Breaking News

BMT qirg’inga sahna bo’lgan Hamoda tekshiruv boshladi

BMT kuzatuvchilari bugun Suriya poytaxtidan Hamo viloyatiga jo’nab, payshanba kuni dahshatli qatliomga sahna bo’lgani aytilayotgan qishloqni ko’zdan kechiradi.

Muxolifatning bildirishicha, Tremsa qishlog’ida askarlar hujumida o’lganlar soni 200 dan ziyod.



Isyonchilar bugun ham mamlakatning har yerida olishuvlar ro’y bergani, 31 odam nobud bo’lganini ta’kidlaydi.

BMT elchisi Kofi Annan kechagi chiqishida Hamodagi qirg’inda armiya va qurollangan guruhlarni aybladi.

Guvohlar so’zlariga qaraganda, hududni askarlar, tanklar va vertolyotlar bombardimon qilgan.

Muxolifat voqeani o’tgan yil martidan beri eng qonlisi, deya ta’riflamoqda.

Suriyada nima bo'layapti?

Hims yaqinidagi al-Rastan tumani ko'chalari, 11-iyul.
1/9 Hims yaqinidagi al-Rastan tumani ko'chalari, 11-iyul.
Tremsa qishlog'ida o'lganlar dafn qilinmoqda, 13-iyul, 2012-yil. Oddiy fuqarolar olgan tasvir. (AP/ Hama Revolution 2011)
2/9 Tremsa qishlog'ida o'lganlar dafn qilinmoqda, 13-iyul, 2012-yil. Oddiy fuqarolar olgan tasvir. (AP/ Hama Revolution 2011)
Tremsa qishlog'ida o'lganlarning yaqinlari, 13-iyul, 2012-yil.
3/9 Tremsa qishlog'ida o'lganlarning yaqinlari, 13-iyul, 2012-yil.
Tremsa qishlog'idagi otishmada o'lganlar, 13-iyul, 2012-yil.
4/9 Tremsa qishlog'idagi otishmada o'lganlar, 13-iyul, 2012-yil.
Himsning Jurat al-Shaya tumanida otishma, 11-iyul, 2012-yil.
5/9 Himsning Jurat al-Shaya tumanida otishma, 11-iyul, 2012-yil.
Suriya Axborot Agentligi, SANA tarqatgan suratda armiya mashq qilmoqda, 11-iyul, 2012-yil.
6/9 Suriya Axborot Agentligi, SANA tarqatgan suratda armiya mashq qilmoqda, 11-iyul, 2012-yil.
Suriyada prezident Bashar al-Assadga qarshi namoyishlar paytida ushlanganlar ozodlikka chiqishdan oldin hujjatlarini kutmoqda, Damashq, 11-iyul, 2012-yil.
7/9 Suriyada prezident Bashar al-Assadga qarshi namoyishlar paytida ushlanganlar ozodlikka chiqishdan oldin hujjatlarini kutmoqda, Damashq, 11-iyul, 2012-yil.
Muxolifat Suriya rahbari Bashar al-Assadga qarshi chiqish qilmoqda, Damashq, 10-iyul, 2012-yil.
8/9 Muxolifat Suriya rahbari Bashar al-Assadga qarshi chiqish qilmoqda, Damashq, 10-iyul, 2012-yil.
Ozod Suriya armiyasi Idlib viloyatida yaqinida, Sarmada shahrida mashq qilmoqda, 9-iyul, 2012-yil.
9/9 Ozod Suriya armiyasi Idlib viloyatida yaqinida, Sarmada shahrida mashq qilmoqda, 9-iyul, 2012-yil.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG