Chorshanba, 29-iyul, 2015 Toshkent vaqti: 16:28

Madaniyat

O’zbekistonlik ustalar: Hunarli odam kam bo’lmaydi (Maxsus reportaj)

Oktabr boshida Amerikaning Texas shtati, Xyuston shahrida sharqona bir festival o’tdi va unda o’zbekistonlik ustalar, san’atchilar qatnashdi. AQSh ahlini hayron qoldirdi ular.

Bayramga O’zbekistondan 20 kishi kelgan bo’lsa, shulardan biri rassom Faxriddin Rahmatullayev.

Rassom uzoq yillar katta xolstda ishlab o’rgangan edi. 20-yil oldin miniatyuraga o’tdi. Fahriddin Rahmatullayev ijod ahlini xulqi yumshoq, hazilkash, yaratuvchan deya ta’riflaydi. Faoliyati davomida shogirdlar tayyorladi.

“O’zim ham shogird edim. Yoshidan qat’iy nazar, kimdan nimanidir o’rgansam, shuni ustoz deb chaqirdim. O’zimdan ancha yosh yigitlardan bilim oldim. Birov ko’ksimdan itarmadi. Bu kasb egalari o’zi bosiq, yumshoqtabiat. Shogirdlarim ham shunaqa”, - deydi ijodkor.

U oldiga ilm, kasb izlab kelganga insoniylik, odamiylikni ham o’rgatishni zarur deb biladi.

Ustalar safaridan xursand. Shuncha odamni bir joyga to’plab, ko’ngliga qarashning o’zi oson ish emas. Olti davlatdan delegatsiyalarni jamlagan – “Turkuaz” kengashi, TURKSOY xalqaro tashkiloti, mahalliy turkiy jamoalar va boshqalar.

“Yo’limiz uzoq. Uch samolyotda keldik. Tashkilotchilar istagancha buyum olib kelavering desa-da, asarlarni ixcham-ixcham qilib, sanoqlisini tanladik”, - deydi Faxriddin Rahmatullayev.

Toshkentlik yosh usta Mirvoris Po’latov miniatyura dunyosiga tasodifan kirib qolgani yo’q. Otasi, aka-ukalari shu sohada mehnat qiladi.

O’zbekistonda hunarmandlar tashkiloti bor. Ishimizni taqdim etgan edik, bizni tanlab, taklif qilishdi, deydi u. Rassom ustalar davrasigaa qo’shilib, dunyo ko’rayapti.

"Orzuim – shu kasbim bilan jahonni kezib chiqish”, - deydi u.

Ishning murakkab-yengil ekani hajmda emas, deydi yosh rassom. Qog’oz, qalam, uslub – hammasini inobatga olish kerak.
O'zbekistonlik ustalar: Hunarli odam kam bo'lmaydi/Nasiba Tohir
O'zbekistonlik ustalar: Hunarli odam kam bo'lmaydi/Nasiba Tohiri
|| 0:00:00
...    
🔇
X


“Masalan, mana bu ikki ishni oling. Biri kattaroq, biri kichikroq. Lekin kichkina ko’ringani bilan aynan shunisi qiyin. Deylik, ishlash uchun maydon kam, qog’ozi juda nafis. Bu qog’ozlarning ham o’z tarixi bor. Qadim kitoblarda e’tibor bersangiz, oldi va orqasida kamida beshta bo’sh sahifa qoldirilgan. Restavratsiya paytida xuddi shunaqa qog’oz qo’llashsin, deb qilingan ish bu”, - deydi Mirvoris. 

Mirvoris Po'latov raqobatga ishonadi. “Shunda odam o’sadi”, - deydi u.

Rassomning aytishicha, O’zbekistonda bu kasbda ayollar kam emas. Singlimga ham  ravo ko’rar edim shu ishni, deydi.

“Lekin aksariyat ayollar uy-sharoitida ishlaydi faqat”, - deydi u.

“Muhimi maza qilib ishlaysiz. Biror ishni tugatgandan keyin uning huzurini ustadan boshqa hech kim bilmaydi”, - deydi toshkentlik musavvir.

Texasda Ipak Yo'li festivali, o'zbek hunarmandlar/Sild Road festival in Texasi
X
08.11.2012 22:59
Texasdan siz uchun yana bir lavhamiz bor. Yaqinda Xyuston shahrida sharqona bir festival bo'lib o'tdi. Unda o'zbekistonlik ustalar, hunarmandlar o'z asarlarini namoyish qildi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Obam savdosiga qarshi AQSh hisobotii
X
29.07.2015 03:59
AQSh zamonaviy qulchilikka qarshi kurashni to’xtatmoqchi emas. Hukumat odam savdosiga oid yillik xalqaro hisobotini e’lon qilar ekan, Vashingtonga qarshi tanqidiy fikrlar ham yangramoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Hindiston sobiq prezidenti A.P.J. Abdul Kalom bilan vidolashmoqda. Kalom 83 yoshda edi. Hindiston harbiy qudratini kuchaytirishida o'ta muhim rol o'ynagan inson.
  • Muammar Qaddafiyga ishlagan odamlar sudda, Liviya
  • Ispaniya
     
  • Suriyalik qochqinlar, Gretsiya
  • AQSh elchixonasi oldida, Gavana, Kuba
  • Gonkong
  • Britaniya bog'larida
  • Krasnoyarsk, Rossiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI