Breaking News

Eron Assadga dalda berdi

Said Jaliliy prezident Bashar al-Assad bilan ko’rishar ekan, xorijiy raqiblar bosimiga qarshi tura olgan ittifoqchi davlatni olqishladi.
Said Jaliliy prezident Bashar al-Assad bilan ko’rishar ekan, xorijiy raqiblar bosimiga qarshi tura olgan ittifoqchi davlatni olqishladi.
Eron Milliy xavfsizlik kengashi raisi Said Jaliliy kecha Suriyaga borib, prezident Bashar al-Assad hukumatiga dalda bergan. Tehron muxolifatga qarshi kurashda rasmiy Damashqni qo’llab-quvvatlamoqda.

Jaliliy prezident Assad bilan ko’rishar ekan, xorijiy raqiblar bosimiga qarshi tura olgan ittifoqchi davlatni olqishladi.



Tahlilchilar deydiki, shia Eron mintaqada hukmronlik uchun sunniy Saudiya Arabistoni bilan raqobatlashib keladi. Tehron o’z yadro dasturi harbiy emas, tinch maqsadni ko’zlashini ta’kidlab, G’arb bilan ham tortishmoqda.

Eron sobiq prezidenti Abulhasan Bani Sadr Suriyadagi g’alayonning islomiy respublika uchun ahamiyatini shunday tushuntiradi.

“Amerika, Yevropa, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatar Suriya muxolifatiga qurol uzatib keladi. Eron, Xitoy va Rossiya esa Assad ma’muriyatini yoqlaydi”, - deydi u.

Sadr so’zlariga ko’ra, Tehron o’z manfaatini o’ylab xavotirda. “Chunki Suriyada shia hukumati qulasa, regionda Eron ta’siri zaiflashadi va navbat islomiy respublikaga yetishi hech gapmas”, - deydi u.

Lekin Suriya muxolifati a’zosi Abdulbosit Seyda “Amerika Ovozi” bilan suhbatda buni inkor etadi.

“Suriya oppozitsiyasi Eronga qarshi kek saqlamaydi”, - deydi u. “Assad hukumati barham topgach, Eron rahbariyatini ham tugatamiz, deb reja tuzayotganimiz yo’q”, - deydi muxolifatchi.

Lekin ekspertlar so’zlariga ko’ra, Suriya isyonchilari Eronga xayrixoh emas. O’tgan shanba Damashqda ular 48 eronlikni garovga olgan. Tehronning bildirishicha, ular ziyoratchilar. Lekin Ozod Suriya armiyasi hibsdagilar Eron Inqilobiy gvardiyasi josuslaridir, deydi. Eron Tashqi ishlar vazirligi ziyoratchilar orasida sobiq harbiylar borligi rost, lekin ular qo’shni davlatga diniy amal uchun borgan, xolos, deya ishontirmoqda.

Amerikalik tahlilchi Deyvid Shenkerning aytishicha, Tehron Suriya hukumatini qo’llab-quvvatlashga majbur.

“Eron yakkalanib qolgan. Iqtisodiyoti holdan toygan. Suriyada inqilobchilar muvaffaqiyat qozonsa, Eron xalqi ham ruhlanib, bosh ko’tarishi mumkin”, - deydi olim.

Lekin Shenker Eron pragmatik yo’l tutadi, deb hisoblaydi.

“Eron Assaddan keyingi Suriya bilan do’stona aloqa o’rnatishni istaydi. To’g’ri, rasmiy Tehronga Assad hukmron Suriya ma’qulroq. Biroq amaldagi hukumat qulasa, islomiy davlat yangisi bilan muomala qilishga majbur bo’ladi”, - deydi tahlilchi.

Suriyaning Halab shahrida jang

Suriyada jarohat olgan faol Livandagi kasalxonada davolanmoqda, 12-aprel, 2012-yil.
1/13 Suriyada jarohat olgan faol Livandagi kasalxonada davolanmoqda, 12-aprel, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Suriyalik qochqinlar Livan-Suriya chegarasidan o'tmoqda, 20-iyul, 2012-yil.
2/13 Suriyalik qochqinlar Livan-Suriya chegarasidan o'tmoqda, 20-iyul, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Halabdagi kasalxona, Suriya, 6-avgust, 2012-yil.
3/13 Halabdagi kasalxona, Suriya, 6-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
4/13
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Halab yaqinida armiya havo hujumida vayron bo'lgan imorat ostidan omon qolganlar qidirilmoqda, 8-avgust, 2012-yil.
5/13 Halab yaqinida armiya havo hujumida vayron bo'lgan imorat ostidan omon qolganlar qidirilmoqda, 8-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Ozod Suriya Armiyasi isyonchilari va armiya Halab ustidan nazorat uchun olishmoqda, Salohiddin tumani, 5-avgust, 2012-yil.
6/13 Ozod Suriya Armiyasi isyonchilari va armiya Halab ustidan nazorat uchun olishmoqda, Salohiddin tumani, 5-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Ozod Suriya Armiyasi jangchilari, Salohiddin tumani, Halab shahri, 5-avgust, 2012-yil.
7/13 Ozod Suriya Armiyasi jangchilari, Salohiddin tumani, Halab shahri, 5-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Salohiddin tumanidagi manzara, Halab, 5-avgust, 2012-yil.
8/13 Salohiddin tumanidagi manzara, Halab, 5-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Ozod Suriya Armiyasi jangchisi panaga qochmoqda, Salohiddin tumani, Halab shahri, 5-avgust, 2012-yil.
9/13 Ozod Suriya Armiyasi jangchisi panaga qochmoqda, Salohiddin tumani, Halab shahri, 5-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Ozod Suriya Armiyasi isyonchilar, Salohiddin tumani, 5-avgust, 2012-yil.
10/13 Ozod Suriya Armiyasi isyonchilar, Salohiddin tumani, 5-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Isyonchilar safida talofatlar. Salohiddin tumani, Halab, 4-avgust, 2012-yil.
11/13 Isyonchilar safida talofatlar. Salohiddin tumani, Halab, 4-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Suriyalik ayollar Halabda o'lganlarni xotirlamoqda, 5-avgust, 2012-yil.
12/13 Suriyalik ayollar Halabda o'lganlarni xotirlamoqda, 5-avgust, 2012-yil.
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Halab, Suriya
13/13 Halab, Suriya
Suriya armiyasi shimoldagi Halab shahriga, isyonchilar manzillariga o'q yog'dirishda davom etmoqda.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG