Breaking News

Senator Kerri: Markaziy Osiyoda siyosiy-iqtisodiy islohotlarni quvvatlash kerak


AQSh Senati Tashqi ishlar qo’mitasi raisi, demokrat qonunchi Jon Kerri fikricha, Markaziy Osiyo – g’oyat muhim mintaqa.
AQSh Senati Tashqi ishlar qo’mitasi raisi, demokrat qonunchi Jon Kerri fikricha, Markaziy Osiyo – g’oyat muhim mintaqa.

AQSh Senati Tashqi ishlar qo’mitasi raisi, demokrat qonunchi Jon Kerri fikricha, Markaziy Osiyo – g’oyat muhim mintaqa.

"
Afg’onistonda maqsadlarimizga erishish va mintaqaviy barqarorlik yo’lida har bir respublika o’ziga xos rol o’ynaydi”,- deydi u.

Senat shu mazmunda hisobot chiqarib, Obama ma’muriyati va Amerikaga hamkor davlatlarni Markaziy Osiyoga diqqatni oshirishga undamoqda.

Vashingtonning Pokiston bilan aloqalari sovuqlashgan bir paytda bunday bayonot bilan chiqib, Senat nimani ko’zlamoqda?

Bu savolga javobni hisobotning o’zidan topsak bo’ladi. Amerika 2014-yilda Afg’onistondan barcha qo’shinlarini olib chiqishga bel bo’glagan. Lekin bu bilan mamlakatni o’z holiga tashlab qo’ymoqchi emas. Qo’shni davlatlarni ko’proq yordam berishga va Afg’onistondagi rolini kuchaytirishga chaqirmoqda.

Shundagina, deydi senator Jon Kerri, AQShning ishi osonlashadi, ya’ni Afg’onistondagi muammolarga yechimni regionni o’zi topa boshlaydi. Bu albatta uzoq muddatni ko’zlovchi niyat.

"Pokistondagi ichki dinamika, u yerdagi jarayonlar, Afg’onistondagi vaziyatga eng ko’p ta’sir qiluvchi omildir, lekin Markaziy Osiyo davlatlari xalqaro koalitsiyaga zarur vositalar yetkazib berish va urushlardan tinkasi qurigan mamlakatni qayta qurishga katta hissa qo’shmoqda”, - deyiladi Kerri boshchiligida yozilgan hisobotda.

Senat shu tariqa Obama ma’muriyati va butun Kongressni mintaqaga nisbatan siyosatni jadallashtirib, har bir respublika bilan faol hamkorlikka kirishib, nafaqat xavfsizlik, balki siyosiy-iqtisodiy taraqqiyot bobida yordamni oshirish haqida o’ylashga chorlamoqda.

Senat Tashqi ishlar qo’mitasidan katta bir guruh shu yilning oktabr oyida Tojikiston, Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’izistonga borib, vaziyat bilan tanishdi. Siyosiy doiralarda bo’lgan, fuqaro jamiyati vakillari bilan uchrashdi.

Ular AQSh 2014-yilda Afg’onistonni tark etishidan oldin nimalar qilmog’i zarurligi haqida mahalliy fikr bilan tanishdi.

Obama ma'muriyati Islom Karimov bilan muntazam muloqot ish berayapti deydi. Inson huquqlari bo'yicha tashkilotlar bu fikrdan yiroq.
Obama ma'muriyati Islom Karimov bilan muntazam muloqot ish berayapti deydi. Inson huquqlari bo'yicha tashkilotlar bu fikrdan yiroq.

Senat quyidagilarni tavsiya qiladi:

Birinchidan, xavfsizlik va siyosiy prioritetlarni muvozanatlang. Afg’onistondagi harakatlarni quvvatlash uchun qilinayotgan hamkorlik Amerikaning regiondagi uzoq muddatli manfaatlariga soya solmasin. Xavfsizlikni ta’minlash ustuvor masala, lekin Qo’shma Shtatlar siyosiy va iqtisodiy islohotlarni targ’ib qilishi, demokratiya va odil boshqaruv uchun sarmoya ajratishi, sog’liqni saqlash, iqtisodiy yordam va ta’lim, xususan ingliz tilini o’qitishga ko’proq ahamiyat qaratishi kerak. Moliyaviy jihatdan qiyin bir davrda ekanmiz, Afg’oniston uchun ajratilgan mablag’ chegaralar osha ham sarflanishi lozim, chunki yuqorida tilga olingan ko’mak butun mintaqa ravnaqi uchun xizmat qiladi. Tojikiston va Qirg’izistondek zaif davlatlarga yordamni oshirish - Markaziy Osiyo farovonligi yo’lida ko’rsatilgan ko’mak bo’ladi.

Almazbek Atambayev Amerika bitim muddati tugagach "Manas"dan chiqadi deydi
Almazbek Atambayev Amerika bitim muddati tugagach "Manas"dan chiqadi deydi
Tojikiston, Amerika nazarida, juda zaif tuzum
Tojikiston, Amerika nazarida, juda zaif tuzum

Ikkinchidan, Yangi Ipak Yo’li faqat Afg’oniston bilan cheklanib qolmasin, ya’ni Markaziy va Janubiy Osiyoni bog’lovchi yangi savdo yo’llari qancha keng bo’lsa, shucha yaxshi. Amerika bu borada qancha mablag’ ajrata oladi? Mintaqadagi davlatlar tijorat va sarmoya ko’lamini kengaytirish uchun nima qilishlari lozim? Kontinental transport va savdo, xususan mintaqaviy hamkorlik sust ekani ishning beliga tepishi aniq. Yangi Ipak Yo’li xususiy sektorni rivojlantirish va biznes muhitni yaxshilashni talab qiladi. AQSh siyosiy-iqtisodiy islohotlarni quvvatlab, mavjud mablag’ni to’g’ri sarflab, muhim rol o’ynay olishi mumkin.

Uchinchidan, Markaziy Osiyo Qoradoriga qarshi kurash tashabbusi – mintaqa hukumatlaridan zarur axborot almashishni, birga ishlashni taqozo etadi. Mintaqada nafaqat hamjihatlik va siyosiy iroda yetishmaydi, balki korrupsiya chuqur ildiz otgan. Amerika hukumati bu tashabbus eng ko’p samara berishi mumkin bo’lgan davlatni tanlab, dasturni sinab ko’rishi kerak. Markaziy Osiyo va Afg’oniston chegara xizmatlari va qurolli kuchlari orasida hamkorlikni yaxshilash borasida Amerika dadilroq harakat qilishi kerak.

Shimoliy Ta’minot Tizimi deya tanilgan yo’nalish Afg’onistondagi xalqaro koalitsiyaga yuk tashiydi. Unda Markaziy Osiyoning barcha respublikalari, shuningdek, Rossiya, Kavkaz va Boltiqbo’yi davlatlari ham hissa qo’shib kelmoqda. Yirik bir loyiha shu paytgacha silliq kechayotgani shundan dalolatki, deydi AQSh rasmiylari, mamlakatlar bir-biri bilan ishlay oladi.

Tojik-afg'on chegarasi
Tojik-afg'on chegarasi

AQSh Transport Qo’mondonligi bergan ma’lumotlarga ko’ra, Afg’onistonga oziq-ovqat, qog’oz, xo’jalik mollari, qurilish materiallari va iste’mol uchun zarur boshqa mahsulotning 75 foizi hozir Shimoliy Ta’minot Tizimi orqali boradi. Umuman olganda, Afg’onistonga yetkaziladigan yukning 40 foizi bu tizim, 31 foizi havo, 29 foizi esa Pokiston orqali o’tadi. O’zbekistonning eng ahamiyatli jihati shuki, Shimoliy Ta’minot Tizimi olib kelayotgan yukning qariyb 70 foizi Hayraton Darvozasidan kiradi.

AQSh nazarida hozirda Pokistonda asoslangan O’zbekiston Islomiy Harakati va Islomiy Jihod Ittifoqi Tolibon va Haqqoniylar bilan hamkorlikda Afg’oniston va butun mintaqa hayotiga raxna solishda davom etmoqda. Markaziy Osiyo hukumatlari ularga katta tahdid sifatida qaraydi va Amerika Afg’onistondan chiqib ketgach, vaziyat yomonlashadi deya xavotirda.

O'zbek-afg'on chegarasi
O'zbek-afg'on chegarasi

BMT hisobicha, Afg’onistondan chiqadigan qoradorining 25-30 foizi Markaziy Osiyo orqali jahon bozoriga yo’l oladi, eng ko’pi Tojikiston hududidan.

2010-yilda AQSh Markaziy Osiyoda noharbiy maqsadlarda 186, 2 million dollar sarflagan. 2011-yilda bu son kamaygan. Tinchlik va xavfsizlik yo’lida 2010-yilda 257,52 million dollar ajratilgan. Joriy yilda bu ham ozaygan.

O’tgan yili umumiy xarajat 436,24 million dollarni tashkil etgan. Afg’onistonda jami 14,78 milliard dollar sarflanganini hisobga olsak, shimoldagi muhim qo’shnilar uchun buning atigi 3 foizi ham ishlatilmagan.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG