Breaking News

Viskonsin ibodatxonaga hujumda o’lganlar bilan vidolashdi

Mutasaddilar falokatga turtki bergan sabablarni aniqlashga harakat qilmoqda. Dastlabki taxmin shuki, jinoyatchi nafrat hissi bilan yongan.
Mutasaddilar falokatga turtki bergan sabablarni aniqlashga harakat qilmoqda. Dastlabki taxmin shuki, jinoyatchi nafrat hissi bilan yongan.
Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga bostirib kirib, odamlarni o’qqa tutgan va olti odamning boshini yegan shaxs - 40 yoshli Veyd Maykl Peyj, sobiq harbiy. Politsiya uni yaralagach, Peyj o’z joniga qasd qilgan. Uch kishi og’ir yarador. Xalq qayg’uda.

AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar xotirlanmoqda. Marosimda minglab odamlar, jumladan, Adliya vaziri Erik Xolder va Viskonsin gubernatori Skott Voker ishtirok etgan.

Tadbir oldidan ibodatxona devorlari qon izlaridan tozalandi. O’lganlar 39-84 yoshlar oralig’ida.

“Prakash Singx, 39 yoshda edi”.

Fojia, tabiiyki, dillarni vayron qildi…

“Ranjit Sinx, 49 yoshda edi”.

Xarprit Singx ko’z yoshini tutib turolmadi. O’lganlardan biri, ibodatxona rahbari uning qarindoshi edi.

“Satvant Singx Kaleka, 62 yoshda”.

“Ustozim, xonadonim ustuni edi. Hayotimda muammo bilan yuzlashsam, yaxshi maslahat bilan qo’llab yuborgan. Oyoqqa turg’izdi, otamday edi”, - deydi u.

Toat-ibodat qilinadigan bir dargohda xunrezlik ro’y berganiga aql bovar qilmaydi, deydi Singx.

Mutasaddilar falokatga turtki bergan sabablarni aniqlashga harakat qilmoqda. Dastlabki taxmin shuki, jinoyatchi nafrat hissi bilan yongan. Hujumni sodir etgan Veyd Maykl Peyj 40 yoshda edi, sobiq harbiy. Qatliom kuni, o’sha yerning o’zida politsiya uni yaralagach, Peyj o’z joniga qasd qilgan.

Federal qidiruv byurosi xodimi, agent Teresa Karlsonning aytishicha, bu - mahalliy terrorizm:

“Mahalliy terrorizm deganda ijtimoiy yoki siyosiy maqsadda qurol, zo’ravonlikni ishga solish nazarda tutiladi. Peyjning harakatlarida shu alomatlar bor”.

Tergov davom etar ekan, Xarprit Singx o’tmishda ham nafrat bilan bog’liq jinoyatlar guvohi bo’lganman, deydi. Bari shundoq ko’z oldida:

“11-sentabr fojeasidan bir kun o’tib, ro’y berdi bu voqea. Taksi haydar edim. Mashinamni uyim oldiga qo’yar edim. Kechasi kimdir oynalarini sindirib, g’ildiraklarini tilib tashlabdi”.

Jahl-nafratdan nima foyda, deya so’raydi Singx. Yaxshisi sikxlar haqida o’qib bilishsin. Kimlar ular? Nimaga e’tiqod qiladi? Nimani xohlaydi? Shuni tushunsin, deydi u.

Amerika huquq faollari bir jamiyatmiz, bir davlatning ajralmas a’zolarimiz, deya eslatadi. Adliya vaziri Erik Xolder hujumni qoraladi.

“Sikxlar sikx bo’lgani uchun, tashqi ko’rinishi, e’tiqodi uchun yer qilindi. Xato bu. Chidash mumkin emas bunga va jim qarab turish mumkin emas”, - deydi vazir.

Viskonsindagi otishma qurbonlarini xotirlab

Marhumlar dafn etilmoqda, Viskonsin, 10-avgust, 2012-yil.
1/9 Marhumlar dafn etilmoqda, Viskonsin, 10-avgust, 2012-yil.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Viskonsindagi otishma olti sikxni hayotdan olib ketgan edi, 10-avgust, 2012-yil.
2/9 Viskonsindagi otishma olti sikxni hayotdan olib ketgan edi, 10-avgust, 2012-yil.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Dafn marosimi, Viskonsin, 10-avgust.
3/9 Dafn marosimi, Viskonsin, 10-avgust.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Marhumlarni yodga olib, Viskonsin, 6-avgust.
4/9 Marhumlarni yodga olib, Viskonsin, 6-avgust.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Moxan Singx Katra fojeada tog'asi Subeg Singx Katrada ayrilgan. U Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida so'zlamoqda, 6-avgust, 2012-yil.
5/9 Moxan Singx Katra fojeada tog'asi Subeg Singx Katrada ayrilgan. U Nyu-Yorkdagi matbuot anjumanida so'zlamoqda, 6-avgust, 2012-yil.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Dehlida sikxlar Amerikadagi otishmadan norozi bo'lib namoyish qilmoqda. Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx voqeadan chuqur qayg'u va dahshatda.
6/9 Dehlida sikxlar Amerikadagi otishmadan norozi bo'lib namoyish qilmoqda. Hindiston Bosh vaziri Manmoxan Singx voqeadan chuqur qayg'u va dahshatda.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Marhumlar yodga olinar ekan, Viskonsin gubernatori Skott Voker boshiga sikxlar sallasini o'ramoqda. 6-avgust, 2012-yil.
7/9 Marhumlar yodga olinar ekan, Viskonsin gubernatori Skott Voker boshiga sikxlar sallasini o'ramoqda. 6-avgust, 2012-yil.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Miluokida xotira marosimi, 5-avgust, 2012-yil.
8/9 Miluokida xotira marosimi, 5-avgust, 2012-yil.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Jammuda sikxlar namoyishi, 6-avgust, 2012-yil.
9/9 Jammuda sikxlar namoyishi, 6-avgust, 2012-yil.
AQShning Viskonsin shtatida sikxlar ibodatxonasiga hujumda o’lganlar yodga olinmoqda.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG