Dushanba, 20-may, 2013 Toshkent vaqti: 18:18

Huquq va qonun

Human Rights Watch: Suriya armiyasi erkak, ayol, bolalar nomusiga tegmoqda

Prezident Assadga qarshi isyon boshlanganiga bir yildan oshdi.Prezident Assadga qarshi isyon boshlanganiga bir yildan oshdi.
x
Prezident Assadga qarshi isyon boshlanganiga bir yildan oshdi.
Prezident Assadga qarshi isyon boshlanganiga bir yildan oshdi.

Multimedia

Audio
  • Bashar al-Assadning hokimiyatdagi kunlari sanoqli, deydi Xillari Klinton/Navbahor Imamova hikoya qiladi

  • G'arb Suriyadagi qon to'kilishlarda Assad ma'muriyatini ayblaydi, Rossiya muxolifat ham beayb emas, deb hisoblaydi, Nasiba Tohir lavhasi

Matn hajmi - +
Amerika Ovozi

Inson huquqlari bo’yicha Human Rights Watch tashkilotining bildirishicha, Suriyada armiya prezident Bashar al-Assadga qarshi qo’zg’olon davomida qo’lga tushgan fuqarolarni zo’rlamoqda, nomusiga tegmoqda.

Askarlar va hukumatga xayrixoh guruhlar erkak, ayol va yosh bolalarni birday tahqirlamoqda, deyiladi Nyu-Yorkda asoslangan tashkilotning bugungi bayonotida.

Human Rights Watch hisoboti 2011-yilning martidan joriy yil martigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olib, unda sobiq mahbuslar ko’rsatmasi keltiriladi. Aksariyat zo’ravonliklar muxolifat qarorgohi sanalmish Hims viloyatida qayd etilgan.

Suriya qamoqxonalarida ro’y berayotgan qonunbuzarliklar haqida to’liq ma’lumot yo’q, deydi tashkilot mutaxassislari.

Harbiy qo’mondonlar askarlarga jinoyat uchun yo’l ochib bergan, deyish uchun dalil yo’q, lekin mudhish qilmishlar tergov qilinmay qolib ketmoqda, deydi Human Rights Watch.

AQShning ayblashicha, Rossiya Suriyaga yangi harbiy vertolyotlarni yetazib, qonli to’qnashuvlarni yanada alanga oldirmoqda.

Kreml bu da’voni inkor etgan va bir necha yil oldin va’da qilingan vertolyotlarni remontdan chiqardik, xolos, deydi.

Huquq faollarining aytishicha, bugun Hims, Aleppo, Duma va Damashqda xavfsizlik kuchlari oppozitsiya bilan olishmoqda.

Bir kishi halok bo’lgan, deya bildiradi Britaniyada asoslangan Suriyada inson huquqlarini kuzatuvchi kengash.

Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering

 

Loading
12:00:00 / -:--:--

Kundalik eshittirishlar

Fotogalereya

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kobul
  • Fransiya sohillarida
  • Zimbabve
  • Bangladesh
  • Berlin muzeylarida
  • Ispaniya
  • Indoneziya moda sahnalarida
  • Kanada akvariumida
  • Janubiy Koreya ibodatxonalarida
  • Galaktikaga nazar
  • Pokiston

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI