Payshanba, 03-sentyabr, 2015 Toshkent vaqti: 20:06

Yaqin Sharq

Assad: “Vatanga xiyonat qilmaganlar” bilan gaplashamiz

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Suriya prezidenti Bashar al-Assad Damashqda tarafdorlari oldida so’zlar ekan, muloqotga tayyor ekanini aytdi, lekin faqat “vatanga xiyonat qilmaganlar” bilan.


Davlat rahbarining bir soatlik nutqidan biror yangi narsa eshitmadik, deydi oppozitsiya yetakchilari.

Bashar al-Assad so’nggi olti oy ichida xalqqa ilk bor murojaat qilishi. Tarafdorlari uni gulduros qarsaklar bilan kutib olishdi. Horg’in, ammo ishonch bilan so’zlagan Assad muxolifat bilan muloqot shartlarini bayon qildi, qariyb ikki yillik urushni tugatish bo’yicha takliflarini o’rtaga tashladi.

Uning ta’kidlashicha, avvalo isyonchilar hujumlarni bas qilishi, ularning homiylari esa ko’makni to’xtatishi shart. Qurollangan to’dalar terroristik operatsiyalarni bas qilsa, qochqinlar eson-omon vatanga qaytadi.

Shundagina, armiyaga shaharlarni tark etishga ko’rsatma beraman, lekin hujumlarga javob qaytarish sharti bilan, deydi prezident.    

Sulh haqidagi avvalgi kelishuvlar ish bermagan. O’tgan yili bahorda BMT kuzatuvchilari tomonlar murosaga moyil emas, deya mamlakatni tark etgan edi. 

Assadning nutqi shundan dalolatki, uning davlat rahbari lavozimidan ketish niyati yo’q. Muxolifat bilan muzokarani amaldagi hukumat olib boradi.

“Murosa yo’llarini topish uchun jamiyatdagi turli tabaqa va guruhlar bilan yaqindan ish boshlaymiz. Mamlakat tashqarisidagi faollar ham bu jarayonga bosh qo’shsin”, - deya undadi Assad.

Suriya rahbari avvalgi murojaatlarida chet eldan faoliyat olib borayotgan muxolifatchilarni tilga olmagan edi.

Bashar al-Assad unga qarshi kurashayotgan qurollangan oppozitsiyani “terroristlar” deb ta’riflashda davom etdi. 

“Haqiqiy, chin qo’zg’olonning yetakchisi bo’ladi, uning zaminida intellektual g’oyalar yotgan bo’ladi. Men buni ko’rmayapman. Bu harakatga qo’shilayotganlar bir to’da jinoyatchilar, ularning qo’lidan xalq jabr ko’rayapti xolos”, - dedi u.

Assad G’arb davlatlarini fitnada ayblab, Rossiya va Xitoyga xalqaro sahnadagi ko’magi uchun minnatdorchilik izhor etdi.

Muxolifat yetakchilari prezidentdan biror yangi taklif chiqmagani va nutqi quruq va’dalardan iborat ekanini aytadi. Ayrim tahlilchilar fikricha, Suriya rahbari xayolot dunyosiga berilib, isyonchilar uning saroyiga yaqinlashib qolganini ko’rmayapti.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Noqonuniy immigrantlar haydaladimi?i
X
03.09.2015 09:21
Milliarder biznesmen, prezidentlikka respublikachi nomzod Donald Tramp noqonuniy muhojirlarning AQShda tug'ilgan farzandlariga fuqarolik bermaslik kerak, deydi. U Meksika va Qo'shma Shtatlar o'rtasida devor qurish tarafdori. AQShda 11 million noqonuniy muhojir bor, yarmidan ko'pi Meksikadan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Avstraliya
  • Vyetnamda Mustaqillik bayrami
  • Hindistonda kasaba uyushmalari amaldagi siyosatga qarshi namoyishda
     
  • Xitoyda muzqaymoq
  • O'rta dengizda hayoti saqlab qolingan qochqinlar
  • Rossiya raketasi Xalqaro fazo stansiyasiga Qozog'iston fazogiri Aydin Aimbetov, Rossiya fazogiri Sergey Volkov va Daniya fazogiri Andreas Mogensenni olib ketdi.
  • Xitoy
  • Indoneziya o'rmonlarida qutqarilgan orangutan
  • Parij politsiyachilari
  • Londonning mana bu binosi - Walkie Talkie - qo'l telefoni shaklidagi obyekt - Britaniyadagi "eng xunuk" imorat deb topildi, mahalliy me'morlar o'tkazadigan tanlovda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI