Seshanba, 16-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 09:53

Yaqin Sharq

BMT rahbari suriyaliklar uchun gumanitar yordam so'ramoqda

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Quvaytda Suriyadagi ahvolga doir anjumandan oldin, 30-yanvar, 2013-yil
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Quvaytda Suriyadagi ahvolga doir anjumandan oldin, 30-yanvar, 2013-yil

Multimedia

Audio
Amerika Ovozi
BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Quvaytda Suriyaga doir xalqaro anjumanda nutq so’zlab, jang qilayotgan tomonlarni murosaga chaqirdi va donor davlatlardan mojarodan tinkasi qurigan oddiy suriyaliklarga gumanitar yordamni oshirishni so’radi.

BMTning gumanitar masalalar bilan shug’ullanuvchi boshqarmasi Suriyani tashlab chiqqan qochqinlar va mamlakatda qolgan fuqarolarga yordam uchun 1,5 milliard dollar zarur, demoqda.

Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari 300 million dollardan, Qo’shma Shtatlar qo’shimcha 155 million dollar va’da qildi. AQSh yordami dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat, ko’rpa-to’shak, poyabzal va gaz plitalaridan iborat bo’ladi.

"Bu pulga bir million suriyalik bola emlanadi. Odamlarda toza suv va yegulik bo’ladi. Gumanitar yordamning muhtojlarga yetib borishini ta’minlaymiz", - dedi Obama.

BMT va Arab Ligasining Suriya bo’yicha maxsus vakili Laxdar Braximiy Xavfsizlik Kengashini dadil chora ko’rishga va mojaroga barham berishga chaqirdi. Aks holda Suriya davlati qulaydi, dedi u.

"Suriya bitsa, butun mintaqa qaltis ahvolga tushib, buning dunyoga ham ta’siri bo’ladi. Xavfsizlik Kengashi a’zolarining Suriya bo’yicha fikri bir joydan chiqmasa-da, muammoni hal etish yo’lini topishlari zarur", - dedi Braximiy.

Yevropa Ittifoqining gumanitar masalalar bo’yicha komissari Kristalina Georgiyevaning aytishicha, ittifoq suriyaliklar ehtiyoji uchun 270 million to’plab beradi. Shuningdek, 77 islomiy xayriya tashkilotlarini o’z ichiga olgan guruh 182 million dollar ajratishini ma’lum qildi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
"Islomiy davlat" ga qarshi strategiya - Obama/ISILi
X
16.09.2014 01:21
“Islomiy davlat” islomiy ham emas, davlat ham emas, deydi AQSh prezidenti Barak Obama. Bu guruh nafaqat Iroq, balki Suriyada ham nishonga olinadi. AQSh boshchiligida xalqaro koalitsiya tuzilmoqda. Vashington Yaqin Sharq mamlakatlaridan jiddiy hamkorlik kutyapti.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Kurd jangchisi. Mosul, Iroq.
  • Ukraina Mudofaa vazirligining bildirishicha, NATO bu davlatga qurol-aslaha jo'nata boshlagan.
  • Ukraina g'arbidagi mashqlarda Amerika askarlari ham qatnashayapti.
  • Vyetnam armiyasi Hindiston rahbari Pranab Mukerjining tashrifi taraddudida.
  • Meksikani kuchli dovul urdi.
  • Londonda modalar namoyishi oldidan.
  • AQSh sobiq davlat kotibi Xillari Klinton, sobiq prezident Bill Klinton.
  • Xorvatiyada toshqin asorati.
  • Portugaliyada Ranglar festivali.
  • Massachusetsda varrak uchirishmoqda.
  • Amerika go'zali, "Miss America 2015", Kira Kazantsev g'alabani nishonlayapti. Nyu-Jersi, AQSh.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiyada mustaqillik uchun referendum bo'lib o'tadi

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.
Fotogalereya

Fotogalereya O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan qabul marosimi

9-sentabr kuni Vashingtondagi O'zbekiston elchixonasida Mustaqillik kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Fotogalereya

Fotogalereya AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Iroqqa keldi

AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Yaqin Sharqqa uyushtirgan safari doirasida Iroqqa ham tashrif buyurdi. Uchrashuvlarda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi olib borilayotgan kurash asosiy mavzu bo'ldi. Kerri Iroqning yangi Bosh vaziri Haydar al-Abadiy bilan uchrashayotgan yuqori martabali ilk AQSh rasmiysidir.
Fotogalereya

Fotogalereya Iroq parlamenti yangi bosh vazirni tanladi

Davlat kotibi Jon Kerri Iroq parlamentining yangi hukumat tarkibini ma'qullash qaroridan mamnun. Jangarilarga qarshi kurash yo'lida ham bu muhim qaror, deydi diplomat.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik tinmagan, ammo tinchlik sulhi hanuz amalda

Sharqiy Ukrainada zo'ravonlik holatlari uchrashda davom etmoqda. Shunga qaramay, rasmiy Kiyev va isyonchilar o'rtasida kelishilgan tinchlik sulhi hanuz amalda.
Fotogalereya

Fotogalereya O'sh: Keremet TV, muxlislar bilan yuzma-yuz & Alisher Soipovni xotirlab

2010-yilning iyun oyidagi qonli voqealardan astalik bilan o’ziga kelayotgan, minglab qalblar bir umrga jarohatlangan azim shahar horg’in. Lekin ortiqcha shikoyat qilmaydi. Dardini ichiga yutib, kunini ko’rmoqda.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI