Shanba, 25-may, 2013 Toshkent vaqti: 01:26

Xalqaro

HRW: Sochida ishchi muhojirlar xo'rlandi

Sochida 2014-yil Qichki Olimpiya o'yinlariga otel qurilmoqda, Rossiya, 4-fevral, 2014-yil
Sochida 2014-yil Qichki Olimpiya o'yinlariga otel qurilmoqda, Rossiya, 4-fevral, 2014-yil

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Amerika Ovozi
Inson huquqlari bilan bog’liq qonunbuzarliklarni o’rganuvchi “Human Rights Watch” tashkiloti Sochida Olimpiya o’yinlariga mo’ljallangan qurilish obyektlarida ishchi migrantlar xo’rlangani haqida ma’lum qilmoqda. Yangi chiqqan hisobotga ko’ra, ish beruvchilar muhojirlarning pasportlarini musodara qilib, maosh to’lashda aldagan, 12 soatlab ishlatib, dam olish kunlari deyarli bermagan.

Hisobot Sochida 2009-2012-yillar oralig’ida ishlagan 66 ishchi migrant bilan suhbatlar asosida tuzilgan. Ularning Armaniston, Qirg’iziston, Serbiya va Ukraina fuqarolari ekani ma’lum.

Sochi meri Anatoliy Paxomovning aytishicha, uning ma’muriyatida mehnat kodeksining ommaviy buzilish hollariga doir ma’lumotlar yo’q.

"Obyektlarni yollanma shirkatlar qurgan va ishchilarni ham ular yollagan. Mer idorasi va mehnat inspektoriga tushgan birorta shikoyat e’tiborsiz qolmagan. Jami esa ikki dona shikoyat tushgan, xolos", - deydi Paxomov.

“Human Rights Watch” tashkilotiga ko’ra, Sochida rossiyalik bo’lmagan 16 ming odam ishlagan. Guruh Xalqaro Olimpiya Qo’mitasini ishchilar huquqlarini himoya qilishda faol bo’lishga chaqiradi.

Bu o'rtada Rossiya prezidenti Vladimir Putin Milliy Olimpiya qo’mitasi vitse-prezidenti Ahmed Bilyalovni ishdan oldi. Dog’istonlik tadbirkor kelasi yili Sochida bo’ladigan Olimpiada inshootlarini vaqtida topshirmaganlikda ayblanmoqda. Xususan, Olimpiya qo’mitasi rasmiysi tramplinlar majmuasining vaqtida qurib, bitkazilmagani uchun jazolangan. Bilyalov, shuningdek, Shimoliy Kavkaz turizmi bilan shug’ullanuvchi yirik kompaniya rahbarligidan ham olingan.

Sochida roppa-rosa bir yildan so’ng Qishki Olimpiya o’yinlariga start beriladi. Bugun musobaqalarga chiptalarni sotish boshlangan. Infrastrukturani takomillashtirish, yangi stadion qurish va sport majmualarini zamonaviylashtirish uchun Rossiya 50 milliard dollar sarflashi kutilmoqda.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Politsiyaning aytishicha, hujumchilar qassoblar ishlatadigan pichoqdan foydalangan. London, 23-may, 2013-yil.
  • Politsiya hujum ro'y bergan joyni ko'zdan kechirayapti.
  • London meri Boris Jonson politsiya bilan gaplashmoqda.
  • Britaniyalik marhum zobitni xotirlab, oddiy fuqarolar keltirgan hadyalar.
  • Hujumdan keyin oddiy fuqarolar marhumni xotirlayapti.
  • Hamla kunduz kuni, atrofda odamlar yurgan bir paytida ro’y bergan.
Fotogalereya

Fotogalereya Londondagi hujum

Ikki shaxs London chekkasidagi harbiy barak yonida avvaliga askarni mashinada urgan, keyin uni pichoqlab, boshini kesishga uringan. Ular o’z qilmishini Britaniyaning musulmon davlatlarida olib borayotgan harbiy kampaniyasiga qarshi qasos, deya ta’riflagan.

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI