Breaking News

BMT kuzatuvchilari Suriyani tark etadi

Halab, Suriya, 16-avgust, 2012-yil.
Halab, Suriya, 16-avgust, 2012-yil.
Muxolifatning aytishicha, Suriyada armiya poytaxtni va Halab shahrini bombardimon qilmoqda.

Damashqda harbiy aeroport yaqinida shiddatli otishmalar kechgan. Kechaning o’zida o’lganlar kamida 180 kishini tashkil etdi, deydi Britaniyada asoslangan huquq tashkiloti.

O’tgan yilning martidan beri talofatlar soni 23 mingdan oshgan. Mamlakatning turli shaharlarida namoyishlar tinmayapti.Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi Suriyada kuzatuvchilar missiyasini yakunlamoqda. Tinchlikparvarlar mandati yakshanba kuni tugaydi va uzaytirilmaydi.

Biroq kengash qo’zg’olon tobora qonli tus olayotgan mamlakatda siyosiy idora ochish niyatida. Damashqdagi bu ofisda, dastlabki taxminlarga ko’ra, 20-30 kishi ishlaydi va inson huquqlari va insonparvarlik yordami kabilar bilan shug’ullanadi.

Ikki hafta oldin BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha elchisi Kofi Annan bu davlatda xunrezlik, janglar qaynab borayotganidan, BMT Xavfsizlik Kengashidagi tarqoqlikdan shikoyat qilib, lavozimidan ketishga qaror qilgan edi. Annan 31-avgustda rasman kursisini bo’shatadi va uning o’rnini jazoirlik diplomat Lahdar Brahimiy egallashi kutilmoqda.

Tashkilot rasmiysi Jerard Araud so’zlariga ko’ra, o’lkada ahvol o’ta xatarli va tomonlar og’ir qurollarni keng ko’lamda qo’llashdan voz kechmoqchi emas.

BMTning 90 kunlik kuzatuvchilik missiyasi aprelda boshlangan. Xalqaro hamjamiyat hukumat va isyonchilar o’rtasida qatnab, otishmani to’xtatishga kelishgan va uning ijrosini 300 tinchlikparvar kuzatishi kerak edi. Biroq tomonlar bitimga amal qilmagan.

Rossiyaning BMT dagi elchisi Vitaliy Churkin nazarida jahon hamjamiyati zo’ravonlikni to’xtatish uchun yetarli chora ko’rmagan.

“Suriyada siyosiy yechim bilan chiqishga, qon to’kilishlarni to’xtatishga ojizlik qilindi”, - deydi Churkin.

G’arb Suriya hukumatiga sanksiyalarni oshirish orqali qurolni tashlashga majbur qilish kerak deb chiqqan edi. Biroq BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari Rossiya va Xitoy tashabbusga veto qo’yib keldi.

BMTning bildirishicha, Suriyada gumanitar ahvol kun-sayin og’irlashib borayapti. Ikki yarim million fuqaro yordamga muhtoj. Milliondan ziyod odam uy-joyini tark etishga majbur bo’lib, hayoti ostin-ustun bo’lib ketgan, deydi BMT rasmiysi Valeri Amos.

Xalqaro hamjamiyat uzatayotgan madad xalq ehtiyojini faqat qisman qondirmoqda. Amos dunyo ahlini jonliroq harakat qilishga, ko’proq madad ajratishga da’vat etadi.

Zo’ravonlik bois odamlar qo’shni davlatlarga qochishda davom etmoqda. Isyonchilar nazorati ostidagi Azaz shahrini armiya shu hafta bombardimon qilgach, yuz minglar jon holatda Turkiya bilan chegara tomon bosh olib ketgan.

Azazda chorshanba kungi havo hujumi 50 dan ziyod fuqaroning yostig’ini quritgan. 25 kishi bedarak ketgan. Harbiylar yirik obyektlarni nishonga olar ekan, shahar ko’chalari, kasalxonalar bo’shab qolgan.

Suriyada qon to'kishlar

Ozod Suriya armiyasi jangchisi, Halab, 16-avgust.
1/15 Ozod Suriya armiyasi jangchisi, Halab, 16-avgust.
Ozod Suriya armiyasi jangchisi safdoshining jasadini orqalab ketmoqda, 16-avgust.
2/15 Ozod Suriya armiyasi jangchisi safdoshining jasadini orqalab ketmoqda, 16-avgust.
Ozod Suriya armiyasi vakili jangdan oldin Qur'on o'qimoqda, 16-avgust.
3/15 Ozod Suriya armiyasi vakili jangdan oldin Qur'on o'qimoqda, 16-avgust.
Suriya armiyasi havodan urgan Azaz shahri, 15-avgust.
4/15 Suriya armiyasi havodan urgan Azaz shahri, 15-avgust.
Azaz shahri bombardimon qilindi, 15-avgust.
5/15 Azaz shahri bombardimon qilindi, 15-avgust.
Azaz shahri kasalxonasi yarador, jarohat olganlarga to'la, 15-avgust.
6/15 Azaz shahri kasalxonasi yarador, jarohat olganlarga to'la, 15-avgust.
Azaz shahri havodan nishonga olindi, 15-avgust.
7/15 Azaz shahri havodan nishonga olindi, 15-avgust.
Mount Sinabung spews volcanic material as it erupts as seen from Tiga Pancur, North Sumatra, Indonesia, Nov. 18, 2013.
8/15 Mount Sinabung spews volcanic material as it erupts as seen from Tiga Pancur, North Sumatra, Indonesia, Nov. 18, 2013.
Halab tevaragi, 15-avgust.
9/15 Halab tevaragi, 15-avgust.
Halab yaqinida, 15-avgust.
10/15 Halab yaqinida, 15-avgust.
Ozod Suriya armiyasi jangchilari, 14-avgust.
11/15 Ozod Suriya armiyasi jangchilari, 14-avgust.
Ozod Suriya armiyasi jangchilari, Halab, 14-avgust.
12/15 Ozod Suriya armiyasi jangchilari, Halab, 14-avgust.
Halab, 14-avgust.
13/15 Halab, 14-avgust.
Ozod Suriya armiyasi a'zolari, Halab, 13-avgust.
14/15 Ozod Suriya armiyasi a'zolari, Halab, 13-avgust.
Ozod Suriya armiyasi jangchisi, 13-avgust.
15/15 Ozod Suriya armiyasi jangchisi, 13-avgust.
Previous slide
Next slide
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG