Juma, 21-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 01:39

Yaqin Sharq

Suriyada Assad ketsa ham mojaro davom etishi mumkin

Amerika Ovozi
Suriyada fuqarolik urushining keti ko’rinmas ekan, diplomatik harakatlar ham foyda bermayapti. BMT hisobiga ko’ra, salkam ikki yilda 60 mingdan ziyod odam o’lgan. Tahlilchilarning aytishicha, mojaro hali-beri hal bo’lmaydi va, hatto, isyonchilar prezident Bashar al-Assadni hokimiyatdan ag’dargan taqdirda ham zo’ravonliklar davom etadi.

Suriyada tomonlar hokimiyat uchun kurashar ekan, g’alaba kim tomonida bo’lishi hozircha aniq emas. Ekspertlar “bunisi hali holva” demoqda.

Suriyada bundan battar bo’lish ehtimoli bor, deydi Yaqin Sharq bo’yicha ekspert Aliya Braximiy.

"Agar Assad tuzumi qulasa, qasos olishlar, ichki zo’ravonliklar kuchayadi, ko’p qon to’kiladi. G’olib oppozitsiyaning ichida hokimiyat uchun qattiq kurash boshlanadi. Ustiga-ustak, mintaqadagi davlatlar o’ziga qarashli guruhlarni qo’llab-quvvatlashga kirishadi".

Manzara umid bag’ishlamaydi, ammo hech kim uchun yangilik emas. Axir Suriyada o’zaro adovat qiluvchi sunniylar va shialar, turli klanlar, guruhlar va mazhablar, islomiy jangarilar va liberal kuchlarning borligi sir emas.

"Suriya shunday bir inqirozga kirdiki, undan hali bir necha yil chiqolmaydi. Chunki mojaro mazhablararo va mintaqaviy kurash ishtirokchilariga qo’l kelmoqda", - deydi Aliya Braximiy.

Tahlilchi Suriyada hukmron alaviylar oqimining shia yetakchilarini qo’llab-quvvatlayotgan Eron va Damashqda hokimiyat tepasiga sunniylarning kelishini xohlayotgan Saudiya Arabistonini nazarda tutmoqda. Tehronning bu ko’magi uchun alaviylar unga Livanga o’z ta’sirini o’tkazishda yordam bermoqda. Qirollik esa o’z navbatida Eronni zaiflashtirishga intilyapti.

Bundan tashqari Suriyaning liberal bo’lishini istayotgan G’arb davlatlari hamda bu mamlakatda o’z manfaatlarini saqlab qolishga urinayotgan Rossiyani ham unutmaslik kerak.

Agar, deydi Arab-Britan kengashi tahlilchisi Kris Doyl, ichki va tashqi kuchlar manfaatlarining saqlanib qolishi kafolatlansa, fuqarolik urushi Suriyada u qadar cho’zilmasligi ham mumkin.

"Agar Assad rejimi shu bugunoq qulasa, mamlakatda hokimiyat uchun qattiq kurash boshlanadi. Biroq masalaga siyosiy yechim topilsa, aniq o’tish jarayoni belgilansa, u holda Suriyaning boshiga biz xavotir olayotgan qora kunlar tushmasligi mumkin", - deydi Doyl.

Biroq tomonlar eng munozarali masala bo’yicha murosa qilishi lozim. Assad hokimiyatdan darhol ketadimi yoki o’tish davrida mamlakatni boshqarib turadimi? Hech bir tomonning past kelgisi yo’q.

"Bu ishni amallasa bo’ladi. Shunchaki, hozircha bunga xohish yo’q", - deydi londonlik tahlilchi Aliya Braximiy.

Vaziyat o’zgarmas ekan, mojaro yana bir necha oy, balki yil davom etishi muqarrar, xoh Assad hokimiyatda qolsin, xoh ketsin, deydi mutaxassislar.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Uysizlar uchun mobil hammom - Homeless Shower Busi
X
20.11.2014 10:57
Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida bir avtobus haftasiga uch marta g’ayrioddiy xizmatlar ko’rsatadi. Uysiz odamlar unga kirib, cho’milib chiqishi mumkin. Bu mobil dushxonalarni xayriya tashkiloti yo’lga qo’ygan.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Nyu-York shtati
  • Turkiya-Suriya chegarasida
  • Pokiston
  • Gonkongda hukumatga qarshi namoyishlar tinmagan
  • Gonkong
  • Londonda talabalar namoyish qildi. Yoshlar o'qish bahosi oshib borayotganidan norozi.
  • London ko'chalarida
  • Isroil kechagi xuruj ketidan motamda
  • Hindiston
  • Hindiston
  • Tokio
  • Nyu-York shahri
  • San Fransisko
  • Lissabon, Portugaliya
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.
Fotogalereya

Fotogalereya Nigeriyada portlash, o'lganlarning ko'pi o'quvchilar

Nigeriya shimoli-sharqidagi Potiskum shahrida suiqasd xurujida kamida 48 odam o'lgan, aksariyati o'quvchilar. Voqea o'rta maktabda sodir bo'lgan. Bomba bolalar bir joyga to'planganda portlagan. Xabarlarga qaraganda, kamida 79 odam jarohat olgan, aksariyati og'ir ahvolda. Guvohlarning aytishicha, xudkush bombachi o'quvchi kiyimida bo'lgan. Xuruj kimning ishi ekani ma'lum emas, ammo mamlakatda Boko Haram jangari guruhi faol. Boko Haram bir hafta oldin Potiskumdagi bir xurujni uyushtirgan edi. O'shanda diniy marosim paytida 20 dan ziyod odam o'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Berlinda tantanalar

Berlin devori Germaniya poytaxtini qariyb 30 yil davomida ikkiga bo'lib, uning qurilishi Sovuq urushining boshlanishiga sabab bo'lgan edi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI