Yakshanba, 29-mart, 2015 Toshkent vaqti: 14:20

Yaqin Sharq

Halab, Suriya tijoriy markazi, alanga ichida

Halab, 27-iyul, 2012
Halab, 27-iyul, 2012
Amerika Ovozi
Suriyaning tijoriy markaziy, shimoli-g’arbda joylashgan Halab (Aleppo) shahri  bugun urush maydoni. 



Hukumat qo’shinlari muxolifatni yanchib tashlashga bel bog’lagan. Tanklar, havo kuchlari safarbar etilgan. 

Guvohlarning aytishicha, isyonchilar yashiringan tumanlar tinimsiz nishonda. Huquq faollari hisobicha bugun kamida 12 kishi o’lgan. 10 nafari askarlar.
 
Davlat matbuoti manzarani xalq dushmanlari olib borayotgan vahshiylik deya ta’riflamoqda.
 
Bashar al-Assad  va uning ma’muriyatini quvvatlayotgan Rossiya nazarida chet el hozir vaziyatga aralasha olmaydi. Ahvol yanada og’irlashadi, yanada ko’p qon to’kiladi, deydi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
 
Halab yaqingacha tinch edi. Uch millionga yaqin aholiga ega bu shaharda bugun muxolif kuchlar katta ob’yektlarni egallab olgan.

2011-yilning mart oyida boshlangan qozg'olon bugun keng qamrovli qonli mojaroga aylangan. Shu kungacha 17 mingdan oshiq odamning yostig'i quridi.

G'arb davlatlari va Arab Ligasi Bashar al-Assadni hokimiyatni bo'shatishga chaqirmoqda. Lekin Assad ketmoqchi emas. Rossiya va Xitoy nazarida mojaroga tashqaridan hech kim aralashmasligi kerak.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Chikagoni sanoat shahriga aylantirgan maskanlari
X
29.03.2015 04:27
Kelajak avlodlar o'tmish haqida bilishi o'ta muhim. Yaqinda Gavayi shtatidagi Yapon-Amerika konslageri va Kolorado shtati Arkanzas daryosi bo’yidagi vodiy “tarixiy obida” degan oldi. Chikagodagi Pullman tarixiy dahasi ham himoya ostiga olinmoqda.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Saylovchilar
  • Amaldagi rahbar Gudlak Jonatan ovoz bermoqda
  • General Muhammad Buxoriy oilas bilan
  • Saylov komissiyasi xodimlari
  • Saylovchilar
  • Saylovchilar
  • Saylovchilar
  • Ovoz berilmoqda
  • Saylovchi
  • Saylovchilar
  • Saylovchilar
  • Saylovchilar
  • General Muhammad Buxoriy ovoz bermoqda

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI