Chorshanba, 23-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 18:30

Madaniyat

Buyuk Ipak Yo'li xalqlari AQShga o'z madaniyatini ko'z-ko'z qildi

O'zbekistonlik xonandalar Gulzoda Xudoynazarova, Hulkar Abdullayeva
O'zbekistonlik xonandalar Gulzoda Xudoynazarova, Hulkar Abdullayeva
Matn hajmi - +
Kuy, san’at xalqlarni yaqinroq qiladi, kayfiyatni ko’taradi. Yaqinda Amerika ahli shunga yana bir bor amin bo’ldi.

Sahnada Qirg’izistonning “Ak-Maral” ansambli. Uning ijodiy rahbari Melisbek Asilbashev amerikalik tomoshabin maza qilayapti, deydi.

“Birinchi bergan savollari Qirg’iziston qayerda? Tushuntirasiz. O’zi xalq musiqasi odamni davolaydi, tinchlantiradi. Hammamiz osuda yashashimiz mumkin. Ayniqsa, kuy, qo’shiq va san’at o’rtamizda ko’prik vazifasini o’tasa”, - deydi taniqli jamoa rahbari. 

“Ak-Maral” ansambli Texasning Xyuston shahrida Ipak yo’li festivalida ishtirok etgan o’nlab jamoalardan. Oktabrda o’tgan to’rt kunlik bayram ham Amerika, ham qadim savdo yo’liga kirgan elatlar uchun bir-birini yaqinroq tanish imkonini berdi.

Turkmanistonlik yosh olim Botir Odeyev qayerga borsa ham qo’lida turkman dutori.

"Elimni kuylayman",- deydi u.

Enes Bashkan Turkiyadan. Shisha bilan ishlaydi.

Raqsga tushayotgan so'fini yasab beraman, deya taklif qiladi u. To’rtburchak shishani qirt-qirt kesib, 10-15 daqiqada ish bitdi.

Hunarmand bilan xayrlashib, sho’x musiqa sadolari kelayotgan sahna tomon yuramiz.

Ozarbayjon milliy raqs dastasi… Qozog’istonlik san’atkorlar… O’zbekiston xonandayu sozandalari.

Texasda Ipak Yo'li festivali, 3-qism/Silk Road Festival in Texas, Part 3i
X
23.11.2012 22:04
Kuy, san'at xalqlarni yaqinroq qiladi, kayfiyatni ko'taradi. Kuz boshida Amerika ahli shunga yana bir bor amin bo'ldi. "Amerika Ovozi" Texas shtatining Xyuston shahrida Ipak Yo'li festivalini tomosha qildi, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Turkiya, Turkmaniston va Ozarbayjondan kelgan san'atkorlar bilan tanishdi.


Bu jamoalar AQShda to'rt-besh kun bo'lib, so'ng vataniga qaytdi. Lekin texasliklar ularni hali uzoq vaqt eslab yurishi aniq.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Diskriminatsiyaga qarshi qonundan yarim asr o'tib... 50 years after Civil Rights Acti
X
22.04.2014 22:27
1964-yilda AQSh prezidenti Lindon Jonson qonun oldida barcha fuqarolar teng degan qonunga imzo chekkan. Oradan qariyb yarim asr o’tib, bu davlatni qora tanli rahbar yuritmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Vengriya
  • Vashington
  • Halab
  • Angliya
  • Manila
  • Rossiya
  • Karakas
  • Boston
  • Braziliya
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada qonli kun

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI