Yakshanba, 05-iyul, 2015 Toshkent vaqti: 07:38

Yaqin Sharq

Suriya-Turkiya chegarasida portlash

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
Turkiya matbuoti xabariga ko’ra, Suriya bilan chegarada mashina portlab, kamida to’qqiz odam o’lgan. Yana 30 kishi jarohat olgan.

Turkiyaning NTV telekanali ta’rificha, voqea bugun Xatay viloyatida, o’tish punktida ro’y bergan. Mashina Suriyada ro’yxatdan o’tgani taxmin qilinmoqda.
 
AQShning “Vashington Post” gazetasida bugun chiqqan maqolada yozilishicha, Eron va Livanning Hizbulloh harakati Suriyada o’z jangovar guruhini tuzish bilan band.
 
Prezident Bashar al-Assad hukumati qulagan taqdirda bu bo’linma Hizbulloh va Eronning manfaatlarini himoya qilishi kerak bo’ladi, deyiladi maqolada.

Amerika va Yaqin Sharqdagi tahlilchilar fikriga asoslanib yozilgan bu tahlilga ko’ra, jangchilarning dastlabki vazifasi Assad armiyasiga qo’zg’olonchilar bilan kurashishda yordam berishdan iborat.
 
Suriyadagi urush salkam uch yil davom etmoqda. Biroq Assad mag’lub bo’lgan taqdirda ham bu guruh mamlakatda muqim qolishi kerak.
 
Amerikalik ekspertlar nazarida Eron uchun Suriyada o’z ta’sir kuchini saqlab qolish muhim. Rasmiy Tehron va Hizbulloh bu maqolaga munosabat bildirmagan.
 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisob-kitobiga ko’ra, 2011-yilning martida boshlangan mojaro shu paytgacha 60 mingdan ziyod odamni hayotdan olib ketgan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
XVIII asrga oid "Ozodlik kemasi" AQSh sohillaridai
X
03.07.2015 17:14
235 yil muqaddam Fransiyadan AQShga suzib kelgan kema bugun ikki mamlakat o'rtasida do'stlik ramzi sifatida xotirlanadi. Amerika inqilobi davrida u britaniyaliklarni yengishga ko'maklashgan edi. Bugun AQSh sohillarida ayni kemaning o'xshashi yana suza boshladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Yevropa Ittifoqiga qarshi namoyishlar, Gretsiya
  • "Islomiy davlat" - Palmira, Suriya
  • Krasnoyarsk, Rossiya
  • Haydarobod, Hindiston
  • G'arbiy Virjiniya shtati
  • Germaniya
  • Italiya
  • Gollandiya

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI