Breaking News

Suriya hukumati va isyonchilar sulhga ko’nadimi?


Suriya hukumatining bildirishicha, BMT va Arab Ligasi maxsus vakili Laxdar Brahimiy va Tashqi ishlar vaziri Volid Muallim o’rtasidagi uchrashuv “jiddiy” va “konstruktiv” ruhda o’tgan.

Brahimiyning vazifasi hukumat va isyonchilarni Qurbon hayiti oldidan sulhga ko’ndirishdir.

SANA davlat axborot agentligining xabar qilishicha, zo’ravonlikni bas qilib, keng qamrovli dialog boshlash shartlari muhokama qilindi.

Bu shartlar nimadan iborat ekani ma’lum emas, lekin Bashar al-Assad ma’muriyati tashqi aralashuvga qarshimiz deya yana bir bor ta’kidladi.

Laxdar Brahimiy tashrifi davomida prezident Bashar al-Assad va unga qarshi kurashayotgan guruhlarning yetakchilari bilan ham ko’rishadi.

“Tomonlarni vaqtinchalik sulhga ko’ndira olsak, orada ishonchni tiklash uchun zamin hozirlagan bo’lardik”, deb hisoblaydi Brahimiy.

Tashabbusni Turkiya ham qo’llab-quvvatlamoqda.

Huquq faollarining aytishicha, bugun Suriya bo’ylab to’qnashuvlarda qariyb 70 odam halok bo’lgan.

Turkiya bilan chegaradosh hududlari va poytaxt tevaragida shiddatli janglar davom etayapti. Bir-yarim yillik urush 30 ming kishining yostig’ini quritdi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG