Dushanba, 24-noyabr, 2014 Toshkent vaqti: 12:58

Markaziy Osiyo

Botken: Qirg'iz-tojik chegarasidagi bugungi ahvol

Multimedia

Audio
Qirg’izistonning Botken viloyatida bo’lib o’tgan davra suhbatida qirg’iz-tojik chegarasi bo’yida joylashgan hududlardagi vaziyat muhokama qilingan.


Rasmiylarga ko’ra, yil boshidan buyon ikki mamlakat chegarasi yaqinida 19 mojaro qayd etilgan. Tadbirda chegarani kesib o’tish paytidagi kelishmovchiliklar, noqonuniy mol olib o’tish hollari, tabiiy resurslardan foydalanishdagi tushunmovchiliklar haqida gap ketgan.

Kuzatuvchilarning aytishicha, chegaraning aniq belgilanmagani turli bahsli vaziyatlarga sabab bo’lmoqda.

Botken viloyat ma’muriyati hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Qirg’izistondagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbati Oqsoy qishlog’ida o’tkazildi. Ushbu qishloq okrugi Tojikiston bilan chegaradosh bo’lib, bu joylarda chegara chizig’ida bir necha bahsli maydonlar mavjud.

Bu o’z navbatida turli tortishuvlar va boshqa noxush vaziyatlarga sabab bo’lib keladi.

Tadbir tashkilotchilaridan biri, qirg’iz hukumatining Botken viloyatidagi vakili o’rinbosari Saitjan Eratovning aytishicha, davra suhbatida ikki masala muhokama qilindi.

“Birinchisi, chegarada o’rin olayotgan mojarolarning oldini olish. Bu o’rinda mahalliy aholi orasida tushuntirish ishlari olib borish kerak. Ikkinchisi, umuman chegara masalalari. Turli tortishuvlar yil sayin bo’lib turadi – suv talashish, yer talashish hollari, yo’llardan tranzit o’tish paytidagi tushunmovchiliklar va hokazo. Aytish joizki, keyingi paytlarda bunday mojarolar bir qadar kamaydi. Bizning maqsad bunday hollarga tamoman chek qo’yish”, - deydi mulozim.

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, Qirg’iziston-Tojikiston chegarasi 971 chaqirimdan iborat bo’lib, hozirgacha uning yarmidan ko’prog’i rasmiy xatlovdan o’tgan. Mahalliy nohukumat tashkilotlar axboroticha, hozirgacha chegarada 70 ga yaqin bahsli hudud mavjud.

Aytish joizki, keyingi yillarda Qirg’iziston hududi orqali o’tuvchi yo’llar Tojikiston ta’minotida muhim rol o’ynayotir. Chegara orqali har ikki tomonga noqonuniy mol olib o’tish hollari keng o’rin olgan.

Botkendagi nodavlat tashkilotlardan biri rahbari Robert Abazbekov ko’p yillardan buyon chegara masalalari bilan shug’ullanib keladi.      

“O’zbekiston-Tojikiston chegarasidagi yo’nalishlar yopilgani sabab, hozir yuklar Tojikistonga ko’proq Qirg’iziston orqali kirmoqda. Masalan, GESlar uchun uskunalar, ko’mir, sement va yonilg’i. Bu mollar ham rasmiy, ham aylanma yo’llar bilan o’tmoqda”, - deydi u.

Mutaxassislar chegara hamjamiyatlarida turli mojarolarni oldini olish uchun mahalliy aholi xabardorligini oshirish, qo’shni tomon bilan o’zaro muloqotni kengaytirish zarurligini ta’kidlaydi.

“Buning uchun har bir bahsli masala borasida ochiq muloqot olib borish kerak, aybdorlarni javobgarlikka tortish lozim. Muloqot borasiga kelsak, har ikki tomon oqsoqollari birga choy ichishsin, suhbatlashishsin, ayollar qo’mitalari ishlashsin, yoshlarimiz sport musobaqalari o’tkazishsin. Bir-birlarini tushunishni o’rganishsin”, - deydi qirg’iz hukumatining Botken viloyatidagi vakili o’rinbosari Saitjan Eratov.

Botken ma’muriyati qo’shni Tojikistonning So’g’d viloyati hukumati bilan joriy yil uchun hamkorlik bitimi tuzgan. Hozirda, rasmiylarga ko’ra, besh yilga mo’ljallangan hamkorlik dasturi ustida ish olib borilmoqda.

Nodavlat sektori vakili Robert Avazbekovning aytishicha, ikki davlat chegarasini aniqlash masalalariga ko’proq e’tibor berish darkor. Ushbu masalaning yechilishi boshqa ko’p muammolarni keskin ozaytirgan bo’lardi.

Suhbatdoshga ko’ra, aynan aniq va puxta o’ylangan hamkorlik qadamlari chegaradagi vaziyatni yumshatishga, bot-bot paydo bo’layotgan ehtiroslarga chek qo’yishga xizmat qiladi.
Mazkur forum yopiq.
Izohlar
     
Mazkur forumda izohlar yo'q, siz boshlab bering
JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Yangi musulmonlar - Amerika hayotidan/New Muslims in Americai
X
21.11.2014 22:57
Amerikada islom diniga kirayotganlarning aksariyati hozir ispanzabonlar. Lotin Amerikasidan kelgani uchun ularni latinolar deb atashadi. Hozir AQShda besh millionga yaqin musulmon bo'lsa, ularning olti foizi latinolar.

KUNDALIK ESHITTIRISH

JavaScript ingiz o'chiq yoki Adobe Flash Player eskirgan. Yangisini mana bu yerdan olsangiz bo'ladi.
Fotogalereya

Fotogalereya Sterilizatsiya hind ayollarini o'ldirdi

Hindistonda tug'ishning oldini olish uchun o'tkazilgan jarrohlik amaliyotidan so'ng 13 ayol jon bergan. Aholi sonini nazorat qilishga urinayotgan hukumat sterilizatsiyaga zo'r bermoqda. Hibsga olingan jarrohning aytishicha, ayollarning o'limiga amaliyotdan keyin berilgan dorilar sabab bo'lgan.
Fotogalereya

Fotogalereya Vashingtonda global festival

Poytaxtdagi Vashington markazida (The Washington Center) Global fuqaro kuni bayram qilinib, o'nlab davlatdan talabalar madaniyati, taomlari, kuy-qo'shiqlarini namoyish qildi.

Interaktiv

SAYTGA KIRISHNING XAVFSIZ YO’LI