'lsak, ikkinchi muddat biror rahbar uchun oson kechmagan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Global yoshlar lagerii
X
01.08.2014 19:15
Yoz davomida ko’plab yoshlar hordiq chiqarishni afzal ko’rsa-da, Virjiniyaning Bedford shaharchasidagi yigit-qizlar bundan mustasno. Ular “Xalqaro meros” tashkiloti uyushtirgan 12 kunlik Global yoshlik qishlog’i yozgi lagerida tahsil olmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • G'azo
  • G'azo
  • Falastinlik qochqin
  • Isroil askari
  • Isroil tanklari
  • G'azo
  • G'azo
  • G'azo
  • G'azo
  • Isroil askari
  • Isroil harbiylari
  • G'azo
  • G'azo
  • Isroil
  • Tel-Aviv
  • G'azo
Fotogalereya

Fotogalereya G'azoda sulh quladi, Isroil va HAMAS bir-birini aybladi

Juma yongda e'lon qilingan uch kunlik sulh ikki soat o'tar-o'tmay buzildi.
Fotogalereya

Fotogalereya G'azo inqirozi - 31-iyul, 2014-yil

G'azoga Isroil raketalari yog'ilishda davom etmoqda. Tomonlar hujumlarni to'xtatish bo'yicha hanuz kelishuvga erishgani yo'q. Halok bo'lgan falastinliklar soni 1500 ga yetgan.
Fotogalereya

Fotogalereya G'arbiy Afrikada Ebola virusi tarqalmoqda

G'arbiy Afrikaning bir qator mamlakatlarida o'limga yetaklovchi Ebola virusiga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Shu paytgacha 1000 dan ortiq odam halok bo'lgan. Virus yuqtirib olganlar izolyatsiyalangan maxsus kasalxonalarda saqlanmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Kunning suratlari - 29-iyul, 2014-yil

G'azoda aholini tok bilan ta'minlovchi asosiy elektr stansiyasi Isroil hujumiga uchradi. Shotlandiyada 2014-yilgi Hamdo'stlik sport o'yinlari bo'lib o'tmoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Hayit ayyomi

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI