Dushanba, 22-sentyabr, 2014 Toshkent vaqti: 23:15

Yaqin Sharq

Suriyalik qochqinlar taqdiri, Livandan reportaj

Multimedia

Audio
Jeyms Bruk
Qariyb ikki yillik urush oqibatida yarim milliondan ziyod surialik qo’shni davlatlarga qochdi – Turkiya, Livan, Iroq va Iordaniyaga.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobicha, qochqinlarning eng katta lageri Livanda bo’lib, u yerda 150 ming kishi yashaydi. “Amerika Ovozi” muxbiri yaqinda bu lagerda borib, ahvol bilan tanishdi.

Livanning qochqinlar bilan gavjum Anjar shaharchasiga qish yaqinlashmoqda. Yuk mashinalari saqlanadigan parkovka va kichik ustaxonalar boshpanaga aylantirilgan.

Um Xolidning qo’lida 10 kunlik chaqaloq. Uxlab yotganida yuziga chakki tomadi, deydi u. Bu oilaning kerosin sotib olishga puli yo’q. Tunda sovuq tushganda 15 kishi bir xonada jam bo’lib, yonma-yon uxlaydi.

“Ovqatimiz bor edi, yeb tugatdik. Pulimiz bor edi, sarflab bo’ldik. Sal isinish uchun kerosinni qayerdan olamiz deb boshimiz qotgan”, - deydi ayol.

Oila boshlig’i Abu Xolid Damashqdagi uyini raketa vayron qilganini aytadi. Bolalarini olib qochayotganda askarlar oyog’iga otishgan.

Suriyalik qochqinlarning katta qismi tog’li yo’llar orqali Livanga kirib kelmoqda. Chegarada pasportga shtamp qo’yilishi uchun soatlab kutishadi.

Lagerga yetib kelgach, islomiy xayriya tashkilotlari ularga matras, adyol va sovun tarqatadi. Xorijdan kelgan gumanitar yordam. 

Mahmud ismli mana bu suriyalik xotini va ikki qizi bilan qochib kelgan. “Bizning qishloqda hukumat qo’shinlari odamlarni qatl etdi”, - deydi u.

“BMT Qochqinlar agentligi odam boshiga 31 dollarga teng vaucherlar tarqatyapti. Bu pul ovqatga yetadi xolos. Gaz balonlari kerak, isinish uchun”, - deydi u.

Qochqinlarning yarmini bolalar tashkil etadi. Omadi kelganlar bolasini mahalliy maktabga bergan. Sinfxonalar gavjum, joy yo’q. 

Maktab direktori Dib Abdul Xoliq hali Damashq uchun kurash boshlangani yo’q, deydi.

“Ana o’shanda haqiqiy gumanitar fojia bilan yuzlashamiz deb qo’rqaman. Oldinda qahraton qish”, - deydi Xoliq.

Poytaxt Damashqqa yurish boshlansa qo’shni davlatlarga, jumladan, Livanga qochqinlar oqimi yanada kuchayishi turgan gap.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Amerika Manzaralari/Exploring America, September 22, 2014i
X
22.09.2014 10:00
Har dushanba Toshkent vaqti bilan 15:30 da sun'iy yo'ldosh orqali uzatiladigan 30 daqiqali ko'rsatuv Amerikadagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy manzara bilan tanishtiradi. Qolaversa, Qo'shma Shtatlar - Markaziy Osiyo davlatlari orasidagi aloqalarni tahlil qiladi.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya O'n minglab suriyaliklar Turkiyaga qochayapti

Suriyada "Islomiy davlat" jangari guruhining hamlasi ketidan o'n minglab kurdlar Turkiyaga qochayapti. Anqara qochqinlarni kiritish uchun 19-sentabrda Suriya bilan chegarani ochgan. Hozirning o'zida Turkiyada Suriyadagi urushdan bosh olib ketgan yuz minglab suriyalik jon saqlamoqda.
Fotogalereya

Fotogalereya Jalol-Obod, Arslonbob va O'zgan

Jalol-Obod viloyati bo'ylab sayohat... Shahardan Suzoq qishlog'i tomon boramiz. So'ngra Arslonbob to'glariga chiqamiz va sharsharalar tagida dam olamiz. Qishloqlarni kezamiz. Jamoatchilik bilan muloqotda bo'lamiz. Bozorlar, ko'chalar va hayot. Qirg'iziston janubida shu yilning avgustida olingan suratlarni tomosha qiling. Tafsilotlar mana bu blogda: http://blogs.voanews.com/uzbek/yoshlariston/2014/09/20/jalol-obod-arslonbob-va-ozgandagi-bebaho-lahzalar/
Fotogalereya

Fotogalereya "Islomiy davlat"ga qarshi kurash

Iroq va Suriyadagi "Islomiy davlat" jangarilariga qarshi xalqaro koalitsiya tuzish jarayoni davom etmoqda. Ko'plab davlatlar o'q-dori va qurollar yetkazish, shuningdek, Iroq va kurd askarlarini harbiy tayyorgarlikdan o'tkazish ishlarida yordam berishga va'da berdi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shotlandiya kelajak uchun ovoz bermoqda

18-sentabr kuni Shotlandiyada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi tarkibidan chiqish to'g'risida umumxalq referendumi bo'lib o'tadi. Agar unda aksariyat qatnashchilar qirollikdan ajrab chiqish uchun ovoz bersa, xaritada Shotlandiya deb ataluvchi yangi mustaqil davlat paydo bo'ladi. Besh milliondan oshiq aholiga ega o'lka.
Fotogalereya

Fotogalereya Sharqiy Ukrainaga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qilindi

Ukraina parlamenti sharqiy Ukrainaning Lugansk va Donetsk viloyatlariga kengroq avtonomiya berish haqida qonun qabul qildi. Rossiyaparast isyonchilar bilan davom etayotgan urushni to'xtatish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun viloyatlarga bir qator siyosiy, madaniy va iqtisodiy erkinlik taqdim etib, ularning Rossiya bilan yaqin aloqa o'rnatishiga ruxsat beradi.
Fotogalereya

Fotogalereya Shanxay-6 Dushanbeda uchrashdi, tafsilotlar fotolarda

Xitoy, Rossiya, O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston a'zo Shanxay hamkorlik tashkiloti Dushanbeda 11-12 sentabr kunlari yillik sammitini o'tkazdi. Asosiy mavzu Ukraina bo'ldi va muhokama yopiq eshiklar ortida o'tdi. O'zbekiston rahbarining pozitsiyasi: Ukraina va Rossiya mojarosi bevosita, ikki tomonlama muzokara asosida hal etilishi kerak.
Fotogalereya

Fotogalereya Amerika 11-sentabr xurujlari va qurbonlarni xotirlamoqda

2001-yilning 11-sentabrida amalga oshirilgan terror hujumlari uch mingga yaqin odamni hayotdan olib ketgan.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI