Breaking News

Sochi Olimpiadasi Putin uchun "boshog'riq"qa aylanadimi?


Putin va Sochi Olimpiadasi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:47 0:00

Putin va Sochi Olimpiadasi

Sochida boshlangan qishki Olimpiada prezident Vladimir Putin uchun yana bir obro’ yig’ish vositasi bo’lishi ko’zlangan edi. Ammo uning istalmagan muammolarni keltirib chiqarishi hech gap emas.
Prezident Putin uchun Sochi Olimpiadasini tashkil etishga qancha mablag’ sarflanishi ahamiyatsiz.

Ammo uning uzoq yillik Rossiya hukmdori uchun bosh og’rig’iga aylanishi ehtimoli bor. Juma kuni rasman ochilganda, u Olimpiadalar tarixidagi eng qimmat musobaqaga aylanadi.

50 milliard dollarlik xarajat 2007-yil Sochi Olimpiada uchun tanlangan paytda Putin chamalagan miqdordan to’rt barobar ko’p.

“Transparency International” tashkiloti mutaxassisi Yelena Panfilovaning aytishicha, korrupsiya va isrofgarchilik ushbu Olimpiadaning eng katta muammosidir.

“Korrupsiya nazorat qilib bo’lmaydigan darajaga yetdi. Pul olmaydigan, o’g’irlamaydigan sohalar – ijtimoiy xizmatlar ham pora so’rayapti. Bunday sharoitda Olimpiada ruhini his qilish qiyin”, - deydi u.

Professor va tahlilchi Mark Galeotti ham bu holatdan mamnun emas.

“Rossiya Olimpiada mezbonligini qo’lga kiritganda hammasi Putin istagandek ketayotgan edi. Iqtisodiyot barqaror, siyosiy muhit tanqidlardan holi, shu bois Sochi yangi Rossiya uchun ulkan bayram tadbiriga aylanishi kerak edi. Rossiya ana shunday tadbirlarni samarali va a’lo darajada o’tkaza oladigan boy mamlakat ekanini dunyoga namoyish etish ko’zlangan edi”, - deydi u.

Ammo o’tgan yili iqtisodiy o’sish bor-yo’g’i 1,3 foizni tahskil etdi. Bu ikki yil avval Putin qayta saylanganida va’da bergan besh foizlik ko’rsatkichdan ancha kam. Hozir rossiyaliklarning yarmi ommaviy so’rovlarda Putinning qayta saylanishini istamasliklarini aytgan.

Avtoritar rahbar deya ta’riflanadigan Putin dekabrda siyosiy mahbus Mixail Xodorkovskiyni qamoqdan ozod qildi.

“Qonun bo’yicha, prezident Putin, agar qayta saylansa, yana 10 yil hokimiyatda turishi mumkin. Yaqinda undan umrbod prezident bo’lish niyati bor-yo’qligi haqida so’rashganda, aniq yo’q, deb javob berdi. Umid qilamanki, u fikrini o’zgartirmaydi”, - deydi Putinning sobiq siyosiy raqibi.

Xodorkovskiyning ozodlikka chiqarilishi Putin haqidagi G’arb qarashlarini o’zgartirgani yo’q.

O’tgan hafta Yevropa Ittifoqi rahbarlari Putin bilan belgilangan ikki kunlik uchrashuvni bor-yo’g’ri uch soatga tushirishdi. AQSh, Fransiya va Britaniya rahbarlari Sochi Olimpiadasiga borish niyatida emas.

Putinning umid qilishicha, musobaqa boshlanishi uchun osmonga mushaklar otilgach, o’rtadagi sovuqliklar arisa ajab emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG