Payshanba, 24-aprel, 2014 Toshkent vaqti: 13:26

Markaziy Osiyo

Tojikiston elchixonasi qarshisida namoyish: Harbiylar Badaxshondan chiqsin

Multimedia

Audio
Matn hajmi - +
Tojikiston hukumati Tog’li Badaxshon muxtoriyatida olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyalar bois Afg’oniston bilan chegarani vaqtincha yopgan. Ammo xalqaro koalitsiya uchun yuklar o’tib turibdi.

O’nlab odamni, jumladan harbiylarni hayotdan olib ketgan operatsiyaga turtki bergan voqea - viloyat milliy xavfsizlik qo’mitasi raisi general Abdullo Nazarovning o’ldirilishidir.

Xorijdagi tojikistonliklar Badaxshondagi voqealarni xavotir bilan kuzatib turibdi. Kuni-kecha AQSh poytaxti Vashingtonda, Tojikiston elchixonasi qarshisida namoyish bo’lib o’tdi.

Amerikaning turli shtatlaridan kelgan 20 ga yaqin talabalar, ziyolilar “Pomirdan qo’shinlarni olib chiqing” va “Bizga ko’proq axborot bering” degan plakatlar bilan aksiyaga chiqishdi.

“Tojikiston rahbariyatidan region bilan aloqa tiklashni, yo’llarni qayta ochishni va muhimi, askarlarni zudlik bilan olib chiqishni so’raymiz. Xunrezlikni darhol bas qilish kerak”, - deydi namoyish qatnashchilaridan biri Sanjar Hamidov.

Emomali Rahmon ma’muriyati qotillikda sobiq jangari va hozirda Ishkashim chegara xizmati qo’mondoni Tolib Ayombekov va uning tarafdorlarini ayblamoqda. Qurolini tashlab, taslim bo’lgan jangarilar avf etiladi, deydi prezident.

Namoyishchilar nazarida Badaxshon viloyati Xorug’ shahri, aholi zich joylashgan mahallarga harbiy qo'shin olib kirish, odamlar hayotini xavf ostiga qo’yish shoshilinch va xato qaror bo’lgan.
Badaxshonda nima gap? Tojikiston elchixonasi qarshisida namoyish, Shohruh Hamro hikoya qiladi
Badaxshonda nima gap? Tojikiston elchixonasi qarshisida namoyish, Shohruh Hamro hikoya qiladii
|| 0:00:00
...
 
🔇
X

AQShdagi tojikistonliklar fikri / Мнения таджикистанцев в США
AQShdagi tojikistonliklar fikri / Мнения таджикистанцев в СШАi
|| 0:00:00
...
 
🔇
X


Operatsiyaga uch mingdan besh minggacha zobit jalb etilgani taxmin qilinadi. Hukumat “jinoiy to’dalar” deb ta’riflayotgan tomon haqida aniq ma’lumotlar yo’q.

Tojikistonning Vashingtondagi elchixonasi qarshisida yig’ilganlar  hukumatni ortiqcha kuch ishlatayotganlikda, artilleriya, vertolyotlar va og’ir texnikani ishga solganlikda tanqid qiladi.

x
Xorijdagi vatandoshlar uchun asosiy axborot manbalari – chet eldagi radiostansiyalar va ularning Tojikistondagi muxbirlari, shuningdek, Dushanbeda asoslangan “Aziya-Plyus” axborot agentligidir.

AQShda 12 yildan beri istiqomat qilayotgan Sitora Jonmamadovaning yaqinlari Xorug’da yashaydi. Otasi ham hozir Pomirda.

“Ulardan hech qanday xabar yo’q, u yerda nimalar bo’layotgani haqida ishonchli ma’lumot topa olmay xunobmiz”, - deydi u.

Ayni paytda Badaxshonning ayrim qismlarida mobil aloqa tiklangani haqida xabarlar bor. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti rasmiy Dushanbega murojaat qilib, erkin axborot oqimini ta'minlashni, YouTube video saytiga qo'yilgan cheklovni bekor qilishni so'ragan.

“Biz jinoyatchilarni yoqlab chiqayotganimiz yo’q. Birov qonunni buzgan bo’lsa, konstitutsiya oldida javob bersin. Lekin harbiy operatsiya muammoga yechim emas. Buning ustiga, bu haqda oldindan aholini ogohlantirishmagan. Otishma ro’y bergan kun ertalab soat 4 larda zobitlarni olib kirishgan”, - deydi Sitora Jonmamadova.

x
Faollarning talabi – zo’ravonliklarga darhol chek qo’yilsin; zobitlar regiondan olib chiqilib, aloqa tiklansin; Xalqaro Qizil Xoch qo’mitasi va boshqa tashkilotlarga Xorug’ga kirib, gumanitar ahvolni o’rganish uchun ruxsat berilsin.

“Biz qon to’kilishiga qarshimiz, faqat tinchlik bo’lsin deymiz. Harbiylar olib chiqilsa, vaziyat barqarorlashishiga ishonamiz. Urush olovi yoqilishini hech kim istamaydi”, - deydi Sanjar Hamidov.

AQSh Dushanbega yangi elchi tayinlagan. Syuzan Elliot bu vazifaga qasamyod keltirib, Tojikistonga yo’l olish arafasida. Elliot xonim yaqingacha Davlat departamentida butun Markaziy Osiyo bo’yicha mas’ul diplomat edi.

Qo'shma Shtatlar Tojikiston hukumatini harbiy operatsiya ketayotgan hududdan aholini evakuatsiya qilishga chorlamoqda. "Rahbarlarni xalqaro majburiyatlarga amal qilgan holda, Xorug'dagi voqealarni xolis va ochiq tergov qilishga chaqiramiz", deyiladi Dushanbedagi elchixona bayonotida.

Tojikistonning Vashingtondagi yangi elchisi Nuriddin Shamsov hali prezident Barak Obamaga ishonch yorlig’ini topshirmadi, ammo kecha u elchixonada namoyishchilar bilan uchrashgan va ularning dardini tinglagan. Piketchilarning aytishicha, elchi “shikoyatni rahbariyatga yetkazamiz”, degan.
Mazkur forum yopiq.
Izohlarni tartiblashtirish
Izohlar
     
Fikr bildiruvchi: Ravshan E-mail adresingiz: Dushanbe, Tojikiston
30.07.2012 08:41
Bunday shikoyatlarni rahbariyatga yetkazgani bilan, rahbar ahamiyatsiz bo'lsa nima foyda? Bu yerda aholini qirilib ketishi, azob chekishi rahbarga qiziq emas. Rahbarning maqsadi Tojikistondagi etnik xalqlarni pomir-badaxshonliklar va o'zbeklarni sal bo'lsada qisishdir! Bu voqealar Tojikistondagi o'zbeklarga ta'sir qilgani yo'q. Lekin Dushanbe shahridagi har bir "kattaroq" o'zbek tadbirkorlarini qandaydir ayblar bilan ishlarini olib qo'ygan. Bu ishlar rahbarning qizi va qaynog'asiga o'tib ketgan. Oxirgi paytlardagi bir muammo bu Badaxhshon edi. Ya'ni Badaxshonga qo'li yetmas edi rahbarning qizi va qaynog'asining. Lekin buni ham amallashyabdi.

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Rossiyada faoliyatini kengaytirayotgan xalqaro kompaniyalari
X
24.04.2014 02:49
Xalqaro sanksiyalardan Rossiya iqtisodiyoti yo’qotishga uchramoqda. Sarmoyadorlar o’z pullarini olib chiqib ketayotgani bois ishlab chiqarish hajmi qisqarmoqda. Ammo jazo choralariga qaramay, Rossiyada biznes faoliyatini kengaytirayotgan kompaniyalar ham bor.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik quvurga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
  • Amerika va Kanadani ulovchi yirik neft quvuriga qarshi chiqayotgan hindular, dehqon, kovboylar Vashingtonda namoyishga chiqdi. 22-aprel, 2014-yil.
Fotogalereya

Fotogalereya Xristian olami pasxani nishonladi

Nasroniy dunyosi Isoning tirilishiga bag'ishlangan diniy ayyomni nishonladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Ukrainadan suratlar

Sharqdagi to'qnashuvlarda o'lganlar, jarohat olganlar bor.
Fotogalereya

Fotogalereya Boston fojiasini eslab

O'tgan yilning 15-aprelida 25 mingga yaqin kishini bir joyga to'plagan marafon paytida yuz bergan portlash uch kishini hayotdan olib ketgan va 260 dan ortiq odam jarohatlangan edi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI